Margarita Grigoryevna Solovyova (1909-1995) – iqtisodiy geografiya sohasidagi sovet olimi va geografiya fanlari nomzodi (1940). V. I. Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti geografiya fakulteti dekani. SSSR Davlat mukofoti laureati (1977).

Margarita Solovyova
Tavalludi 1909-yil 3-oktyabr
Vafoti 1995-yil 13-iyun
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi iqtisodiy geografiya
Taʼlimi Moskva davlat universiteti

Hayoti

tahrir

Margarita Solovyova 1909-yil 3-oktyabrda Toshkentda tugʻilgan.

1926—1931-yillarda Moskva davlat universitetining fizika-matematika fakultetining geografik fakultetida oʻqigan. 1934—1937-yillarda Moskva davlat universiteti Geografiya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida tahsil oladi.

1932—1941-yillarda Qizil professorlar institutida ilmiy-pedagogik ishda jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati kafedrasi mudiri va assistenti lavozimlarida ishlagan. 1941—1950-yillarda Moskva shahar pedagogika institutida oʻqituvchi, dotsent[1][2].

Ilmiy faoliyati

tahrir

M. G. Solovyovaning asosiy ilmiy-pedagogik faoliyati geografiyani oʻqitish nazariyasi va metodikasi, xorijiy mamlakatlar ijtimoiy geografiyasi, dinlar geografiyasi, Hindiston aholisi geografiyasi va AQSH iqtisodiy geografiyasi sohasidagi masalalar bilan bogʻliq boʻlgan.

U 1940-yilda geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1960-yilda SSSR Oliy attestatsiya komissiyasi unga dotsent ilmiy unvonini bergan. M. G. Solovyova ikki yuzdan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan oʻrta maktab uchun xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy geografiyasi darsliklari muallifi. 1977-yilda „Xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy geografiyasi“, 9-sinf darsligi uchun (1975, 2-nashr) Fan va texnika sohasida SSSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Mukofotlari

tahrir

„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali;

„Mehnat faxriysi“ medali[1];

SSSR Davlat mukofoti (1977- ildan „Xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy geografiyasi“ 9-sinf darsligi uchun (1975, 2-nashr[3]);

K. D. Ushinskiy medali[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Svetloy pamyati Margariti Grigorevni Solovyovoy (1909—1995) // Московский педагогический государственный университет
  2. Краткая географическая энциклопедия / gl. red. A. A. Grigorev. – Moskva : Sovetskaya ensiklopediya, 1960-1966, T. 5: Yudoma – Yaya. Dopolneniya. – 1966. – 544 s
  3. Postanovlenie ЦК КПСС i СМ СССР „O prisujdenii Gosudarstvennix premiy SSSR v oblasti nauki i texniki“. Gazeta „Правда“, 1977-yil 7-noyabr

Adabiyotlar

tahrir
  • Qisqacha geografik ensiklopediya / ch. ed. A. A. Grigoryev. – Moskva : Sovet Entsiklopediyasi, 1960-1966, T. 5: Yudoma – Yaya. Qoʻshimchalar. – 1966-yil. – 544 b.