Maria Maria
„Maria Maria“ (tarjimasi „ Maria Maria“) – Amerika rok guruhi „Santana“ ijrosidagi qoʻshiq. „Maria Maria“ qoʻshigʻi „Santana“ rok guruhining 18-studio albomi "Supernatural" (1999) tarkibiga kiritilgan „The Product G&B“ ni oʻz ichiga oladi. „Maria Maria“ qoʻshigʻini Wyclef Jean, Jerry „Wonda“ Duplessis, Carlos Santana, Karl Perazzo va Raul Rekow yozgan, Jan va Duplessis esa qoʻshiqni ishlab chiqarishgan. „Maria Maria“ qoʻshigʻi uchun Amerikaning „The Headhunters“ jazz fusion guruhining „God Make Me Funky“ qoʻshigʻining baraban ritmidan namunalar olingan. Qoʻshiq ohangi Wu-Tang Clanning „Wu-Tang Clan Ainʼt Nuthing ta Fuck Wit“ qoʻshigʻidan ilhomlanib yozilgan. 2000-yilgi „Grammy“ mikofotini taqdirlash marosimida „Maria Maria“ qoʻshigʻi „duet yoki vokalli guruh tomonidan ijro etilgan eng yaxshi pop ijrosi uchun“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.
„"Maria Maria" qo'shig'i“ | ||||
---|---|---|---|---|
Fayl:Mariamaria santana singlecover.jpg | ||||
Santana va The Product G&B hamkorligidagi singli | ||||
„Supernatural“ albomidan | ||||
B tomon | „Migra“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 1999-yil 14-sentyabr | |||
Janr | Hip hop | |||
Davomiyligi | 4:23 | |||
Leybl | Arista | |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Santana xronologiyasi | ||||
| ||||
The Product G&B xronologiyasi | ||||
|
„Maria Maria“ qoʻshigʻi 1999-yil 14-sentyabrda birinchi marta Amerika shahar radiosiga chiqarildi. Keyingi yillarda qoʻshiq butun dunyo boʻylab tarqaldi. „Maria Maria“ qoʻshigʻi Kanada, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Shvetsiya, Shveysariya va AQSh chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. AQShda „Maria Maria“ qoʻshigʻi 10 hafta davomida "Billboard Hot 100" charti reytingida birinchi oʻrinni egalladi. 2009-yilda „Maria Maria“ qoʻshigʻi „Billboard Hot 100“ chartining 2000-yildan 2009-yilgacha boʻlgan davrdagi eng muvaffaqiyatli qoʻshiqlar roʻyxatida 14-oʻrinni egalladi. Toʻqqiz yil oʻtgach, „Billboard Hot 100“ chartining 60 yilligi sharafiga „Billboard“ turli nominatsiyalar boʻyicha chart yaratilganidan beri eng yaxshi qoʻshiqlar roʻyxatini tuzdi. „Maria Maria“ qoʻshigʻi ushbu reytingda 122-oʻrinni egalladi.
Fon
tahrir"Maria Maria" qoʻshigʻi matni Wyclef Jean, Jerry „Wonda“ Duplessis, Carlos Santana, Karl Perazzo va Raul Rekov tomonidan yozilgan[1]. Jean va Duplessis „Maria Maria“ qoʻshigʻini Carlos Santana bilan birga Jeanning oldingi musiqiy guruhi „Fugees“ San-Fransiskoda gastrol safarida boʻlganida yaratishgan[2]. „Drink Champs“ podkastiga bergan intervyusida Jean 1993-yilda Wu-Tang Clanning „Wu-Tang Clan Ainʼt Nuthing ta Fuck Wit“ nomli qoʻshigʻini qayta ishlash orqali „Maria Maria“ qoʻshigʻining kompozitsiyasini oʻylab topganini aytdi[3]. „Maria Maria“ qoʻshigʻi uchun „The Headhunters“ guruhining 1975-yilda chiqqan „Survival of the Fittest“ nomli albomidagi „God Make Me Funky“ qoʻshigʻining baraban ritmidan ham namunalar olingan[2]. Jean Marvin Moore va David McRaedan tashkil topgan „The Product G&B“ nomli musiqiy guruhdagi doʻstlaridan „Maria Maria“ qoʻshigʻini birgalikda ijro etishni soʻraydi. Marvin Moore va David McRae Jeanning taklifiga rozi boʻlishadi va birgalikda qoʻshiqni ijro etishadi[2].
Musiqa videosi
tahrir"Maria Maria" qoʻshigʻining musiqiy videosida Carlos Santana va „The Product G&B“ jamoasi aʼzolari ochiq havodagi bazmda chiqish qilishi tasvirlangan. Videoda Santananing gitara chalayotgani va tomoshabinlar Maria deb taxmin qilishlari mumkin boʻlgan qiz qatnashgan sahnalar mavjud. Bu qiz oʻzi bilan olib chiqqan oynaga bir necha marta qaraydi va keyin musiqa ijro etayotgan guruh aʼzolariga qoʻshilib ketadi. 2000-yil yanvar oyida MTV va BET „Maria Maria“ qoʻshigʻining videosini oʻzlarining pleylistlariga qoʻshdilar.
Koʻrsatkich
tahrir"Maria Maria" qoʻshigʻi shunday muvaffaqiyatga erishdiki, Carlos Santana oshpaz Roberto Santibanez va „California Dudum Sports and Entertainment“ bilan birgalikda qoʻshiq nomi bilan atalgan restoranlar tarmogʻini ochishga muvaffaq boʻldi. Oshpaz Santibanez tomonidan yaratilgan menyuda qoʻziqorinli fajitalar, hindiston yongʻogʻi seviche va dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan guakamol kabi taomlarni oʻz ichiga olgan anʼanaviy Meksika taomlari mavjud. Ushbu restoran tarmogʻining faqat toʻrttasi hozirgi kunda faoliyat olib boradi. Ulardan ikkitasi Shimoliy Kaliforniyada, bittasi Arizonada va bittasi Texasda joylashgan. Ushbu restoranlar dekoratsiyasini loyihalash uchun beshta rassom jalb qilingan[4].
2017 yilda „Maria Maria“ qoʻshigʻining koveri DJ Kholed, Rihanna va Bryson Tiller hamkorligida ijro etilgan „Wild Thoughts“ nomli albomdan joy oldi[5]. Ushbu qoʻshiq koʻplab mamalakatlar chartlarida eng yaxshi 10 talikka kiritildi va Buyuk Britaniyaning „UK Singles“ chartida birinchi oʻrinni egalladi[6][7].
Chartlar
tahrirHaftalik chartlar
tahrir
Yil chartlari
tahrirChart (2000) | Oʻrin |
---|---|
Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[40] | 39 |
Belgiya (Ultratop 50 Flanders)[41] | 36 |
Belgiya (Ultratop 50 Wallonia)[42] | 4 |
Daniya (IFPI)[43] | 12 |
Yevropa (Eurochart Hot 100)[44] | 2 |
Fransiya (SNEP)[45] | 8 |
Germaniya (Official German Charts)[46] | 7 |
Islandiya (Íslenski Listinn Topp 40)[47] | 44 |
Niderlandiya (Dutch Top 40)[48] | 11 |
Niderlandiya (Single Top 100)[49] | 10 |
AQSH „Billboard Hot 100“[50] | 3 |
AQSH „Hot R&B/Hip-Hop Songs“ (Billboard)[51] | 15 |
AQSH „Mainstream Top 40“ (Billboard)[52] | 15 |
AQSH „Rhythmic“ (Billboard)[53] | 21 |
Oxirgi oʻn yillik chartlari
tahrirChart (2000-2009) | Oʻrin |
---|---|
Germaniya (Official German Charts)[54] | 83 |
Niderlandiya (Single Top 100)[55] | 59 |
AQSH „Billboard Hot 100“[56] | 14 |
Barcha vaqtlarning eng yaxshi qoʻshiqlari charti
tahrirChart | Oʻrin |
---|---|
AQSH „Billboard Hot 100“[57] | 122 |
AQSH „AQSH Hot 100 Latin Songs“ (Billboard)[58] | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Santana - Sights & Sounds: Discography - Maria Maria“. santana.com. 2009-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Breihan. „The Number Ones: Santana's 'Maria Maria' (Feat. The Product G&B)“. Stereogum (2022-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ Mench. „Wyclef Jean Reveals How He Flipped Part of a Wu-Tang Clan Song into Santana's 'Maria Maria'“. Genius (2017-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ „Maria Maria Restaurants: Inspired by Carlos Santana“. ultimatesantana.com. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.
- ↑ Cirisano. „Product G&B Talk Recording 'Maria Maria' & Being Sampled on 'Wild Thoughts' 17 Years Later: 'It's a Blessing'“. Billboard (2017-yil 29-iyun). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ „DJ Khaled feat. Rihanna & Bryson Tiller – Wild Thoughts“. charts.nz. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
- ↑ „DJ Khaled ft Rihanna/Tiller“. Official Charts Company. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria". ARIA Top 50 Singles.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria" (niderlandcha). Ultratop 50.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria" (fransuzcha). Ultratop 50.
- ↑ "Top RPM Singles: Issue 9902." RPM. Library and Archives Canada. Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
- ↑ "Top RPM Adult Contemporary: Issue 7259." RPM. Library and Archives Canada. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ "Top RPM Dance/Urban: Issue 9731." RPM. Library and Archives Canada. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ „Top National Sellers“ (PDF). Music & Media. 17-jild, № 22. May 27, 2000. 17-bet. Qaraldi: March 6, 2020.
- ↑ „Eurochart Hot 100 Singles“ (PDF). Music & Media. 17-jild, № 19. May 6, 2000. 9-bet. Qaraldi: February 8, 2020.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria" (fransuzcha). Les classement single.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria" (olmoncha). GfK Entertainment Charts.
- ↑ „Top National Sellers“ (PDF). Music & Media. 17-jild, № 16. April 15, 2000. 9-bet. Qaraldi: March 6, 2020.
- ↑ „Top National Sellers“ (PDF). Music & Media. 17-jild, № 14. April 1, 2000. 13-bet. Qaraldi: July 18, 2022.
- ↑ „Íslenski Listinn Topp 20 (10.2 – 16.2 2000)“ (is) (2000-yil 11-fevral), s. 12. Qaraldi: 2019-yil 6-oktyabr.
- ↑ "The Irish Charts – Search Results – Maria Maria". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
- ↑ "Nederlandse Top 40 – week 14, 2000" (niderlandcha). Dutch Top 40.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria" (niderlandcha). Single Top 100.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria". Top 40 Singles.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria". VG-lista.
- ↑ „Top National Sellers“ (PDF). Music & Media. 17-jild, № 28. July 8, 2000. 10-bet. Qaraldi: March 1, 2020.
- ↑ "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria" Canciones Top 50.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria". Singles Top 100.
- ↑ "Santana feat. The Product G&B – Maria Maria". Swiss Singles Chart.
- ↑ "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
- ↑ "Official R&B Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 2018-yil 28-noyabr.
- ↑ "Santana Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
- ↑ "Santana Chart History (Adult Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
- ↑ "Santana Chart History (Dance Singles Sales)". Billboard. Qaraldi: 2021-yil 9-noyabr.
- ↑ "Santana Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
- ↑ "Santana Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
- ↑ "Santana Chart History (Rhythmic)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
- ↑ „Jahreshitparade Singles 2000“ (de). Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „Jaaroverzichten 2000“ (nl). Ultratop. Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.
- ↑ „Rapports annuels 2000“ (fr). Ultratop. Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.
- ↑ „Års Hitlister 2000: IFPI Danmark: Singles Top 50“ (da). IFPI Danmark. 2001-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
- ↑ „Year in Focus – Eurochart Hot 100 Singles 2000“ (PDF). Music & Media. 17-jild, № 52. December 23, 2000. 9-bet. Qaraldi: February 8, 2020.
- ↑ „Tops de L'année | Top Singles 2000“ (fr). SNEP. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
- ↑ „Top 100 Singles–Jahrescharts 2000“ (de). GfK Entertainment. Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Íslenski Listinn Topp 100“ (is) (2001-yil 5-yanvar), s. 10. Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
- ↑ „Top 100–Jaaroverzicht van 2000“. Dutch Top 40. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
- ↑ „Jaaroverzichten – Single 2000“ (nl). MegaCharts. Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.
- ↑ „Billboard Top 100 – 2000“. 2009-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
- ↑ „2000 The Year in Music“. Billboard. 112-jild, № 53. December 30, 2000. YE-54-bet. Qaraldi: May 22, 2021.
- ↑ „Most Played Mainstream Top 40 Songs of 2000“ (PDF). Billboard. 8-jild, № 51. December 22, 2000. 54-bet. Qaraldi: May 4, 2020.
- ↑ „Most Played Rhythmic Top 40 Songs of 2000“ (PDF). Billboard. 8-jild, № 51. December 22, 2000. 56-bet. Qaraldi: May 4, 2020.
- ↑ „Gratis: 'Hits des neuen Jahrtausend'-Liste“ [Free: 'Hits of the New Millennium' List] (de). RTL (2010). 2012-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
- ↑ „Decennium Charts – Singles 2000–2009“ (nl). MegaCharts. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
- ↑ „The Decade in Music: Hot 100 Songs“. Billboard. 121-jild, № 50. December 19, 2009. 158-bet.
- ↑ „Billboard Hot 100 60th Anniversary Interactive Chart“. Billboard. Qaraldi: December 10, 2018.
- ↑ „Hits Don't Lie: Top Billboard Hot 100 Latin Songs“. Billboard (2008). 2008-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.