Mariya Tereza
Ushbu sahifani Maria Theresia bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Mariya Tereza (nemis: Mariya Theresia Walburga Amalia Christina; 1717-yil 13-may, Xofburg — 1780-yil 29-noyabr,[1] Vena) — Muqaddas Rim Imperatori, 1741-yil 25-iyundan Vengriya qirolichasi,[2] 1740-yil 20-oktabrdan Bogemiya qirolichasi. Mariya Tereza hukmronligi — maʼrifat va faol islohotlar davri boʻldi. Uning davrida savdo va qishloq xoʻjaligi yuqori darajaga chiqdi va Avstriyaning kuchsiz armiyasini qayta tashkil qildi, bularning barchasi Avstriyaning xalqaro mavqeini mustahkamladi. Biroq, u yahudiylar va protestantlardan nafratlangan va baʼzi hollarda ularni qirollikning chekka qismlariga badargʻa qilishni buyurgan. U, shuningdek, davlat cherkovini himoya qildi.U gabsburglar sulolasining eng mashhur vakillaridan biridir. Uning farzandlari orasidan ikki imperator (Iosif II va Leopold II), shuningdek, Fransiya qirolichasi Mariya Antuanetta va Sitsiliya qirolichasi Mariya Karolina ham bor edi.
Yoshlik yillari
tahrirMuqaddas Rim imperatori Karl VI va Brunsvik-Volfenbüttellik Elizabet Kristinaning eng katta farzandi Mariya Tereza 1717-yil 13-mayda Vena shahrida tugʻilgan va oʻsha kuni choʻqintirilgan. Imperatorning opasi, ammasi Brunsvik -Lüneburglik Vilgelmin Amaliya va Noyburglik ona qirolicha Eleonore Magdalena uning choʻqintirgan onalari edi[3]. Mariya Tereza tugʻilganidan bir yil oʻtib, singlisi Mariya Anna ham tugʻilgan. Imperator oilasining portretlari Mariya Terezaning Elizabet Kristinaga oʻxshaganligini koʻrsatadi[4]. Prussiya elchisi uning katta koʻk koʻzlari, ochqizil tusli sochlari, keng ogʻzi va xushbichim boʻyi borligini taʼkidlagan[5]. Gabsburglar uyining boshqa koʻplab aʼzolaridan farqli oʻlaroq, Mariya Terezaning ota-onasi ham, bobosi ham, buvisi ham bir-biriga qarindosh boʻlmagan[6].
Mariya Tereza qoʻshiq aytishni va kamondan oʻq otishni yaxshi koʻrgan. Hatto otasi unga ot minishni taqiqlab ham qoʻygan. Unga taʼlimni iyezuitlar jamiyati aʼzolari berishgan. Mariya Terezaga odob-axloq qoidalarini grafinya Mari Karolin fon Fuchs-Mollard oʻrgatgan[7]. U rasm chizish, musiqa va raqs boʻyicha taʼlim olgan. Otasi unga 14 yoshidan boshlab kengash majlislarida qatnashishga ruxsat bergan, lekin u bilan hech qachon davlat ishlarini muhokama qilmagan. Garchi u umrining soʻnggi oʻn yilliklarini Mariya Terezaning merosini taʼminlashga sarflagan boʻlsa ham, Karl hech qachon qizini qirolicha boʻlishiga tayyorlamagan[8].
Nikoh
tahrirMariya Tereza | |
Maria Theresia Walburga Amalia Christina | |
[[Tasvir:|250px| ]] | |
Muqaddas Rim Imperiyasi Imperator | |
Hukmronligining boshlanishi: | 1740-yil 12-may |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 1780-yil 29-noyabr |
Oʻtmishdosh: | Karl II |
Voris: | Karl Albert |
Tugʻilgan sanasi: | 1717-yil 13-may |
Tugʻilgan joyi: | Vena, Avstriya |
Vafot sanasi: | 1780-yil 29-noyabr (63 yoshda) |
Vafot joyi: | Vena, Avstriya |
Turmush oʻrtogʻi: | Frans III Stephen |
Farzandlari: | Archgersoginya Mariya Elizabet Archduchess Mariya Anna Archgersoginya Mariya Karolina Muqaddas Rim imperatori Iosif II Mariya Kristina Teschen gersogi va Avstriya Niderlandiya gubernatori Archgersoginya Mariya Elizabet Archduke KarlJozef Mariya Amaliya Parma, Piacenza va Guastalla gersogi Leopold II Archgersoginya Mariya Karolina Archgersoginya Mariya Yoxanna Archgersoginya Mariya Jozef Neapol va Sitsiliya qirolichasi Mariya Karolina Fransiya va Navarra qirolichasi Mariya Antanuetta |
Sulola: | Gabsburglar |
Otasi: | Muqaddas Rim imperatori Karl VI |
Onasi: | Elezabeth Kristina |
Mariya Terezaning turmushga chiqishi haqidagi savol bolaligidayoq koʻtarilgan. Lotaringiyalik Leopold Klement birinchi boʻlib munosib daʼvogar deb hisoblangan va u 1723-yilda Venaga tashrif buyurishi va Mariya Tereza bilan uchrashishi kerak edi. Uning chechakdan oʻlimi bu rejalarni oʻzgartirib yubordi[9].
Leopold Klementning ukasi Frans Stiven Venaga taklif qilindi. Frans Stiven Mariya Tereza uchun asosiy nomzodi boʻlsa ham, Imperator boshqa imkoniyatlarni ham koʻrib chiqdi[10]. Diniy tafovutlar Mariya Terezaning protestant Prussiya knyazi Fridrix II bilan nikoh qurishga toʻsqinlik qildi[11]. 1725-yilda uning singlisi Mariya Anna bilan ispaniyalik Filippga unashtirildi[12][13].
Frans Stiven Lotaringiya taxtiga oʻtirgunga qadar 1729-yilgacha imperator saroyida qoldi, Polsha vorisligi urushi paytida Mariya Terezaning „qoʻlini“ rasman soʻradi[14]. Frensis Stiven befarzand Buyuk Gersog Jan Gaston deʼ Medici vafotidan keyin Toskana Buyuk Gertsogligini qabul qilishi kerak edi[15]. Ular 1736-yil 12-fevralda turmush qurishdi[16]. 1737-yil 9-iyulda Jan Gaston vafot etgach, Frans Stiven Lotaringiyadan voz kechdi va Toskana Buyuk Gersogiga aylandi. 1738-yilda Karl VI ularni Toskanaga yubordi. Bayram munosabati bilan Porta Gallada gʻalaba archasi oʻrnatildi, u bugungi kungacha saqlanib qolgan[17]. Ularning Florensiyada qolishlari qisqa boʻldi. Karl VI tez orada ularni ortda chaqirdi, chunki u yolgʻiz taxt vorisi oʻzidan bir necha mil uzoqda ekanligida vafot etishdan qoʻrqardi[18].
Taxtga chiqishi
tahrirKarl VI 1740-yil 20-oktabrda qoʻziqorindan zaharlanishdan vafot etdi. U butun hukmronligi davomida faqat xazinani toʻdirishga eʼtibor bergandi[19]. U Avstriyani yaqinda Turkiya urushi va Polsha vorisligi urushi tufayli bankrot boʻlgan qashshoq ahvolda qoldirdi; xazina atigi 100 000 guldendangina iborat edi[20]. Bu urushlar tufayli armiya ham zaiflashgan edi; 160 000 kishilik armiya taxminan 108 000 kishiga qisqartirildi va ular Niderlandiyadan Transilvaniyagacha va Sileziyadan Toskanagacha boʻlgan kichik hududlarda tarqalib ketgandi. Ularning ahvoli ham juda yomon va tartib-intizom yoʻq edi. Keyinchalik Mariya Tereza hatto shunday degan: "Menga qolgan armiyaga kelsak, uni uni qanday ahvolda ekanligini tasvirlashga soʻz topa olmayman"[21].
Taxtga oʻtirgan birinchi kunlardanoq u "Avstriya vorisligi" uchun urushlar boshlanib ketdi. 1748-yilda Axen tinchligi bu masalani Mariya Tereza foydasiga hal qildi, ammo u Sileziyani yoʻqotdi.
Mariya Tereza 1741-yil 25-iyun kuni Pressburg shahridagi (hozirgi Bratislava, Slovakiya Respublikasining poytaxti) Seint-Martin soborida Vengriya qirolichasi tojini kiydi[22].
''Avstriya vorisligi'' urushi
tahrirUning taxtga oʻtirishidan soʻng darhol Mariya Terezani qonuniy merosxoʻr deb tan olgan bir qator Yevropa qirollari oʻz vaʼdalarini buzdilar. Bavariya qiroli Karl Albert Mariya Terezaning qarindoshi Mariya Amaliyaga uylangan edi va u ham merosning bir qismini talab qilgan[23].
Dekabr oyida Prussiya imperatori Fridrix II Sileziya gersogligiga bostirib kirdi va Mariya Terezadan undan voz kechishni talab qildi, agar u rad etsa, dushmanlari safiga qoʻshilish bilan tahdid qildi. Mariya Tereza foydali qazilmalarga boy viloyat uchun kurashishga qaror qildi. Fridrix agar unga Sileziyaning bir qismini berishga rozi boʻlsa u Mariya Terezaning huquqlarini himoya qilishga vaʼda berdi. Frans Stiven bunday kelishuvni koʻrib chiqishga rozi edi, ammo qirolicha va uning maslahatchilari bunga rozi boʻlmadi. Mariya Terezaning qatʼiyati tez orada Frans Stivenni Sileziya uchun kurashishga chorladi va u "Avstriya uyining marvaridini" saqlab qolishiga harakat qildi[24]. Natijada Prussiya bilan Birinchi Sileziya urushi boshlandi. Fredrixning Sileziyaga bostirib kirishi bir umrlik adovatning boshlanishi edi; Mariya Tereza uni butun umri davomida ismi bilan emas balki "oʻsha yovuz odam" deb atagan[25].
Avstriyada tajribali harbiy qoʻmondonlar yetishmayotganligi sababli Mariya Tereza Turkiya urushidagi yomon natijalari uchun otasi tomonidan qamoqqa olingan Marshall Neyppergni ozod qildi[26]. Neypperg mart oyida Avstriya qoʻshinlariga qoʻmondonlikni oʻz zimmasiga oldi. 1741-yil aprelida Mollvits jangida avstriyaliklar qaqshatqich magʻlubiyatga uchradilar[27]. Fransiya Avstriyani Prussiya, Bavariya, Saksoniya va Ispaniya oʻrtasida boʻlish rejasini tuzdi[28]:
- Bogemiya va Yuqori Avstriya Bavariyaga
- Moraviya va Yuqori Sileziya esa Saksoniyaga
- Quyi Sileziya Prussiyaga
- Avstriya Lombardiyasi Ispaniyaga berilishi kerak edi. Venada vahima boshlandi, negaki Mariya Tereza va uning maslahatchilaridan hech biri Fransiya ularga xiyonat qilishini kutmagan edi. Frans Stiven Mariya Terezani Prussiya bilan muzokaralarga undadi. Mariya Tereza istamay muzokaralarga rozi boʻldi[29].
Hech kim kutmagan holda yosh qirolicha Vengriyadan katta yordam oldi[30]. Uning Vengriya qirolichasi sifatida toj kiyish marosimi 1741-yil 25-iyun kuni Pressburgdagi (hozirgi Bratislava) Avliyo Martin soborida boʻlib oʻtdi. U bir necha oy davomida marosim uchun zarur boʻlgan chavandozlik mahoratini oshirib, Diet bilan muzokaralar olib bordi[31].
Iyul oyiga kelib yarashuvga urinishlar butunlay barbod boʻldi. Mariya Terezaning ittifoqchisi Saksoniya qirolligi endi uning dushmaniga aylandi[32]. Shuning uchun urush harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun unga Vengriyadan qoʻshin kerak edi. U allaqachon vengerlarning hayratiga sazovor boʻlgan boʻlsa-da, koʻngillilar soni juda kam edi. U koʻngillarni oʻn minglab boʻlishini kutgan. Shu maqsadda u 1741-yil 11-sentabrda Avliyo Stiven tojini kiyib, Vengriya dietasi oldida chiqish qilishga qaror qildi. U lotin tilida nutq soʻzlay boshladi va u shunday degandi: "Vengriya Qirolligining mavjudligi, oʻz shaxsimiz va farzandlarimiz va bizning tojimiz xavf ostida. Bizni hamma tark etgan paytda, biz vengerlarning sodiqligi va uzoq sinalgan jasoratiga tayanamiz"[33]. Oʻsha paytda kimdir unga qarata: „Vengerlardan yordam soʻragandan koʻra Shaytondan yordam soʻraganing qilgani maʼqul“ deb qichqirdi. Biroq u oʻzining oʻgʻli va merosxoʻri Iosifni yigʻlayotgan paytda qoʻllarida ushlab nutq soʻzlashi koʻplab vengerlarni toʻlqinlantirib yubordi[34].
1742-yil iyundagi Breslau shartnomasi Avstriya va Prussiya oʻrtasidagi harbiy harakatlarni toʻxtatdi.[35]
Oilaviy hayot
tahrirFarzandlari
tahrirYigirma yil davomida Mariya Tereza oʻn oltita farzand dunyoga keltirgan. Birinchi farzandi Mariya Elizabet (1737-1740-yillar) toʻydan bir yil oʻtib tugʻilgan. Keyin Mariya Karolina (1740-1741-yillar) tugʻildi. Merosni saqlab qolish uchun kurashayotgan Mariya Tereza oʻgʻil farzand koʻrdi va ismini Jozef deb qoʻydi. Mariya Terezaning sevimli farzandi Mariya Kristina "Avstriya vorisligi" urushida Avstriya armiyasining magʻlubiyatidan toʻrt kun oldin tugʻilgan. Urush paytida yana beshta farzand tugʻilgan: Mariya Elizabet, Karl, Mariya Amaliya, Leopold va Mariya Karolina (1748-yilda tugʻilgan va vafot etgan). Avstriya vorisligi urushi va etti yillik urush oʻrtasidagi tinchlik davrida beshta farzand tugʻildi: Mariya Yoxanna, Mariya Jozefa, Mariya Karolina, Ferdinand va Mariya Antuenetta. U oʻzining soʻnggi farzandi Maksimilian Frensisni yetti yillik urush paytida 39 yoshida dunyoga keltirgan[36]. Mariya Terezaning taʼkidlashicha, agar u deyarli har doim homilador boʻlmaganida, u oʻzi jangga kirishgan boʻlardi[37].
№ | Ismi | Tugʻilgan yili | Oʻlgan yili | U haqida |
---|---|---|---|---|
1 | Mariya Yelizaveta | 5-fevral
1737-yil |
6-iyun 1740-yil | Bolaligida vafot etgan |
2 | Mariya Anna | 6-oktabr 1738-yil | 19-noyabr 1789-yil | Pragada abbatsitsa |
3 | Mariya Karolina | 12-yanvar 1740-yil | 25-yanvar 1741-yil | Bolaligida vafot etgan |
4 | Iosif II | 13-mart 1741-yil | 20-fevral
1790-yil |
Imperator Iosif II, ikki marta uylangan, birinchi nikohdan ikki qiz tugʻilgan (ikkalasi ham goʻdakligida vafot etgan) |
5 | Mariya Kristina | 13-may 1742-yil | 24-yanvar 1798-yil | 1765-yilda u Saks-Teshenlik Albrextga turmushga chiqqan, yagona qizi oʻlik tugʻilgan |
6 | Mariya Yelizaveta | 13-avgust 1743-yil | 22-sentabr
1808-yil |
Insburg abbatsitsasi |
7 | Karl Iosif | 1-fevral 1745-yil | 18-yanvar 1761-yil | Merosxoʻrsiz chechakdan vafot etgan |
8 | Mariya Amaliya | 26-fevral 1746-yil | 9-iyun
1804-yil |
1769-yilda u Parma gersogi Ferdinandga turmushga chiqqan, bu nikohdan 9 nafar farzand tugʻilgan (5 nafari bolaligida vafot etgan) |
9 | Leopold | 5-may
1747-yil |
1-mart
1792-yil |
Imperator Leopold II ispaniyalik Mariya Luiza bilan turmush qurgan |
10 | Mariya Karolina | 17-sentabr 1748-yil | 17-sentabr 1748-yil | Oʻlik tugʻilgan |
11 | Mariya Ionna | 4-fevral 1750-yil | 23-dekabr 1762-yil | Merosxoʻrsiz chechakdan vafot etgan |
12 | Mariya Yozefa | 19-mart 1751-yil | 15-oktabr 1767-yil | Merosxoʻrsiz chechakdan vafot etgan |
13 | Mariya Karolina | 13-avgust 1752-yil | 7-sentabr 1814-yil | 1768-yilda u Sitsiliya qiroli Ferdinand I ga turmushga chiqdi, bu nikohdan 16 nafar farzand tugʻildi (9 nafari bolaligida vafot etgan) |
14 | Ferdinand | 1-iyun
1754-yil |
24-yil
1806-yil |
Modena gersoginyasi Mariya Beatris Rikarda d’Estega uylangan, bu nikohdan 10 nafar farzand tugʻilgan (uch nafari goʻdakligida vafot etgan) |
15 | Mariya Antuanetta | 2-noyabr 1755-yil | 16-oktabr 1793-yil | 1770-yilda Fransiya qiroli Lyudovik XVI ga turmushga chiqqan, gilyotin bilan qatl qilingan |
16 | Maksimillian Frans | 8-dekabr
1756-yil |
27-iyun
1801-yil |
1780-yildan Tevton ordenining buyuk masteri |
Kasalliklar va oʻlimlar
tahrirMariya Terezaning toʻrt nafar farzandi oʻsmirlik yoshiga yetmasdan vafot etgan. Uning toʻngʻich qizi Mariya Elizabet uch yoshida oshqozon rakidan vafot etdi. Uning uchinchi farzandi, birinchi Mariya Karolina tugʻilgan kunidan koʻp oʻtmay vafot etdi. Ikkinchi Mariya Karolina 1748- yilda nogiron tugʻilgan. Uning omon qolmasligi maʼlum boʻlgach, uni tirikligida choʻqintirishga shoshilinch tayyorgarlik koʻrilgan(anʼanaviy katolik eʼtiqodiga koʻra, choʻqintirilmagan chaqaloqlar doʻzaxga mahkum qilinadi). Mariya Terezaning shifokori Jerar van Sviten uni choʻqintiryotganida ham yashayotganiga ishontirdi, ammo koʻpchilik bunga shubha qilishgan[38].
Mariya Terezaning onasi, Elizabet Kristina 1750-yilda vafot etdi. Toʻrt yil oʻtgach, grafinya Mari Karolin fon Fuchs-Mollard vafot etdi. U grafinya Fuchsga oʻz minnatdorchiligini imperator oilasi aʼzolari bilan birga Imperial Cryptga dafn qilish orqali koʻrsatdi[39].
Chechak qirol oilasi aʼzolari uchun doimiy tahdid edi. 1749-yil iyul oyida Mariya Kristina kasallikdan omon qoldi, 1757-yil yanvarda Mariya Terezaning toʻngʻich oʻgʻli Iosif ham omon qoldi. 1761-yil yanvar oyida kasallik ikkinchi oʻgʻli Karlni oʻn besh yoshida oʻldirdi[40]. 1762-yil dekabrda uning oʻn ikki yoshli qizi Ionnna ham kasallikdan azob chekib vafot etdi[41]. 1763-yilning noyabrida Iosifning birinchi xotini Izabella ham kasallikdan vafot etdi. Iosifning ikkinchi xotini Mariya ham 1767-yil may oyida kasallikka chalingan va bir hafta oʻtgach vafot etgan. Mariya Tereza eʼtiborsiz boʻlib kelinini quchoqlaganda oʻzi ham kasallikni yuqtirib olgan[42].
Butun shahar boʻylab uning tuzalishi uchun ibodatlar qilindi va muqaddas marosimlar barcha cherkovlarda oʻtkazildi. Iyun oyining boshida uning kasallikdan omon qolgani haqidagi xabar butun Vena aholisi orasida katta xursandchilik bilan qarshilandi[43].
1767-yil oktabr oyida Mariya Terezaning oʻn besh yoshli qizi Jozefada ham kasallikning belgilari paydo boʻldi. Taxminlarga koʻra, u onasi bilan Mariya Iosifaning (Iosifning rafiqasi) qabriga ibodat qilish uchun borganida infektsiyani yuqtirgan[44]. Archgersoginya Jozefada maqbaraga tashrif buyurganidan ikki kun oʻtgach chechak toshmalari alomatlari sezila boshlandi va tez orada vafot etdi. Mariya Tereza umrining oxirigacha qizining oʻlimida oʻzini ayblagan[45].
Sulolaviy nikohlar
tahrirNikohlar orqali Mariya Tereza oʻzining urushlari va davlat mafaatlari va muzokaralarini boshqargan. U qizlarini sulolaviy oʻyinlarda piyoda sifatida ishlatdi va davlat manfaati uchun ularning baxtini qurbon qildi[46]. U kamida haftasida bir marta barcha bolalariga xat yozardi va bolalariga yoshi va darajasidan qatʼi nazar, hokimiyatni nazorat qilishga haqli deb hisoblardi[47].
1770-yil aprel oyida Mariya Terezaning kenja qizi Mariya Antanuetta Vena shahrida Fransiya shahzodasi Lyudovik XVI ga turmushga chiqdi. Mariya Antanuettaning taʼlimiga unchalik eʼtibor berilmagan va fransuzlar unga qiziqish bildirganlarida, onasi unga Versal saroyi va fransuzlar haqida imkon qadar taʼlim berishga kirishgan. Mariya Tereza Mariya Antaunetta bilan ikki haftada bir marta yozishmalar olib borardi, unda u tez-tez uni hali ham omilador boʻla olmagani uchun koyirdi[48].
Mariya Terezaning eng katta orzularidan biri iloji boricha koʻproq nevaralarga ega boʻlish edi, lekin oʻlimi paytida u bor-yoʻgʻi yigirmaga yaqin nabiralari bor edi, tirik qolgan barcha qizlari uning nomi bilan atalgan[49].
Diniy siyosat
tahrirMariya Terezaning diniy qarashlari
tahrirGabsburglar sulolasining barcha aʼzolari singari, Mariya Tereza ham Rim-katolik va dindor edi. U diniy birlik tinch ijtimoiy hayot uchun zarur, deb hisoblardi va diniy bagʻrikenglik gʻoyasini ochiqchasiga rad etdi. U hatto davlat cherkovi tarafdori edi. Oʻsha davr maʼrifatparvarlari uning siyosatini mutaassib, toqatsiz va xurofotchi sifatida tanqid qilishgan[50]. Biroq, u hech qachon cherkovga davlat ishlariga aralashishiga ruxsat bermagan va "Rimni oʻz qoʻlida ushlab turdi". U arxiyepiskoplar, episkoplar va abbatlarni tayinlashni nazorat qildi[51]. Umuman olganda, Mariya Terezaning cherkov siyosati cherkov-davlat munosabatlarida davlat nazoratining ustuvorligini taʼminlash uchun qabul qilingan[52]. Unga Yansenstik gʻoyalar ham taʼsir qilgan. Yansenizmning eng muhim jihatlaridan biri milliy cherkovlarning Rimdan maksimal erkinligini targʻib qilish edi. Avstriya har doim cherkovga nisbatan davlat mazoratini taʼkidlab kelgan boʻlsa-da, Yansenizm buni nazariy asoslab berdi[53].
Mariya Tereza juda taqvodor shaxs boʻlsa-da, u taqvodorlikning haddan tashqari koʻrsatilishini bostiruvchi siyosatni, masalan, ommaviy flagellantizmni taqiqlagan. Bundan tashqari, u diniy bayramlar va monastir ordenlari sonini sezilarli darajada kamaytirdi[54].
Iyezuetlar
tahrirUning iyezuitlar bilan munosabatlari murakkab edi. Bu orden aʼzolari unga taʼlim berishgan, uunga xizmat qildilar va toʻngʻich oʻgʻlining diniy taʼlimini ham nazorat qilishgan. Iyezuetlar Mariya Tereza hukmronligining dastlabki yillarida kuchli taʼsirga ega edi. Biroq, Terezaning vazirlari uni bu holat monarxiya hokimiyati uchun xavf tugʻdirishiga ishontirishdi. U koʻp ikkilanmasdan va oʻylab oʻtirmasdan, ularni monarxiyaning barcha muassasalaridan chiqarib tashlagan. Bunga qarshi chiqqan Rim Papasi Klement XIV ni barcha mulklarini musodara qildi[55].
Yahudiylar
tahrirMariya Tereza yahudiylarni ham, protestantlarni ham davlat uchun xavfli deb hisoblardi[56]. Ota-bobolarining anʼanaviy xurofotlarini meros qilib olgan Mariya Tereza, ehtimol, oʻz davrining eng yahudiylarga qarshi monarxi boʻlgan. 1777-yilda u yahudiylar haqida shunday deb yozgan edi: "Men bu irqdan kattaroq oʻlatni bilmayman, ular oʻzlarining hiyla-nayrangi, sudxoʻrlik va ochkoʻzligi tufayli xalqimni tilanchilikka majbur qilmoqda. Shuning uchun yahudiylarni iloji boricha Avstriyada uzoqroq tutish kerak"[57]. 1744-yil dekabrda Mariya Tereza oʻz vazirlariga yahudiylarni Avstriya va Chexiyadan chiqarib yuborishni taklif qildi. Uning birinchi taklifi barcha yahudiylarni 1-yanvargacha deportatsiya qilish edi, ammo kelajakda deportatsiya qilinadiganlar soni 50 000 ga yetishi mumkinligidan xavotirda boʻlgan vazirlarining maslahatini qabul qilib, muddatni iyun oyiga koʻchirdi[58]. Deportatsiya qilish toʻgʻrisidagi buyruq 1748-yilda boshqa davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniyaning bosimi tufayli bekor qilindi[59]. U, shuningdek, 20 000 ga yaqin yahudiylarni „Avstriya vorisligi“ urushi paytida Bavariya-Fransiya ishgʻoli davrida sodiq emaslikda ayblab, Pragadan deportatsiya qilishni buyurdi. Keyinchalik bu tartib butun Bogemiya va Moraviyaning yirik shaharlaridagi barcha yahudiylar uchun kengaytirildi[60].
Hukmronligining uchinchi oʻn yilligida oʻzining yahudiy saroy aʼzosi Avraam Mendel Teben taʼsirida Mariya Tereza oʻzining yahudiy fuqarolarini davlat tomonidan himoya qilishni qoʻllovchi farmonlar chiqardi. Uning hukmronligining soʻnggi davrida qilgan harakatlari uning dastlabki harakatlariga zid edi. U 1762-yilda yahudiy bolalarni nasroniylikka majburan qabul qilishni taqiqladi va 1763-yilda u katolik ruhoniylariga yahudiy fuqarolaridan ortiqcha toʻlovlarni undirishni taqiqladi. Mariya Tereza yahudiylarni qattiq yoqtirmasligiga qaramay, Avstriyadagi yahudiylarning savdo va sanoat faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan[61].
Protestantlar
tahrirMariya Terezaning yahudiylarni quvib chiqarish harakatlaridan farqli oʻlaroq, u protestantlarni (ularni bid’atchi deb bilgan) katoliklargiga aylantirishni maqsad qilgan[62]. Yashirin protestantlarni izlash va ularni topish uchun komissiyalar tuzilgan, ularga tanlov imkoniyati berilgan. Agar ular katolikni qabul qilsalar, uylariga qaytishlariga ruxsat berilgan, biroq protestant oʻz amalida voz kechmasa, surgun qilingan. Mariya Tereza protestantlarni Avstriyadan Transilvaniyaga surgun qildi, jumladan 1750-yillarda Yuqori Avstriyadan 2600 kishi surgun qilingan[63]. Uning oʻgʻli va taxt vorisi Iosif onasining diniy siyosatini "adolatsiz, nopok, imkonsiz, zararli va kulgili" deb hisoblagan[64]. U onasining protestantlarni ommaviy ravishda chiqarib yuborishiga toʻsqinlik qildi. 1777-yilda Mariya Tereza oʻgʻli Iosifning taxtdan voz kechish tahdididan soʻng Moraviyalik protestantlarni quvib chiqarish gʻoyasidan voz kechdi. 1780-yil fevral oyida Iosif ibodat qilish uchun umumiy erkinlikni talab qildi. Biroq, Mariya Tereza oʻlimigacha buni berishdan bosh tortgan. Din erkinligi faqat Mariya Tereza oʻlimidan soʻng Iosi tomonidan chiqarilgan "Bagʻrikenglik deklaratsiyasi"da oʻz aksini topgan[65].
Sharqiy pravoslav xristianlar
tahrirMariya Tereza sharqiy pravoslavlarni asosan turklarga qarshi qoʻllab-quvvatlagan[66].
Islohotlar
tahrirDavlat muassasalari
tahrirMariya Tereza davlat masalalarida ham din masalalarida ham konservativ edi, shunday boʻlsa-da u Avstriyaning harbiy va byurokratik samaradorligini kuchaytirish uchun muhim islohotlarni amalga oshirdi[67]. U Fridrix Vilgelm fon Haugvitsni ishga oldi, u 108 000 kishilik doimiy armiyani yaratib, imperiyani modernizatsiya qildi, buning uchun 14 million gulden sarflandi. Markaziy hukumat armiyani moliyalashtirish uchun mas’ul edi. Qolaversa, Xaugvits Direktoriya deb nomlangan yangi markaziy maʼmuriy idora boshligʻi etib tayinlanganidan keyin (Directorium in publicis et cameralibus) davlat muassasalarini tubdan markazlashtirishni boshladi[68]. Ushbu saʼy-harakatlar tufayli 1760-yilga kelib, 10 000 ga yaqin hukumat amaldorlari sinfi vujudga keldi. Biroq, Lombardiya, Avstriya Niderlandiya va Vengriya bu islohotdan deyarli qoʻllab-quvvatlamagan[69].
Yetti yillik urush davrida Sileziyani qaytarib ololmaganligi sababli, davlatni mustahkamlash uchun boshqaruv tizimi yana bir bor isloh qilindi[70]. Direktoriya 1761-yilda Birlashgan Avstriya va Bogemiya kansleriga aylantirildi, u alohida mustaqil sud tizimi va alohida moliya organlari ega boʻldi[71]. Shuningdek, u 1762-yilda monarxiyadan keladigan barcha daromadlarni nazorat qiluvchi Xofkammerni qayta tashkil etdi. Bunga qoʻshimcha ravishda, Hofrechenskammer (barcha moliyaviy hisoblarni yuritish) vazifasi yuklangan. Ayni paytda, 1760-yilda Mariya Tereza Davlat kengashini (Statsrat) tuzdi), u shtat kansleri, uchta oliy zodagon va uchta ritsardan iborat boʻlib,Terezaga maslahat beradigan tajribali amaldorlar qoʻmitasi boʻlib xizmat qilgan[72]. Davlat kengashi ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatga ega emas edi. Shunday boʻlsa-da, u Mariya Tereza va Prussiyaning Fridrix II boshqaruvi shakli oʻrtasidagi farqni koʻrsatdi[73].
Mariya Tereza 1754-1764-yillar oraligʻida davlat daromadini 20 milliondan 40 million guldenga yaʼni ikki baravar oshirdi, qolaversa, uning ruhoniylar va zodagonlarga soliq solishga urinishi qisman muvaffaqiyatli yakunlandi[74]. Bu moliyaviy islohotlar iqtisodiyotni ancha yaxshiladi. Kaunitz yangi Staatsrat rahbari boʻlgandan keyin, u mulklar bilan oʻzaro aloqada boʻlishga tayanadigan "aristokratik maʼrifat" siyosatini olib bordi. Boshqaruv tizimi markazlashtirilganligicha qoldi va kuchli siyosat Kaunitzga davlat daromadlarini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. 1775-yilda Gabsburglar monarxiyasi oʻzining birinchi muvozanatli byudjetiga erishdi va 1780-yilga kelib Gabsburglar davlatining daromadi 50 million guldenga etdi[75].
Tibbiyot
tahrirMariya Tereza niderlandiyalik Gerard van Svitenni shaxsiy shifokorlikka yollaganidan soʻng, u Vena tibbiyot maktabini (Wener Medizinische Schule) asos solgan Anton de Xaen ismli gollandiyalik hamkasbini ham oʻzi bilan olib keldi[76]. U Mariya Tereza, shuningdek, hukumatning ruxsatisiz yangi qabristonlar ochishni taqiqladi va shu bilan isrofgarchilik va gigiyenik boʻlmagan dafn odatlariga qarshi kurashdi[77].
1767-yilgi chechak epidemiyasidan soʻng u inokulyatsiyani (chechakka qarshi birinchi emlash) targʻib qildi. Mariya Tereza Angliyada chechakka qarshi emlash amaliyoti haqida maʼlumot oldi. U Gerard van Svitenning (u buning samaradorligiga shubha qilgan) eʼtirozlariga qaramay, oʻttiz toʻrtta yangi tugʻilgan yetim va besh yoshdan oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan oltmish yetti yetimga nisbatan emlash qilishni buyurdi. Sinov muvaffaqiyatli boʻlib, emlash chechakdan himoya qilishda samarali va xavfsiz ekanligini aniqlandi. Shuning uchun imperator emlash markazini qurishni buyurdi va oʻzi va ikki farzandi birinchilardan boʻlib emlash qabul qildi. U Avstriyada Schönbrunn saroyida emlangan birinchi oltmish besh bolaga kechki ovqat uyushtirish orqali emlashni targʻib qildi[78].
1770-yilda u zaharlarni sotishni qatʼiy tartibga soldi va dorixonachilar har bir savdoning miqdori va holatini qayd etadigan "zaharlar registri"ni yuritishlari shart qilib qoʻyildi. Agar nomaʼlum kishi zahar sotib olmoqchi boʻlsa, u savdoni amalga oshirishdan oldin u ikkita guvohini taqdim etishi kerak edi. Uch yil oʻtgach, u har qanday ovqat yoki ichimlik idishlarida qoʻrgʻoshindan foydalanishni taqiqladi[79].
Qonunchilik
tahrirGabsburglar hukumatining markazlashuvi yagona huquq tizimini yaratish zaruratini tugʻdirdi. Oldin, Gabsburg Imperiyasidagi turli yerlar oʻz qonunlariga ega edi. 1769-yilda Constitutio Criminalis Theresiana nashr etildi va bu Oʻrta asrlardan beri mavjud boʻlgan anʼanaviy jinoiy kodeks edi[80]. Bu Jinoyat kodeksi qiynoqlar orqali haqiqatni aniqlash imkoniyatini berdi, shuningdek, jodugarlik va turli diniy huquqbuzarliklarni jinoyat deb hisobladi. Qonun faqat Avstriya va Bogemiyada kuchga kirgan, Vengriyada u kuchga kirmagan[81].
Biroq, Mariya Tereza Zagrebdagi jodugar ovlarini tugatib, Zagrebda jinoiy javobgarlikka tortilgan soʻnggi jodugar boʻlgan Magda Logomerga qarshi qoʻllangan qiynoqlarga qarshi chiqdi[82].
Mariya Tereza 1752-yilda turli din vakillari oʻrtasida fohishalik, gomoseksualizm, zino va hatto jinsiy aloqani nazorat qilish uchun „Poklik komissiyasi“ni (Keuschheitskommission) tuzdi[83]. Ushbu Komissiya politsiya bilan yaqin hamkorlik qildi va komissiya hatto obroʻli erkaklar va ayollarning shaxsiy hayotini tekshirish uchun maxfiy agentlarni ishga oldi. Ularga ziyofatlar, klublar va shaxsiy yigʻinlarga bostirib kirish va ijtimoiy meʼyorlarni buzganlikda gumon qilinganlarni hibsga olish vakolati berilgan. Jazolar qamchilash, surgun qilish, hattoki oʻlim jazosini oʻz ichiga olgan[84].
1776-yilda Avstriyada Iosif II ning buyrugʻi bilan qiynoqlar taqiqlandi. Iosifdan farqli oʻlaroq, Mariya Tereza diniy hokimiyatning koʻmagi bilan qiynoqlarni bekor qilishga qarshi edi[85].
Mariya Tereza 1749-yilda u barcha merosiy yerlar boʻyicha yakuniy apellyatsiya sudi sifatida Oliy sud tizimini tashkil etdi[86].
Taʼlim tizimi
tahrirMariya Tereza oʻz hukmronligi davrida taʼlimni rivojlantirishni ustuvor vazifa qilib qoʻygan. Dastlab bu boy tabaqalarga qaratilgan edi. U katolik boʻlmaganlarga universitetda oʻqishga ruxsat berdi va dunyoviy fanlarni joriy etishga ruxsat berdi, bu universitet taʼlimining asosiy poydevori sifatida ilohiyotning pasayishiga taʼsir qildi[87]. Bundan tashqari, mansabdor shaxslarni davlat byurokratiyasida ishlashga tayyorlash uchun taʼlim muassasalari tashkil etilgan: 1746-yilda Vena shahrida dvoryanlar oʻgʻillarini oʻqitish uchun Terezianum tashkil etilgan, 1751-yilda Noyshtadtda Tereziya harbiy akademiyasi nomli harbiy maktab tashkil etilgan va 1754-yilda boʻlajak diplomatlar uchun Sharq akademiyasi tashkil etilgan[88].
1770-yillarda jamiyatning barcha qatlamlari uchun maktab tizimini isloh qilish asosiy siyosatga aylandi. Stollberg-Rilingerning taʼkidlashicha, ayniqsa, boshlangʻich maktablarni isloh qilish Mariya Terezaning keyingi hukmronligining eng uzoq davom etgan muvaffaqiyati va u oʻgʻli Iosif bilan ochiq ziddiyatga ega boʻlmagan kam sonli siyosat dasturlaridan biri edi[89]. Islohot zarurati 1770-71-yillardagi aholini roʻyxatga olishdan soʻng yaqqol namoyon boʻldi, bu esa aholining keng tarqalgan savodsizligini ochib berdi. Mariya Tereza oʻzining raqibi Prussiya qiroli Fridrix II ga xat yozib, undan Sileziyalik maktab islohotchisi Iogan Ignaz fon Felbigerga Avstriyaga koʻchib oʻtishga ruxsat berishni soʻragan[90].
Mariya Tereza islohoti olti yoshdan oʻn ikki yoshgacha boʻlgan har ikki jinsdagi bolalar oʻqishi kerak boʻlgan dunyoviy boshlangʻich maktablarni yaratdi. Oʻquv dasturi oʻrganishdan koʻra ijtimoiy masʼuliyat, ijtimoiy intizom, mehnat axloqi va aqldan foydalanishga qaratilgan. Taʼlim koʻp tilli boʻlishi kerak edi; bolalarga avvalo ona tilida, soʻngra keyingi yillarda nemis tilida oʻqitilishi kerak edi[91]. Qobiliyatni ragʻbatlantirish uchun eng qobiliyatli talabalarga mukofotlar berildi. Oʻqituvchilarning mavqei va maoshini oshirishga ham eʼtibor qaratildi. Pedagoglarni eng yangi texnologiyalarga oʻrgatish maqsadida pedagogika kollejlari tashkil etildi[92].
Taʼlim islohoti jiddiy qarshiliklarga uchradi. Eʼtirozlar bolalar oʻrniga dalada ishlashga majbur boʻlgan dehqonlardan kelgan. Mariya Tereza barcha qarshi chiqqanlarni hibsga olishni buyurib, norozilikni bostirdi[93]. Biroq, qirollik saroyidan, xususan, islohotchilar tomonidan oʻz hokimiyatiga tahdid solinayotgan aristokratlar savodxonlik darajasi aholini protestantlik yoki maʼrifatparvarlik gʻoyalariga taʼsir qilishidan qoʻrqqan aristokratlar orasida ham qarshilik koʻrsatishlar boʻldi. Felbigerning islohotlari Mariya Tereza va uning vaziri Frans Sales Greynerning izchil qoʻllab-quvvatlashi natijasida amalga oshirildi[94]. Boshlangʻich maktablar islohoti asosan Mariya Terezaning savodxonlik darajasini oshirish maqsadiga javob berdi, buni maktabga qatnaydigan bolalarning yuqori nisbati tasdiqlaydi; Bu, ayniqsa, Vena shahrida sodir boʻldi, u yerda maktabga qatnashish 1780-yildagi 40 % dan 1807-yilga kelib shov-shuvli 94 % ga yetdi[95]. Shunga qaramay, Avstriyaning ayrim qismlarida savodsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoldi, aholining yarmi savodsiz edi. XIX asrgacha Oʻqituvchilar malakasini oshirish kollejlari keyingi oʻn yilliklar davomida yangi tizimni yoygan yuzlab yangi oʻqituvchilarni tayyorladi[96].
Senzura
tahrirMariya Terezaning siyosati nashrlar va taʼlim senzurasini joriy etishi bilan ham mashhur edi. Senzura, ayniqsa, katolik diniga zid deb hisoblangan asarlarga taʼsir koʻrsatdi. Qizigʻi shundaki, bu maqsadda unga "maʼrifatli" kishi deb hisoblangan Gerard van Svitten yordam berdi[97].
Iqtisodiyot
tahrirMariya Tereza xalqning turmush darajasini oshirishga harakat qildi, chunki u dehqonlarning turmush darajasi, unumdorligi va davlat daromadlari oʻrtasidagi sababiy bogʻliqlikni koʻra oldi[98]. Uning hukmronligi ostidagi Gabsburg hukumati ham hukumat aralashuvi orqali oʻz sanoatini mustahkamlashga harakat qildi. Sileziya boy berilganidan soʻng, ular Sileziya toʻqimachilik sanoatini Shimoliy Chexiyaga koʻchirishni ragʻbatlantirish uchun subsidiyalar berishni amalga oshirdilar. Bundan tashqari, ular gildiya imtiyozlarini qisqartirdilar va savdo boʻyicha ichki majburiyatlar yo isloh qilindi yoki olib tashlandi[99].
Oʻz hukmronligining oxirida Mariya Tereza oʻz yerlarining sharqiy qismlarida (ayniqsa, Bogemiya, Moraviya, Vengriya va Galisiya) qishloq xoʻjaligi uchun asos boʻlgan krepostnoylik tizimini isloh qildi. Garchi Mariya Tereza dastlab bunday ishlarga aralashishni istamagan boʻlsa-da, hukumat aralashuvi iqtisodiy kuchga boʻlgan ehtiyoj va amaldagi byurokratiyaning paydo boʻlishi tufayli yuzaga keldi 1770 −71 yillardagi aholini roʻyxatga olish dehqonlarga oʻz shikoyatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri qirollik komissarlariga bildirish imkoniyatini berdi va Mariya Terezaga ularning qashshoqliklari majburiy mehnatga boʻlgan oʻta talablar natijasi ekanligini koʻrsatdi. Baʼzi yerlarda yer egalari dehqonlardan dvoryanlar yerlarini ishlov berishda haftada yetti kungacha ishlashni talab qilardilar, shuning uchun dehqonlarga oʻz yerlaringa ishlov berish uchun faqat tungi vaqt boʻlgan[100].
1772-yil oxiriga kelib Mariya Tereza yanada tubdan islohot qilishga qaror qildi. 1773-yilda u oʻz vaziri Frans Anton fon Raabga Bogemiyadagi toj yerlari boʻyicha namunaviy loyihani topshirdi: unga yirik mulklarni kichik fermer xoʻjaliklariga boʻlib berish, majburiy mehnat shartnomalarini bekor qilish va dehqonlarga bir xoʻjayindan boshqasiga oʻtish imkoniyatini berish topshirildi. Raab loyihani shu qadar muvaffaqiyatli amalga oshirdiki, uning ismi Raabisation nomi bilan mashhur boʻlgan dasturga asos boʻldi[101].
Hukmronligining soʻnggi yillari
tahrirImperator Frans 1765-yil 18-avgustda oʻzining ikkinchi oʻgʻli Leopoldning toʻyini nishonlayotgan vaqtda Insbrukda vafot etdi. Mariya Tereza adoyi tamom boʻldi. Ularning katta oʻgʻli Iosif Muqaddas Rim imperatori boʻldi. Mariya Tereza barcha bezaklardan voz kechdi, sochlarini qisqartirdi, xonalarini qora rangga boʻyatdi va umrining oxirigacha motam kiyimi kiydi. U davlat hayotidan, ommaviy tadbirlardan va teatrdan butunlay voz kechdi. Uning bevaligi davomida u butun avgust oyini va har oyning oʻn sakkizinchi kunini oʻz xonasida yolgʻiz oʻtkazdi, bu uning ruhiy salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. U Fransning oʻlimidan koʻp oʻtmay oʻzining ruhiy holatini shunday tasvirlab berdi: "Men hozir oʻzimni deyarli bilmayman, chunki men haqiqiy hayot va fikr yuritish kuchiga ega boʻlmagan hayvonga oʻxshab qoldim"[102].
Oʻzining keng saltanatlarini boshqarishga Mariya Tereza 1765-yil 17-sentabrda Iosifni yangi hukmdor deb eʼlon qildi. Shu paytdan boshlab ona va oʻgʻil oʻrtasida tez-tez mafkuraviy kelishmovchiliklar yuzaga keldi[103]. Mariya Tereza 1766-yil fevral oyida Xaugvits vafot etganida yana bir yoʻqotishga uchradi. Leopold Jozef fon Daun vafotidan keyin u oʻgʻliga harbiylar ustidan mutlaq nazoratni berdi[104].
Mariya Tereza va Iosif oʻrtasidagi munosabatlar iliq emas edi. U hatto Iosifning maslatchisiga shunday deb yozgandi: "Biz bir-birimizni kechki ovqatdan boshqa hech qachon koʻrmaymiz… Uning jahli kundan-kunga yomonlashmoqda… Iltimos, bu xatni yoqib yuboring … Men shunchaki ommaviy janjaldan qochishga harakat qilyapman"[105]. Koʻp oʻylanib, u taxtdan voz kechmaslikka qaror qildi. Iosifning oʻzi tez-tez imperator sifatida isteʼfoga chiqish bilan tahdid qilgan, uning taxtdan voz kechish tahdidlari kamdan-kam hollarda jiddiy qabul qilingan. Mariya Tereza 1767 -chechakdan tuzalib ketgani, Xudo unga oʻlimgacha hukmronlik qilishni xohlaganining belgisi deb hisoblashardi[106].
XVIII asr tarixchilari yozishicha, Mariya Tereza 1767-yilda chechak hujumidan butunlay tuzalib ketgan boʻlishi dargumon. U nafas qisilishi, charchoq, yoʻtal, nekrofobiya va uyqusizlikdan aziyat chekdi. Keyinchalik tanasida shish paydo boʻldi[107].
Mariya Tereza 1780-yil 24-noyabrda kasal boʻlib qoldi. Uning shifokori doktor Shtork uning ahvolini ogʻir deb hisoblagan, garchi oʻgʻli Iosif uning tez orada tuzalib ketishiga ishonchi komil boʻlsa ham. 26-noyabrga kelib, u oxirgi marosimlarni oʻtkazishni soʻradi. 29-noyabr kuni u qolgan bolalari qurshovida vafot etdi[108]. Uning jasadi Venadagi Imperial Cryptda erining yonida dafn etilgan[109].
Uning azaliy raqibi Buyuk Fridrix II uning oʻlimini eshitib, u oʻz taxtini va jinsini himoya qilganini taʼkidladi va u uchta urushda unga qarshi kurashgan boʻlsa ham, uni hech qachon oʻzining dushmani deb hisoblamasligi bildirdi. Uning oʻlimi bilan Gabsburglar sulolasi tugadi va uning oʻrniga Gabsburg-Lotaringiya sulolasi keldi[110].
Munosabat
tahrirMariya Tereza xalq orasida oʻziga nisbatan hurmat va mehr uygʻota oldi: Vengriya qirolichasi sifatida toj kiyishdan oldin u Pressburgda odamlarni hayratda qoldiradigan qadr-qimmat va soddalikni namoyon etganligi diqqatga sazovordir. Uning 40 yillik hukmronligini boshqa Gabsburg hukmdorlari bilan solishtirganda juda muvaffaqiyatli hisoblanadi. Uning islohotlari imperiyani muhim xalqaro mavqega ega zamonaviy davlatga aylantirdi[111]. U hokimyatni markazlashtirdi va modernizatsiya qildi va uning hukmronligi "maʼrifatli absolyutizm" davrining boshlanishi sifatida qaraladi. Mariya Tereza XVIII asrning eng muvaffaqiyatli Gabsburg monarxi va Yevropaning taniqli rahbarlaridan biri boʻlishiga qaramay, uning konservativ tabiati tufayli zamonaviy tarixchilar yoki ommaviy axborot vositalarining qiziqishini oʻziga tortmaydi[112].
Yodgorliklar va hurmat eʼtibor
tahrirImperiya boʻylab bir qancha koʻchalar va maydonlar uning nomi bilan atalgan, shuningdek, haykallar va yodgorliklar oʻrnatilgan. Venada 1888-yilda Mariya-Teresien-Platsda uning sharafiga katta bronza haykali qurilgan.
Unvovlar
tahrir- Rimliklarning Dowager imperatori;
- Vengriya malikasi;
- Bogemiya, Dalmatiya, Xorvatiya, Slavoniya, Galisiya, Lodomeriya, Avstriya archgersoginyasi;
- Burgundiya, Shtiriya, Karintiya va Karniola gersogenyasi;
- Transilvaniya Buyuk malikasi;
- Moraviya margravini;
- Brabant, Limburg, Lyuksemburg, Guelders, Vyurtemberg, Yuqori va Quyi Sileziya, Milan, Mantua, Parma, Pyasenza, Guastalla, Osvensim va Zator gersoginyasi;
- Svabiya malikasi;
- Gabsburg, Flandriya, Tirol, Xaynault, Kiburg, Goriziya va Gradiska knyazlik grafinyasi;
- Burgau margravini;
- Yuqori va Quyi Lusatiya, Namur grafinyasi;
- Vendiya, Mark va Mechlin xonimi;
- Dowager Lotaringiya va Bar gersoginyasi;
- Toskana Buyuk Gersoginyasi[113].
Eslatmalar
tahrir- ↑ Maria Theresia van Oostenrijk
- ↑ Mariya Tereziya // Bolshaya sovetskaya ensiklopediya: [v 30 t.] / pod red. A. M. Proxorova — 3-e izd. — M.: Sovetskaya ensiklopediya, 1969.
- ↑ Goldsmith 1936, p. 17.
- ↑ Mahan 1932, p. 6.
- ↑ Mahan 1932, p. 12.
- ↑ Members of the Habsburg dynasty often married their close relatives; examples of such inbreeding were uncle-niece pairs (Maria Theresaʼs grandfather Leopold and Margaret Theresa of Spain, Philip II of Spain and Anna of Austria, Philip IV of Spain and Mariana of Austria, etc). Maria Theresa, however, descended from Leopold I’s third wife who was not closely related to him, and her parents were only distantly related. Beales 1987, pp. 20-1.
- ↑ Crankshaw 1970, pp. 19-21.
- ↑ Browning 1994 , p. 37
- ↑ Mahan 1932, pp. 24-5.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 22.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 22.
- ↑ Mahan 1932, p. 26.
- ↑ Morris 1937, pp. 25-6.
- ↑ Mahan 1932, p. 27.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 25.
- ↑ Mahan 1932, p. 38.
- ↑ Mahan 1932, p. 261.
- ↑ Crankshaw 1970, pp. 25-6.
- ↑ Ingrao 2000, p. 129.
- ↑ Morris 1937, p. 47.
- ↑ Duffy 1977, pp. 145-6.
- ↑ Spielman 1993, p. 207.
- ↑ Morris 1937 , p. 47.
- ↑ Browning 1994, pp. 42, 44.
- ↑ Holborn 1982, p. 218.
- ↑ Browning 1994, p. 44.
- ↑ Browning 1994, pp. 52-3.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 57.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 58.
- ↑ Browning 1994, p. 66.
- ↑ Yonan 2003, p. 118.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 75.
- ↑ Mahan 1932, p. 121.
- ↑ Mahan 1932, p. 122.
- ↑ Browning 1994, p. 114.
- ↑ Mahan 1932, pp. 266-271, 313.
- ↑ Holborn 1982, p. 218.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 306-310.
- ↑ Mahan 1932, p. 22.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 507.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 497, 508.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 273.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 508f.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017 , p. 511.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 511
- ↑ Beales 1987, p. 194
- ↑ Mahan 1932, p. 271.
- ↑ Beales 1987, p. 194.
- ↑ Beales 1987, p. 194.
- ↑ Beales 2005, p. 69.
- ↑ Mahan 1932, p. 251.
- ↑ Kann 1980, p. 187.
- ↑ Holborn 1982, p. 223.
- ↑ Holborn 1982, p. 222.
- ↑ Mahan 1932, p. 253.
- ↑ Beales 2005, p. 14.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 313.
- ↑ Mahan 1932, p. 254.
- ↑ Beller 2006, p. 87.
- ↑ Kann 1980, pp. 189-90.
- ↑ Vocelka 2000, p. 201.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 644-647.
- ↑ Beller 2006, p. 87.
- ↑ Beales 2005, p. 14.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 666.
- ↑ Bronza 2010, p. 51-62.
- ↑ Byrne 1997, p. 38
- ↑ Crankshaw 1970, p. 192.
- ↑ Berenger 2014, p. 86.
- ↑ Beller 2006, p. 89.
- ↑ Beller 2006, p. 89.
- ↑ Berenger 2014, p. 85.
- ↑ Holborn 1982, pp. 221-2.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 196.
- ↑ Beller 2006, p. 90.
- ↑ Vocelka 2009, p. 160.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 310.
- ↑ Hopkins 2002, pp. 64-5.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 309.
- ↑ Vocelka 2009, pp. 157-8.
- ↑ Vocelka 2009, p. 158.
- ↑ Kern, Edmund M. (January 1999). „An End to Witch Trials in Austria: Reconsidering the Enlightened State“. Austrian History Yearbook. 30: 159-185. doi:10.1017/S006723780001599X. ISSN 1558-5255.
- ↑ Brandstätter 1986, p. 163.
- ↑ Krämer, Klaus (15 March 2017). „What made Austriaʼs Maria Theresa a one-of-a-kind ruler“. Deutsche Welle. Retrieved 2 December 2018.
- ↑ Krämer, Klaus (15 March 2017). „What made Austriaʼs Maria Theresa a one-of-a-kind ruler“. Deutsche Welle. Retrieved 2 December 2018.
- ↑ Berenger 2014, p. 85.
- ↑ Byrne 1997, p. 38.
- ↑ Beller 2006, p. 91.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 714.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 708f.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 710.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 709.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 308.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 712-714..
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 714.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 713f.
- ↑ Goldsmith 1936, p. 138.
- ↑ Ingrao 2000, p. 188.
- ↑ Beller 2006, p. 92.
- ↑ Beller 2006, p. 93.
- ↑ Stollberg-Rilinger 2017, p. 726-731.
- ↑ Crankshaw 1970, p. 267.
- ↑ Beales 2005, p. 192.
- ↑ Crankshaw 1970, pp. 268, 271.
- ↑ Beales 2005, p. 183.
- ↑ Kann 1980, p. 157.
- ↑ Mahan 1932, p. 334.
- ↑ Crankshaw 1970, pp. 336-8.
- ↑ Mahan 1932, p. 335.
- ↑ Mitford 1970, p. 287.
- ↑ Yonan 2011, p. 3.
- ↑ Mitchell, A. Wess (28 January 2022). „A Habsburg to Be Reckoned With: Two Books on Maria Theresa“. Wsj.com. Retrieved 3 February 2022.
- ↑ Roider 1973, p. 1.
Adabiyotlar
tahrir- Beales, Derek (1987). Joseph II: In the shadow of Maria Theresa, 1741-1780. Cambridge: Cambridge University Press.
- Beller, Steven (2006). A Concise History of Austria. Cambridge: Cambridge University Press.
- Berenger, Jean (2014) [1997]. A History of the Habsburg Empire 1700-1918. Translated by Simpson, CA. New York City: Routledge
- Byrne, James M (1997). Religion and the Enlightenment: from Descartes to Kant. Louisville: Westminster John Knox Press.
- Beales, Derek (2005). Enlightenment and Reform in Eighteenth-Century Europe. London: I.B.Tauris.
- Ćirković, Sima (2004). The Serbs. Malden: Blackwell Publishing.
- Crankshaw, Edward (1970). Maria Theresa. New York: Viking Press.
- Duffy, Christopher (1977). The army of Maria Theresa: The Armed Forces of Imperial Austria, 1740-1780. London: David & Charles.
- Himka, John-Paul (1999). Religion and nationality in Western Ukraine: the Greek Catholic Church and Ruthenian National Movement in Galicia, 1867-1900. Montreal: McGill-Queenʼs Press
- Holborn, Hajo (1982). A History of Modern Germany: 1648-1840. Princeton: Princeton University Press
- Hopkins, Donald R (2002). The greatest killer: smallpox in history, with a new introduction. Chicago: University of Chicago Press.
- Ingrao, Charles W (2000). The Habsburg monarchy, 1618-1815. Cambridge: Cambridge University Press
- Kann, Robert (1980). A history of the Habsburg Empire, 1526-1918. Berkeley, Los Angeles, London: University of California Press.
- Patai, Raphael (1996). The Jews of Hungary: history, culture, psychology. Detroit: Wayne State University Press.
- Penslar, Derek Jonathan (2001). Shylock’s children: economics and Jewish identity in modern Europe. Berkeley, Los Angeles, London: University of California Press.
- Spielman, John Philip (1993). The city & the crown: Vienna and the imperial court, 1600-1740. West Lafayette, Indiana: Purdue University Press.
- Yonan, Michael (2003). „Conceptualizing the Kaiserinwitwe: Empress Maria Theresa and Her Portraits“. In Levy, Allison (ed.). Widowhood and Visual Culture in Early Modern Europe. Burlington: Ashgate Publishing.
- Yonan, Michael (2011). Empress Maria Theresa and the Politics of Habsburg Imperial Art. University Park, Pennsylvania: Pennsylvania State University Press.