Marat Sodiqov
Marat Fayziyevich Sodiqov (1945.27. 12, Gʻijduvon tumani ― 2021.1.08, Toshkent[1]) — grafik rassom, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (2003). Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1999). Toshkent teatr varassomlik sanʼati institutini tugatgan (1973). Sodiqov litografiya, akvarel, guash, tempera usulida ijod qiladi, ijodida fidokorlik, rassom va zamon, inson va tabiat kabi mavzular yetakchi oʻrin tutadi, hayotda roʻy bergan muhim oʻzgarishlar uning asarlarida oʻz aksini topadi: "Gazli" (1971), "Navoiy kimyo kombinati" (1974), "Fashizm" triptixi (1975), "Hodisa" (1976), "Oq Buxoro" turkumi (1978—85), "Xronika" turkumi (1981), "Mening Buxoroim" (1982), "Oʻzbekiston boʻylab" (19842000), "Soʻqoq" (1985) va boshqa avtolitografiyalar turkumlari.
Sodiqov asarlaridan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Angliya, Germaniya, Italiya, Avstraliya, Rossiya va boshqalar) muzey va toʻplamlarida saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1987).
Manbalar
tahrir- ↑ Скончался известный художник Марат Садыков. (Wayback Machine saytida 2021-08-02 sanasida arxivlangan) podrobno.uz, 2.08.2021(rus.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |