Mashina detallari
Mashina detallari - 1) bir jinsli materialdan yigʻib tayyorlanadigan mashina, asboblar, apparatlar yoki qurilmalar qismi; umumiy va maxsus ishlarga moʻljallangan xillari bor. Umumiy ishlarga moʻljallangan Mashina detallariga koʻpgina mashinalar, asboblar va boshqa uchun tipik boʻlgan detallar (mas, tishli gʻildiraklar, qisqa va uzun o'lchamli vallar, oʻqlar, boltlar, shponkalar, gaykalar), shuningdek, egiluvchan (qayishqoq) va korpus detallar kiradi. Egiluvchan Mashina detallari zarb energiyasini titrashlar va boshqalarni soʻndirish uchun ishlatiladi; bularga membrana, prujina, rezina vtulkalari va qistirmalar, ressoralar va boshqa kiradi. Korpus Mashina detallari mashinadagi taʼsir etuvchi asosiy kuchlarni qabul qiladi; bularga poydevor ramalari, plitalar, staninalar kiradi. Mashina detallari alohida guru-hini moylash qurilmalari va moy oʻtkazgichlarning detallari (filtrlar, shtutserlar, moy koʻrsatkichlar va boshqalar) tashkil etadi. Maxsus ishlarga moʻljallangan Mashina detallariga faqat maʼlum turdagi mashinalarning detallari (turbina kuraklari, tirsakli vallar, havo vintlari va boshqalar) taallukdi boʻladi; 2) mashina detallarining nazariyasi, ularni hisoblash va qurish haqidagi ilmiy fan; mashina va mexanizmlar nazariyasi, materiallar qarshiligi, materialshunoslik bilan, detallarni texnik chizma yordamida tayyorlash va yigish bilan, buyumlarning puxtaligi hamda texnik diagnostikasi bilan bogʻliq.
Oʻzbekiston Respublikasida Mashina detallari sohasidagi ilmiy tadqiqot lar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida, Toshkent texnika untida, Toshkent avtomobil yoʻllari va transport instituti, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti va boshqalarda olib borilmoqda.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |