Mariya Kunits
Mariya Kunits- 17-asrning mashhur ayol astronomlaridan biri boʻlib, Sileziyada dunyoga kelgan.[1] U astronomiya sohasida katta yangiliklarni amalga oshirib, „Urania Propitia“ nomli asarni yozadi.[2] Mariya Keplerning ikkinchi qonuni asosida astronomik jadvallarni ishlab chiqadi. Uning sharafiga Venera sayyorasidagi krater va Mariacunitia kichik sayyorasi nomlanadi.[3]
Maria Kunitz | |
---|---|
Polshadagi Mariya Kunits yodgorlik haykali | |
Tavalludi |
1610-yil Vohlau |
Vafoti |
1664-yil 22-avgust (54-yosh) Pitschen, Legnitsa gersogligi |
Fuqaroligi | Muqaddas Rim imperiyasi |
Mashhur ishlari | Urania propitia |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Hayoti
tahrirMariya Kunits 1610-yilda Sileziyaning Volau shahrida (hozirgi Polsha, Volov shahri) tugʻilgan. Uning otasi Geynrix Kunits shifokor, onasi Mariya Sholts esa nemis olimi Anton fon Scholtzning qizi boʻlgan. Mariya yoshligida advokat Devid fon Gerstman bilan turmush qurdi, lekin uch yildan keyin turmush oʻrtogʻi kutilmaganda vafot etadi.[4] 1630-yilda Mariya Elias fon Loʻven bilan turmush qurdi. Elias fon Loʻven ham astronom boʻlib, Mariyaning astronomiya bilan shugʻullanishini qoʻllab quvvatlaydi. Ular birgalikda 1627-yil 14-dekabrda Venera va 1628-yil aprelida Yupiter sayyoralarini kuzatishdi.[5]
Ilmiy faoliyati
tahrirMariya Kunits tibbiyot, sheʼriyat, musiqa, matematika, qadimgi tillar va tarix sohalarida ham bilimga ega boʻlgan. Uning „Urania Propitia“ asari astronomiya olamida katta burulishga sabab boʻladi. Asarda Keplerning Rudolfin jadvallarini soddalashtirishda logarifmlardan foydalanish tavsiya etilgan.[6] Mariya asarni 1650-yilda Muqaddas Rim imperatori Ferdinand III ga bagʻishlab, nemis va lotin tillarida nashr ettirdi. Mariya va Elias fon Lövenning astronomik tadqiqotlari koʻplab yangi kashfiyotlarga yoʻl ochib berdi. Ularning ishlari oʻz davrining eng ilgʻor astronomik jadvallaridan biri hisoblangan va sayyoralar harakati haqida yangi maʼlumotlar taqdim etdi.[7]
Ilmiy merosi
tahrirMariya Kunitsning merosi asosan uning „Urania Propitia“ asari bilan bogʻliq. Bu asar astronomiya tarixida muhim oʻrin tutadi. Lekin, 1679-yilda Byczyna shahrida sodir boʻlgan yongʻinda Mariyaning uyi, astronomiya jihozlari, akademik kitoblar va hujjatlar yonib ketadi.[8] Bugungi kunda „Urania Propitia“ning qoʻlyozma nusxalari Parij Astronomiya rasadxonasi, Florida universiteti kutubxonasi, Oklaxoma universiteti kutubxonalari va Indiana universitetining Bloomington Lilli kutubxonasida saqlanadi.[9]
Manbalar
tahrir- ↑ Cunitz, Maria. „Urania propitia, sive Tabulæ Astronomicæ mirè faciles, vim hypothesium physicarum à Kepplero proditarum complexae; facillimo calculandi compendio, sine ullâ logarithmorum mentione paenomenis satisfacientes; Quarum usum pro tempore praesente, exacto et futuro succincte praescriptum cum artis cultoribus communicat Maria Cunitia. Das ist: Newe und Langgewünschete, leichte Astronomische Tabelln, etc.“, Oels, Silesia,1650.
- ↑ „Katalog z wystawy Astronom Maria Kunic“. www.olesnica.org.
- ↑ „Discovery Circumstances: Numbered Minor Planets (10001)-(15000)“. Minor Planet Center.
- ↑ Marilyn Bailey Ogilvie, The Biographical Dictionary of Women in Science: Pioneering Lives From Ancient Times to the Mid-20th Century, 2000, page 309.
- ↑ Ingrid Guentherodt: Maria Cunitia. Urania propitia; Intendiertes, erwartetes und tatsächliches Lesepublikum einer Astronomin des 17. Jh.. In: Daphnis. Zeitschrift für mittlere deutsche Literatur. Nr. 20, 1991, pages 311–353.
- ↑ Handbuch der historischen Stätten: Schlesien, 2003, Hubert Weczerka, page XXXII + XXXIII, Stuttgart: Alfred Kröner Verlag, ISBN 3-520-31602-1
- ↑ „Bibliotheca Sacra“. Dallas Theological Seminary (2018-yil 5-aprel).
- ↑ Sigrid Dienel: Die Pestschrift des schlesischen Arztes Heinrich Cunitz (1580–1629) aus dem Jahr 1625: ein zeitgenössisches medizinisch-pharmazeutisches Dokument? : eine vergleichende Untersuchung mit Pestschriften aus dem 16. und 17. Jahrhundert, 2000 [1]
- ↑ Marilyn Bailey Ogilvie, The Biographical Dictionary of Women in Science: Pioneering Lives From Ancient Times to the Mid-20th Century, 2000, page 309.