Marina Vyazovskaya

ukrainalik matematik

Marina Sergeyevna Vyazovskaya (ukraincha: Мари́на Сергі́ївна Вязо́вська) (2-dekabr 1984-yilda tugʻilgan[2]) — ukrainalik matematik, fizika-matematika fan nomzodi (Ukraina Milliy fanlar akademiyasi Matematika instituti, 2010), Dr. rer. nat. (Bonn universiteti, 2013). Vyazovskaya sakkiz oʻlchovli fazoda teng sferalarning zich joylashuvi masalasi yechimini topgan. Bu ishi uchun Salem mukofoti bilan taqdirlangan. 2022-yilda esa Fields medali bilan taqdirlandi. Vyazovskaya tarixda Fields medali olgan ikkinchi matematik ayol hisoblanadi.

Marina Sergeyevna Vyazovskaya
Tavalludi 2-dekabr 1984-yil (1984-12-02) (39 yosh)
Kiyev, Ukraina SSR, SSSR
Fuqaroligi Ukraina[1]
Sohasi Matematika, Sonlar nazariyasi
Ish joylari Berlin matematika maktabi, Berlin universiteti
Taʼlimi Kiyev universiteti
Akademik rahbarlari Igor Shevchuk, Don Zagier
Mukofotlari Salem mukofoti (2016)
SASTRA Ramanujan mukofoti (2017)
Klay matematika instituti mukofoti (2017)
Matematika boʻyicha ilmiy yutuq mukofoti (2018)
Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2020)
Fields medali (2022)

Hayoti

tahrir

Vyazovskaya 1984-yilda Kiyevda tugʻilgan. Kiyevdagi 145-sonli tabiiy fanlar litseyida oʻqigan, matematika olimpiadalarida qatnashgan. Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetining mexanika-matematika fakultetida tahsil olgan. 2002–2005-yillarda matematika boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasida sovrinli oʻrinlarni egallagan. 2002–2005-yillarda esa birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng u Germaniyada oʻqishni davom ettirgan va 2007-yilda Kaiserslautern shahrida magistr darajasini olgan.

 
Marina Vyazovskaya Oberwolfach matematika institutida, 2012-yil

2010-yil may oyida Ukraina milliy fanlar akademiyasining Matematika institutida „Koʻpnomlar va ratsional funksiyalar uchun tengsizliklar hamda sohadagi kvadratura formulalari“[3] mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2013-yilda Bonn universitetidan PhD darajasini olgan. Uning „Modulli funksiyalar va maxsus sikllar“ (inglizcha: Modular Functions and Special Cycles) nomli doktorlik dissertatsiyasi Don Zagier rahbarligida yozilgan boʻlib, analitik sonlar nazariyasi mavzusidadir[4].

Vyazovskaya Berlin matematika maktabi va Berlin Gumboldt universitetida tadqiqotchi oʻlaroq ishlagan[5]. 2020-yildan Shveysariyaning Lozanna federal politexnika maktabining professori boʻlib ishlab kelmoqda.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Vyazovskayaning turmush oʻrtogʻi fizik Danel Evtushinskiydir. Ularning bir oʻgʻli[6] va bir qizi[7] bor.

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir