Marcelo Vieira
Marselo Vieyra da Silva Junior (portugalcha: Marcelo Vieira da Silva Júnior; 1988-yil 12-mayda tugʻilgan) – braziliyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan. Barcha davrlarning eng buyuk chap qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Marcelo, oʻzining hujumkor qobiliyatlari bilan tanilgan. U faoliyatining koʻp qismini La Liganing „Real Madrid“ klubida oʻtkazgan va 25 ta sovrinni qoʻlga kiritgan klubning eng koʻp mukofotlangan futbolchilaridan biri hisoblanadi[4].
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marcelo Vieira da Silva Júnior[1] | ||
Tavallud sanasi | 12-may 1988-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Rio-de-Janeyro, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.74 m (5 ft 8 1⁄2 in)[3] | ||
Ampluasi | Chap qanot himoyachisi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2005 | Fluminense | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2007 | Fluminense | 30 | (6) |
2007—2022 | Real Madrid | 386 | (26) |
2022—2023 | Olympiacos | 5 | (0) |
2023—2024 | Fluminense | 43 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2005 | Braziliya U17 | 3 | (1) |
2007 | Braziliya U20 | 4 | (0) |
2008 | Braziliya U23 | 6 | (1) |
2012 | Braziliya olimpiya (O.P.) | 6 | (0) |
2006—2018 | Braziliya | 58 | (6) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirFluminense
tahrirMarselo 9 yoshidan boshlab, futzal oʻynashni boshlagan. 13 yoshida esa braziliyaning grand klublaridan biri boʻlgan Fluminensening yoshlar tarkibiga kelib qoʻshildi. U boshida yarim himoyada oʻynadi, keyinchalik esa yangi kelgan murabbiy uning katta tezlikka egaligidan samaraliroq foydalanish maqsadida himoyada oʻynatishga qaror qildi. U deyarli futbolni tashlab yuborayotgan edi, chunki uning ota-onasi mashgʻulotlar bazasiga borib kelish uchun yoʻl harajatlari koʻtara olishmayotgan edi. Lekin klub iqtidorli oʻyinchidan ajrab qolmaslik maqsadida bu harajatlarni oʻz zimmasiga oldi. Fluminense tarkibida oʻtkazgan ikki mavsumda u 38 oʻyinda maydonga tushdi va 6 marta raqib darvozasiga toʻp kiritdi.
Real Madrid
tahriryosh himoyachining iqtidorini payqagan „Real“ seleksionerlari tezda uni jamoaga jalb etish harakatiga tushishdi va natijada 2007 yilning yanvar oyida madridliklar Marselo bilan 2013 yilgacha shartnoma imzolashdi. Kelishuv summasi 7 mln. yevroga baholandi. Marselo „Real“dagi oʻz hamkasblarining saʼy-harakatlari evaziga tez orada Madridda moslashib ketdi. Bunda Roberto Karlosning harakatlari alohida oʻrin tutdi. U Marseloga oʻz tajribasini ulashdi va har taraflama yordam berdi. Mavsumning qolgan davrida u 6 ta oʻyinda ishtirok etdi va Ispaniya chempioni nomiga sazovor boʻldi. Bernd Shuster vaqtida Marselo asosiy tarkibdan muqim joy oldi.
2011 yil 26-iyulda Marselo rasmiy ravishda ispaniya fuqarosi boʻldi, oʻsha vaqtdan buyon u YeI mamlakatlari legioneri hisoblanadi[5].
Yutuqlari
tahrir- Ispaniya chempioni: 2006/2007, 2007/2008, 2011/2012
- Ispaniya kubogi gʻolibi: 2010/2011
- Ispaniya superkubogi sohibi: 2008, 2012
- Olimpiyada oʻyinlari bronza medali sohibi: 2008
- Olimpiyada oʻyinlari bronza medali sohibi: 2012
Shahsiy sovrinlari
tahrir- UEFA Yilning ramziy jamoasi: 2011
- FIFA World XI: 2012
Ishtirok etish statistikasi
tahrir2012 yil 13 may holatiga.
Jamoa | Mavsum | Chempionat | Kubok | Yevrokuboklar | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | ||
Fluminense | 2005 | 12 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 12 | 2 | 0 |
2006 | 18 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 4 | 0 | |
Jami | 30 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 6 | 0 | |
Real Madrid | 2006/07 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 |
2007/08 | 25 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 1 | 30 | 0 | 3 | |
2008/09 | 29 | 4 | 3 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 | 35 | 4 | 3 | |
2009/10 | 35 | 4 | 9 | 2 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 | 43 | 4 | 9 | |
2010/11 | 32 | 3 | 4 | 6 | 0 | 1 | 12 | 2 | 2 | 50 | 5 | 7 | |
2011/12 | 32 | 3 | 5 | 5 | 0 | 0 | 7 | 0 | 4 | 44 | 3 | 9 | |
Jami | 156 | 14 | 22 | 17 | 0 | 1 | 36 | 2 | 7 | 209 | 16 | 31 | |
Faoliyatidagi jami | 186 | 20 | 22 | 17 | 0 | 1 | 36 | 2 | 7 | 239 | 22 | 31 |
Manbalar
tahrir- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Brazil“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „FIFA Club World Cup UAE 2017: List of players: Real Madrid CF“. FIFA (2017-yil 30-noyabr). 2017-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-dekabr.
- ↑ „Player Profile“. Real Madrid C.F Official Web Site. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
- ↑ „Marcelo becomes most decorated player in Real Madrid history after La Liga title triumph | Goal.com“. www.goal.com. 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-aprel.
- ↑ Marselo stal grajdaninom Ispanii
Havolalar
tahrirVikiomborda Marcelo Vieira haqida turkum mavjud |
- Marcelo Vieira ESPN FC saytida
- Marcelo Vieira Soccerway saytida
- Marcelo Vieira BDFutbol saytida
- Marcelo Vieira at Olympedia
- Marcelo Vieira Olympics.comda
- Marcelo Fluminense FC saytida (portugalcha)
- Marcelo Vieira Instagram sahifasi