Margimush rudalari
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Margimush rudalari - tarkibida margimush va uning birikmalarini ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Oʻzida margimush saqlovchi 120 dan ortiq mineral maʼlum. Margimush rudalarining eng koʻp tarqalgan minerallari: arsenopirit (FeAsS), lyollingit (FeAs2), realgar (As2S2), auripigment (As2S3) va boshqa Margimush birikmalari, koʻpincha, rangli va nodir metallar majmuasida uchraydi. Sanoat rudalarida margimushning eng kam miqdori 2%ni tashkil qiladi. Margimush rudalari konlaridan Oʻzbekistonda deyarli foydalanilmaydi. 1960-yillargacha hozirgi Chorvoq suv om-bori yaqinidagi (Burchmulla va boshqalar) ruda konlaridan qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun margimush ajratib olingan. Margimush asl mineral shaklida uchraydigan rudalargina Margimush rudalari deb hisoblangan. Tarkibida margimush boʻlgan boshqa barcha rudalardan kobalt, nikel, platina, mis, kumush va oltin olish maqsadida foydalanilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |