Margarita Baxlulovna Oqilova (1919-2015) – sovet raqqosasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1959), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970), Butunjahon folklor raqs festivali va Oʻzbekiston Lenin komsomoli mukofoti laureati.

Margarita Baxlulovna Oqilova
Крохотный цветок
Tavalludi 1919
Vafoti 2015
Kasbi raqqosa
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1959), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970)

Tarjimai hol

tahrir

Raqqosa 1919-yilda sanʼatga oshufta koʻngillar xonadonida dunyoga kelgan, ular muhitida oʻsib-ulgʻaygan. Margaritaning otasi rus tili oʻqituvchisi boʻlib, qoʻshiq aytib, doira chalardi. Opasi raqqosa, akasi teatr aktyori edi. Yosh Margarita 11-12 yoshidan boshlab akasi bilan sahnada raqs tushar edi. Sanʼat arboblari unga „Ushoqqina gul“ deb taxallus qoʻyishgandi. U „Pomir“, „Duxtari xushruy“, „Mirzodavlat“, „Turkman goʻzali“ raqslarini ijro etgan. Margarita akasining truppasi bilan togʻli qishloq hududlarida xizmat safarlarida boʻlgan.

Loxuti teatri sahnasida namoyish paytida oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi Isohor Oqilov bilan tanishadi. Oʻsha mahalda Isohor teatr rahbariyatining koʻrsatmasi bilan iqtidorli yoshlarni izlab kelgandi. Oradan vaqt oʻtib, 1935-yilda Margarita Isohor bilan oila qurib, taniqli sanʼatkor sifatida Toshkentga koʻchib kelishdi. 

Raqqosa turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda Oʻzbekistonning barcha professional raqs jamoalari, "Bahor" davlat raqs ansambli, „Shodlik“ ashula va raqs ansambli, „Goʻzal“ ansambli va boshqa bir qancha raqs jamaolarini yaratishda oʻz hissasini qoʻshgan.

Margarita Oqilova ancha yillar mobaynida „Katta Buxoro raqsi“ ansamblida asosiy raqqosa sifatida murakkab harakatlarni ijro etgan. 

Raqqosa umr yoʻldoshini katta maktabida taʼlim olgach, 1939-yilda „Shodiyona“ raqsini sahnalashtiradi va baletmeyster boʻladi. 

U farzandlariga kerak boʻlsa oʻta talabchan boʻlgan, qizi Viloyat onasidan „Rum qarsak“, „Quvnoq qiz“, „Buxorocha“, „Shodiyona“ raqslarini mahorat bilan oʻrgangan.[1]

2014-yillarda Margarita oʻgʻli Artur bilan Moskvada yashaydi, oʻzining toʻqson besh yillik yubileyini nishonlaydi. 

Raqqosa 2015-yil fevral oyida toʻqson besh yoshida vafot etdi. 

Oilasi

tahrir

Margarita Oqilova mashhur Oqilovlar sulolasi – oʻzbek raqqosalarining yorqin vakili.

  • Turmush oʻrtogʻi (1914-1988) – Isahar Oqilov – taniqli xoreograf, Buxoro-yahudiy musiqali drama teatri asoschilaridan biri, raqs sanʼati ustasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1959), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970). U mumtoz oʻzbek raqsi zamonaviy xoreografiyasining asosini tuzgan.
  • Qaynonasi – Davoraxonim – Buxoro amiri saroyida raqqosa boʻlgan.
  • Qizi – Viloyat (1937—2022) – sovet va oʻzbek artisti, raqqosa, xoreograf, baletmeyster, Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1989).
  • Evarasi (Viloyatning nabirasi) – Lena – raqqosa, „Shalom, Toshkent!“ ansambli yetakchi yakkaxoni, „Oʻzbekiston – umumiy uyimiz“ madaniyat markazlari festivali gʻolibi, „Isroildagi musiqa va raqs“ tanlovi laureati.[2]
  • Qizi – Zulayho – xoreograf, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Moskonsert yakkaxoni, 1998-yilda Isroilda vafot etgan.
  • Qizi – Gavxar (Galya) – xor dirijyorligi boʻyicha mutaxassis, Isohor Oqilov nomidagi „Aka-uka Oqilovlar“ raqs ansambli aʼzosi.
  • Nabirasi – Yuriy (Gali oʻgʻli) – „Aka-uka Oqilovlar“ raqs ansambli raqs guruhi ishtirokchisi.[3]
  • Nabirasi – Isohor (Gali oʻgʻli) – „Aka-uka Oqilovlar“ raqs ansambli guruhi ishtirokchisi.
  • Qizi – Lola – raqqosa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Isohor Oqilov nomidagi „Aka-uka Oqilovlar“ raqs ansambli asoschisi va ishtirokchisi (ansambl – „Oltin kubok“ sovrindori – Sisiliyadagi xalqaro folklor festivalining oliy mukofotini qoʻlga kiritgan).
  • Kuyovi – Malkiyel Oqilov (uylanguncha – Alishayev) – Oʻzbekiston va Isroilda mashhur doirachi, Isohor Oqilov nomidagi „Aka-uka Oqilovlar“ raqs ansambli ishtirokchisi.
  • Oʻgʻli – Artur – bastakor, ayni kunda Moskvada yashaydi.

Sharh, tahlil va tanqidlar

tahrir

Isohor va Margarita Oqilovlar mehnatlari bilan Toshkent toʻqimachilik kombinati Madaniyat saroyida 1955-yilda (M.Turgʻunboyeva ishtirokida) „Bahor“ ansambli raqs ixlosmandlari tomonidan raqs jamoasi tashkil etildi. 1957-yilda Moskvada oʻtkazilgan Xalqaro yoshlar festivali mukofoti va oltin medali, 1960-yilda Oʻzbekiston Davlat xalq raqs ansambli unvoni, 1977-yilda raqs jamoasi tashkil etildi. 1957-yilda Moskvada oʻtkazilgan Xalqaro yoshlar festivali mukofoti va oltin medali, 1960-yilda Oʻzbekiston Davlat xalq raqs ansambli unvoni, 1977-yilda Vengriyadagi „Oltin poyabzal“ xoreografik mukofoti bilan taqdirlangan.

Isohor va Margarita Oqilovlar Oʻrta Osiyoda eng mashhur boʻlgan „Bahor“ davlat raqs ansambli va „Shodlik“ ashula va raqs ansambllarini va uning ijodiy ravnaqiga katta hissa qoʻshishgan.

Margarita Oqilova Oʻzbekiston, Tojikiston va Isroilda isteʼdodli raqqosa sifatida tanilgan.

L.Avdeyevaning taʼkidlashicha, Margarita Oqilova Isohor Oqilov tomonidan yaratilgan zamonaviy buxorocha raqs sahna maktabini rivojlantirish sharafiga muyassar boʻlib, maʼno jihatidan u ham ommaviy, ham yakkaxon shaklga ega. [4].

Mukofotlar, unvonlar, sovrinlar

tahrir
  • 1951-yil – „Mehnat faxriysi“ medali.[5]
  • 1959-yil – Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist.[6]
  • Butunjahon folklor raqslari festivali laureati.
  • 1970-yil – Oʻzbekiston SSR xalq artisti.[7]

Bibliografiyasi

tahrir
  • Axmedov M. Margarita Akilova : [Tvorch. portr. nar. art. UzSSR , solistki Uzb. ansamblya muziki i tansa] : [uzb.]. – Tashkent : Izd-vo lit. i iskusstva, 1985. – 63 s. – (Mastera uzb. sseni). – 3000 ekz.

Adabiyotlar

tahrir
  • Karimova R. Z. Uzbekskie tansi v postanovke Isaxara Akilova / pod obщey redaksiey doktora iskusstvovedeniya, professora M. X. Kadirova. – Tashkent : Izdatelstvo literaturi i iskusstva imeni Gafura Gulyama, 1987. – 398 s. – 3000 ekz.
  • L. Avdeeva. Vvedenie // Buxarskiy tanes / Avtor knigi Karimova R. Z. – Tashkent : Izdatelstvo literaturi i iskusstva imeni Gafura Gulyama, 1977. – S. 5—17. – 130 s. – 1500 ekz.
  • Jalilova S. S. Oʻzbek raqsini Oʻqitish uslubiyoti : Oʻquv qoʻllanma bakalavriat yoʻnalish boʻyicha 5111000 – kasb taʼlimi (5151300 –xoreografiya) : [uzb.] / Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi. – Toshkent, 2020. – 101 s.
  • Saitova E. Y., Abraykulova N. E. Xoreografiya va raqs sanati asoslari : [uzb.]. – Toshkent : „Fan va texnologiya“, 2015. – 128 s. – 300 ekz.

Havolar

tahrir
  1. Tanes – eto moya jizn Kultura.uz
  2. Tansuet Lena Akilova Bukharianjewishcongress.org
  3. „Semya Akilovix“ vnov pokoryaet Meksiku Bukharianjewishcongress.org
  4. Авдеева 1977.
  5. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR O nagrajdenii ordenami i medalyami rabotnikov literaturi i iskusstva Uzbekskoy SSR
  6. Natsionalnie menshinstva v Uzbekistane: proshloe i nastoyaщee, Tom 2
  7. Den za dnyom