Marianne Faithfull
Marianne Evelyn Gabriel Faithfull (29-dekabr 1946-yil) — ingliz rok qoʻshiqchisi. Marianne Faithfull, 1960-yillarda „As Tears Go By“ qoʻshigʻi orqali mashhurlikka erishdi. AQShda Britaniya Invassiyasi paytida mashhurlikka erishgan ayollardan biri boʻlgan. Londondagi Hampstead shahrida tugʻilgan. Faithfull, 1964-yilda Rolling Stoneslar partiyasida ishtirok etganidan soʻng karyerasini boshlagan. Faithfullning, debüt-albomi (1965, Come My Way albomi bilan bir vaqtda chiqarilgan), iqtisodiy jihatdan anchagina foyda keltirgan. 1966- yildan, 1970-yilgacha Mikk Jagger bilan, ishqiy munosabatlar boshlagan. Faithfullning, mashhurligi uning kinodagi rollari bilan bogʻliq boʻlgan, masalan, I’ll Never Forget Whatʼs name (1967), The Girl on a Motorcycle (1968) va Hamlet (1969) filmlari orqali mashhurlikka erishgan. Oʻziga xos ovozi bilan tanilgan Faithfullning ovozi, birgina giyohvand moddalari isteʼmol qilgan, koʻp vaqt oʻtmay laringit kassaligiga chalinganidan soʻng ovozi oʻzgargan. Ushbu yangi ovoz baʼzi tanqidchilar tomonidan „whisky soaked“ deb masxara qilingan[1]. Faithfull uzoq vaqt sanʼatdan oʻzoqlashganidan soʻng, Broken English albomi bilan birgalikda yangicha uslub bilan muxlislarini kunglidan joy olishni boshlagan. Broken English Faithfullga Eng yaxshi ayol rok vokal ijro uchun Grammy mukofotiga sazovor boʻlgan. Bundan ilhomlangan Faithful, bir qator albomlar bilan uz ish faoliyatini davom etirgan, shu jumladan Dangerous Acquaintances (1981), A Child’s Adventure (1983) va Strange Weather (1987). Faithfull oʻz hayoti haqida uchta kitob yozgan: Faithfull: An Autobiography (1994), Memories, Dreams & Reflections (2007) va Marianne Faithfull: A Life on Record (2014). Faithfull 2009-yilgi Xotin-qizlar Jahon mukofotlariga sazovor boʻlgan.
Hayoti va ijodi
tahrirFaithfullning oʻgʻli, Simon Faithfull — rassom. Uning otasi Major Robert, Londondagi Bedford kolleji Italiya adabiyoti professori boʻlgan. Faithfullning onasi Eva, Eva von Sacher-Masoch, baroness Erisso sifatida tanilgan[2]. Oilasi Lancashirning Ormskirk shahrida yashagan, otasi Liverpul universiteti doktorligini tugatgan. U oʻzining yoshlik davrining bir qismini Oxfordsshirning Braziers Park shahridagi John Norman Glaister tomonidan tashkil etilgan kommunasi oʻtkazdi. Uning ota-onasi 6 yoshida ajrashdi, [1] undan keyin u onasi bilan Readingdagi Milman yoʻliga koʻchib oʻtdi. Uning boshlangʻich maktabida Brixtonda oʻqigan. Faithfullning qizlar davlati kam sharoitda yashar ekan, u sil kasalligiga chalingan. U bir vaqtlar haftada bir martalik boʻshxonaga kirgan St Joseph’s Roman Catholic Convent School, Readingda xayriya mablagʻlari bilan taʼminlangan (bursariy) oʻquvchi boʻlgan. St. Joseph’da boʻlganida u Progress Teatrining talabalar guruhi aʼzosi boʻlgan. Eva dastlabki yillarida Maks Reinhardt kompaniyasi bilet sotgan. Nemis teatr duosi Bertolt Brecht va Kurt Weill asarlarida rol ijro etgan[3]. Faithfullning onasi Budapeştda tugʻilgan, 1918-yilda Vyanaga koʻchib oʻtgan. Faithfullning otasining Buyuk Britaniya armiyasida xizmat vaqtida Eva bilan uchrashgan[4]. Faithfull 1970-yil may oyida Angliya-Irlandiya asilzoti „Paddy“ Rossmore bilan aforasi boshlaganidan soʻng, Jagger bilan munosabatlarini tugatgan va oʻsha yili oʻgʻli ustidan vasiylik huquqini yoʻqotgan. Faithfullning shaxsiy hayoti pasayib ketgan, va uning karyerasi ham oʻz vaqtida yoʻq boʻlib qolgan. Shu jumladan 1973-yil oktyabr oyida Devid Bowi bilan birga „I Got You Babe“ nomli Sonny & Cher qoʻshiqlarini kuylagan, va bu uning soʻngi kuylagan qoʻshigʻi boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Faithfull, Marianne. Faithfull: An Autobiography Boston: Little, Brown; 1994. ISBN 0-316-27324-4
- ↑ „Marianne Faithfull“. Who Do You Think You Are? Magazine. — „... (Faithfull's mother) told her "wonderful stories about castles and parties and balls" and styled herself as a baroness...Eva's claiming of a title was exaggerated but rooted in reality...“. 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
- ↑ Faithfull, Marianne. Memories, Dreams and Reflections, Fourth Estate. 1 October 2007; ISBN 0-00-724580-7
- ↑ „Marianne Faithfull“. bbc.co.uk. 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.