Marius Lindvik — (1998-yil 27-iyunda tugʻilgan) norvegiyalik changʻidan sakrash yoʻnalishidagi sportchi va Olimpiada oltin medali sovrindori hisoblanadi.

Marius Lindvik
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Norvegiya
Tavallud sanasi 27-iyun 1998-yil (1998-06-27) (26 yosh)
Sørum, Norvegiya
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)
Klubi Rælingen SK

Faoliyati

tahrir

2016-yilgi qishki oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida u oddiy tepalikda kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2016-yil, 2017-yil va 2018-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza (2018-yil), jamoaviy kumush (2016-yil), aralash jamoa boʻyicha oltin (2018-yil) va yakkalik bahslarda ham oltin medal bilan qatnashgan.

Marius Continental kubik musobaqalaridagi debyutini 2015-yil sentyabr oyida Oslodagi yozda oʻtkazgan, birinchi shohsupasini 2017-yil dekabrida Vankuverda va birinchi gʻalabasini 2018-yil yanvarida Titisee-Neustadtda tarixga muhirlagan. Lindvik changʻidan sakrash boʻyicha 2017—2018-yilgi XCHF Continental Kubik musobaqasining qishki bosqichida gʻolib boʻlgan.

2015-yil dekabr oyida Lisgardsbakkenda changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogi debyutini oʻtkazgan va 32-oʻrinni egallagan, lekin 2018-yil yanvaridan oldin Zakopane shahridagi musobaqalarda bosha urinish amalga oshirmagan, oʻshanda u birinchi Jahon kubogi ochkolarini 8-oʻrin bilan, shuningdek jamoaviy musobaqada uchinchi oʻrin bilan kifoyalangan.

Marius 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida katta tepalik musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[1].

Rælingen SK sport klubi vakili hisoblanadi. U Frogner i Sørum shahrida tavallud topgan va ijodini aynan manashu yerdan boshlagan[2].

Jahon chempionati

tahrir

Turnir jadvali

tahrir

Ushbu jadvaldan ham koʻrish mumkin Marus 2019—2022-yil eng yaxshi foʻrmaga ega boʻlgan. Bir yildan soʻng muvaffaqiyatsiz urinishlardan soʻng 2021-yil oʻz reytingini saqlab qolishga muyassar boʻlgan.

 Mavsum  Turlar jadvali
Umuman 4H SF RA W6 T5 P7
2015—2016-yil Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2016—2017-yil Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2017—2018-yil 41 30 Yoʻq 35
2018—2019-yil 44 39 23 38 Yoʻq 40
2019—2020-yil 7   11     12 Yoʻq
2020—2021-yil 10 36 Cnx 7 Yoʻq 35
2021—2022-yil     6 14 Yoʻq Yoʻq  

Manbalar

tahrir
  1. „Norskt guld – efter jättehopp“. Sveriges Television (12-fevral 2022-yil). Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
  2. „Debutant Lindvik (21) med seier og bakkerekord i Olympiabakken: – Rått!“ (norvegcha). VG (1-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2020-yil.