Marat Teshayevich Zohidov (1940-yil, Qoʻqon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2019-yil 24-fevral, Isroil) — oʻzbekistonlik huquq faoli, Inson huquqlari boʻyicha xalqaro jamiyat bosh kotibi, Oʻzbekiston Jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Oʻzbekiston KPPL) asoschisi va birinchi raisi.

Biografiyasi

tahrir

Marat Zohidov 1940-yilda Qo‘qon shahrida zoolog olim, O‘zbekistonning birinchi akademiklaridan biri Тish Zohidov oilasida tug‘ilgan. Marat Moskva davlat universitetini tamomlagan. Universitetni tugatgach, o‘sha yerda ishlash uchun qoladi. So‘ngra 1974-yilgacha Komsomol Markaziy Qo‘mitasida ishlagan. 1974-yilda Lenin nomidagi Toshkent Davlat universitetining fizika-matematika fakultetida ish boshlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, professor [1].

1985-yilda XI chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi deputatligiga saylangan, biroq 1988-yilda o‘z lavozimidan chetlashtirilgan[2].

1990-yillarning oʻrtalarida Inson huquqlari boʻyicha xalqaro jamiyat tarkibiga kiruvchi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga asos solgan. 2019-yil 24-fevral kuni Marat Zohidov Isroilga safari chog‘ida vafot etgan. 1-mart kuni Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan [3].

Manbalar

tahrir
  1. „Умер старейший правозащитник Узбекистана | Вести.UZ“. vesti.uz. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
  2. „Правозащитник из Узбекистана Марат Захидов скончался в Израиле“ (ru). Podrobno.uz. 2020-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-yanvar.
  3. „После Марата Захидова КЗПЛ Узбекистана назначил нового лидера“ (ru). Центр-1 / Centre1.com - Новости. 2020-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.