Marcia Joan Brown (1918-yil 13-iyul – 2015-yil 28-aprel) amerikalik yozuvchi boʻlib, 30 dan ortiq bolalar kitoblarining yozuvchisi hisoblanadi.[1] U Amerika Kutubxonalar Assotsiatsiyasining uchta yillik Kaldekott medali sovrindori boʻlib, yilning eng yaxshi rasmli kitobi illustratsiyasiga,[2] va 1992-yilda bolalar adabiyotiga qoʻshgan hissasi uchun ALA Laura Ingalls Wilder medalini qoʻlga kiritdi.[3] Uning koʻpgina asarlari Afrikalik, Nemis, Yapon, Ispan va Xosa-Bantu kabi nashrlari tarjima qilingan. Brown bolalar adabiyotidagi eng sharafli rassomlardan biri sifatida tanilgan.

Marcia Brown
Tavalludi 13-iyul 1918-yil
Rochester, Nyu York, AQSH
Vafoti 18-aprel 2015-yil(2015-04-18)
(96 yoshda)
Laguna Hills, Kaliforniya, AQSH
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Bolalar yozuvchi

Hayoti

tahrir

Brown 1918-yil 13-iyulda Nyu-Yorkning Rochester shahrida tugʻilgan. U Nyu-York shtat o'qituvchilar kolleji yaʼni avvalgi Olbani universitetiga oʻqishga kirdi. U Nyu-York shahridagi Kornuoll oʻrta maktabida dars bergan. Kryinchalik u Nyu-York jamoat kutubxonasining markaziy bolalar xonasida ishlash uchun dars berishni tark etdi.[4] Uning birinchi kitobi „Kichik karusel“ boʻlib, u 1946-yilda Scribner's tomonidan nashr etilgan 32 betlik rasmli kitob boʻlgan.[5]

Brown oʻzining muharriri boʻlgan hamrohi Janet Loranjer bilan birga yashagan.[6] Brown 2015-yil 28-aprelda Kaliforniyaning Laguna Hills shahrida vafot etgan.[7]

Mukofotlari

tahrir

Bolalar yozuvchisi sifatidagi hissasi uchun Brown 1966 va 1976-yillarda bolalar kitoblari ijodkorlari uchun mavjud boʻlgan eng yuqori xalqaro eʼtirof boʻlmish xalqaro Hans Christian Andersen mukofoti uchun AQSH nomzodi boʻlgan.[8] [9] U 1977-yilda Katolik kutubxonalari assotsiatsiyasidan "bolalar adabiyotiga doimiy, alohida qoshgan hissasi[10] uchun" Regina medali va 1992-yilda Amerika kutubxonalar assotsiatsiyasidan Laura Ingalls Wilder Medalini oldi.[3]

Tanlangan asarlari

tahrir

Caldecott medali sovrindorlari

  • Cinderella, or the Little Glass Slipper, 1954
  • Once a Mouse, 1961
  • Shadow (Marcia Brown book)|Shadow, 1982

Caldecott medali finalchilari[11]

  • Stone Soup: An Old Tale, 1947
  • Henry Fisherman, 1949
  • Dick Whittington and his Cat, 1950
  • Skipper Johnʼs Cook,1951
  • Puss in Boots (Brown book)|Puss in Boots, 1952
  • The Steadfast Tin Soldier, 1953

Manbalar

tahrir
  1. "Childrenʼs author, 3-time winner of caldecott Medal, " Chicago Sun-Times, May 9, 2015, p. 33.
  2. „Caldecott Medal & Honor Books, 1938–Present“. Association for Library Service to Children (ALSC). American Library Association (ALA).
      „The Randolph Caldecott Medal“. ALSC. ALA. Retrieved 2013-06-10.
  3. 3,0 3,1 „Laura Ingalls Wilder Award, Past winners“. ALSC. ALA.
      „About the Laura Ingalls Wilder Award“. ALSC. ALA. Retrieved 2013-06-10.
  4. „Marcia J. Brown '40 Biography“. ME Grenander Department of Special Collections & Archives. University at Albany. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  5. Fox, Margalit „Marcia Brown, 96, Dies; Book Illustrator Won Three Caldecott Medals“. The New York Times (2015-yil 7-may). Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  6. „Marcia Brown, award-winning illustrator of "Once a Mouse" and other books, dead at 96“. News 1130. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  7. Maughan, Shannon „Obituary: Marcia Brown“. Publishers Weekly. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  8. „Hans Christian Andersen Awards“. International Board on Books for Young People (IBBY). Retrieved 2013-07-22.
  9. „US Nominees for the Hans Christian Andersen Award“. AndersenAward-winners-and-nominees.pdf (Wayback Machine saytida 2015-10-31 sanasida arxivlangan), page 2. United States Board on Books for Young People. 2008. Retrieved 2013-07-22.
  10. „Regina Medal“. Catholic Library Association. Retrieved 2013-07-22.
  11. KELLOGG, CAROLYN „Caldecott-winning illustrator Marcia Brown, 96, has died“ (en-US). Los Angeles Times (2015-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.