Mariya Butirskaya
Mariya Viktorovna Butirskaya (ruscha: Мария Викторовна Бутырская; 1972-yil 28-iyun, Moskva) — rossiyalik figurali uchuvchi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi, ayollar oʻrtasidagi yakka holda figurali uchish musobaqalarida birinchi rossiyalik jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni, olti karra Rossiya chempioni. Hozirda figurali uchish boʻyicha murabbiy boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda .
Mariya Butirskaya | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Mariya Butirskaya |
Davlat | Rossiya |
Tavalludi | Moskva |
Tarjimayi holi
tahrirMariya Butirskaya besh yoshida konkida uchishni boshladi. Butirskaya dastlab Moskvaning Leningrad viloyatidagi „Vimpel“ sport klubida shugʻullangan.
Mariyaning birinchi murabbiyi uni juda iqtidorli va mehnatkash qiz deb hisoblardi. Mariya barcha bolalar musobaqalarida gʻolib chiqqan. Bir necha yil oʻtgach, murabbiyi tugʻruq taʼtiliga chiqqan, Mariya esa boshqa murabbiy guruhiga qoʻshilgan, ammo bu murabbiy bilan munosabatlari yaxshi boʻlmagan. Mariya bir necha oy davomida konkida uchmagan, oʻziga ishonchini yoʻqotgan va ortiqcha vazn orttirgan. Bu haqda birinchi ustozi bilgach, sevimli shogirdini konkida uchishni davom ettirishga ishontirgan va Vladimir Kovalyov Mariyani guruhga taklif qilgan, 1991-yilda Mariya taniqli murabbiy Viktor Kudryavtsev guruhigakoʻchib oʻtgan. Mariyaning dasturlari klassik musiqadan tez-tez foydalanishi bilan boshqalarnikidan ajralib turardi. Mariya 1999-yilgi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritib, Rossiya ayollar figurali uchish tarixidagi birinchi jahon chempioni boʻlgan. Oʻsha mavsumda Butirskaya 1998 — 1999-yillardagi Gran-pri finalida ikkinchi oʻrin sohibi boʻlgan, uni oʻzbekistonlik Tatyana Malinina ortda qoldirgan.
Mariya Butirskaya sport faoliyatini 2003-yilda yakunlagan. Oʻshandan beri u asosan yosh bolalar murabbiyi boʻlib ishlaydi[1].
Shaxsiy hayoti
tahrirMariya 2006-yil 11-avgustda xokkeychi Vadim Xomitskiyga turmushga chiqdi. Butirskaya 2007-yil 17-aprelda Vladislav ismli oʻgʻil farzandini, 2009-yil 3-iyunda Aleksandra ismli qiz farzandini[2][3] va 2017-yil may oyida oʻgʻli Gordeyni[4] dunyoga keltirdi.
Sportdagi yutuqlari
tahrirMusobaqa/mavsum | 1991 — 92 ㅤ | 1992 — 93 ㅤ | 1993 — 94 ㅤ | 1994 — 95 ㅤ | 1995 — 96 ㅤ | 1996 — 97 ㅤ | 1997 — 98 ㅤ | 1998 — 99 ㅤ | 1999 — 00 | 2000 — 01 | 2001 — 02 |
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 4 | 6 | |||||||||
Jahon chempionati | 29 | 4 | 5 | 3 | 1 | 3 | 4 | ||||
Yevropa chempionati | 5 | 4 | 7 | 3 | 4 | 1 | 1 | 2 | 2 | 1 | |
Rossiya va SSSR chempionati | 3 | 1 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 2 | 3 | 2 |
Gran-pri finali | 7 | 4 | 3 | 2 | 3 | 4 | 4 | ||||
Skate America | 10 | 1 | |||||||||
Skate Canada | 2 | ||||||||||
Sparkassen kubogi | 2 | 1 | 1 | 1 | |||||||
Trophee Lalique | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | ||||||
NHK Trophy | 5 | 5 | 1 | 2 | 1 | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ Interview with Maria Butyrskaia (Wayback Machine saytida 2010-04-08 sanasida arxivlangan) Andoza:Недоступная ссылка(ingl.)
- ↑ „У Хомицкого и Бутырской родилась дочь“. 2018-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
- ↑ Mariya Butirskaya rodila vtorogo rebyonka[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Пополнение в семье Вадима Хомицкого!“. 2017-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-may.