Marko Spittka
Marko Spittka (1971-yil 22-aprelda Drezdenda tugʻilgan) – nemis dzyudochisi. GDR chempionatlari sovrindori, Germaniya va Yevropa chempionatlari chempioni va sovrindori, jahon chempionati sovrindori,1996-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida yarim yengil vazn toifasida (-86 kg) bronza medali sohibi[1][2].
Marko Spittka | |
---|---|
Spittka 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Germaniya Demokratik Respublikasi → Olmoniya |
Tavallud sanasi |
1971-yil 22-aprel Drezden, Germaniya |
Boʻyi | 179 sm |
Sport | |
Mamlakat | Olmoniya |
Qaysi sport | Dzyudo |
Faoliyati
tahrirMarko Spittka dzyudo sport turi boʻyicha yarim oʻrta vazn (78 kg gacha) va oʻrta vazn (86-90 kg gacha) toifalarida kurash olib borgan. 1989-yil—1998-yillarda u besh karra Germaniya chempioni boʻlib, bir marta kumush va ikki marta bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1998-yilgi dzyudo boʻyicha Yevropa chempionatida oltin, 1992-yilgi chempionatda esa kumush medallarini qoʻlga kiritgan. 1997-yilda jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan[3]. Sidneydagi navbatdagi olimpiada oʻyinlarida esa dastlabki bosqichda medallar uchun kurashni tark etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „SPITTKA Marko“. www.ijf.org. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.
- ↑ „Marko SPITTKA“. www.olympics.com. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.
- ↑ „Marko Spittka“. www.judoinside.com. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.
Havolalar
tahrir- Marko Spittka databaseOlympics.comda (arxivlangan)