Massimiliano Allegri

professional italiya futbolchisi

Massimiliano Allegri (1967-yil 11-avgustda tugʻilgan) — italiyalik professional futbol menejeri va sobiq futbolchi, Italiya A Seriyasi klubi boʻlmish "Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi.

Massimiliano Allegri
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1967-yil 11-avgust
Tavallud joyi LivornoItaliya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Boshqargan klublari
Yillar Jamoalar
2021-yildan beri Yuventus (murabbiy)

Allegri, oʻzining futbolchilik faoliyati davomida A Seriyada yarim himoyachi sifatida „Piza“, „Peskara“, „Kalyari“, „Peruja“ va „Napoli“ jamoalarida toʻp surgan. 2002-yilda Aglianese klubi bilan D Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan va shu bilan futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagan. Livornoda oʻynagan vaqtida, ozgʻin tanasi va tezkorligi tufayli uni hamsi baligʻiga qiyoslashgan. Italya matbuoti hali ham unga murojaat qilish uchun ushbu soʻzdan foydalanadi[1][2].

2003-yilda Italiyaning bir qancha kichik jamoalarida bosh murabbiy sifatida oʻz karyerasini boshlagan. Allegri „Sassuolo“ga oʻz tarixida birinchi marta B Seriyaga koʻtarilishiga yordam beradi va oʻsha yili C1 Seriya chempionligi va Superkubogini qoʻlga kiritadi. 2008—2010-yillar davomida A Seriyada „Kalyari“ jamoasiga murabbiylik qilgan. Ushbu 2 yil ichida jamoa 15 yillik tarixi ichidagi eng yaxshi natijasiga, aynan, M.Allegri bilan erishdi. „Kalyari“ bosh murabbiyi sifatida oʻtkazgan oʻyinlari 2010-yilda "Milan" jamoasida, murabbiy sifatida, karyerasini davom ettirishini taʼminlaydi. Allegri ushbu klubda 2014-yilning yanvarigacha qoldi. Oʻtgan 4 yil davomida, 2010—2011-yillarda skudettoni, 2004-yildan beri qoʻlga kirita olmayotgan Italiya Superkubogini jamoa 2011-yilda Allegri bilan qoʻlga kiritdi. 2014—2019-yillarda Allegri „Yuventus“ jamoasini boshqargan va klub bilan oʻn bitta sovrinni qoʻlga kiritgan: ketma-ket beshta chempionlik (2015-yildan 2019-yilgacha), ketma-ket toʻrtta Italiya kubogi (2015-yildan 2018-yilgacha) va ikki marta Italiya Superkubogi (2015 va 2018-yil). Shuningdek, u ikki marta UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi (2015 va 2017). U 2021-yilda boshqaruvdan ikki yil uzoqlashganidan soʻng „Yuventus“ga qaytdi.

Individual ravishda Allegri toʻrt marta (2009, 2015, 2017 va 2018) Panchina dʼOro (Oltin zaxira oʻrindigʻi) sovrinini qoʻlga kiritgan hamda xuddi shuncha marta A Seriyaning eng yaxshi murabbiyi (2011, 2015, 2016 va 2018) nomiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, murabbiy Enzo Bearzot mukofotini ham qoʻlga kiritgan (2015). 2018-yilda murabbiy Italiya futboli shon-sharaf zaliga kiritiladi. Italiya futboli tarixida ketma-ket beshta Skudetto va toʻrtta Italiya kubogini qoʻlga kirita olgan, Yevropaning kuchli besh ligalari orasida esa ketma-ket toʻrt mavsum davomida ichki chempionatda 2ta sovrin (dubl)ni qoʻlga kiritgan yagona murabbiydir.

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Faoliyatining dastlabki qismini quyi ligada, jumladan, oʻzining tugʻilgan shahri jamoasi boʻlmish Livornoklubida oʻtkazgan. Soʻng, 1991-yilda Peskara tarkibiga borib qoʻshiladi. Iqtidori va ijodkorlik qobilyatini yarim himoya chizigʻida koʻrsata olgan. Jovanni Galeone murabbiyligi ostida Peskara klubi 1992-yilda A Seriyaga koʻtarilishdi. Allegri A Seriyada „Peskara“ uchun ajoyib oʻyinchi edi. Jamoa oxirgi oʻrinda B Seriyaga qaytganiga qaramay, gollar kam boʻlmadi va Allegri yarim himoya sifatida 12 ta gol urdi. U Peskaraga qaytishdan oldin Kalyari, keyin Perugia va Napoliga oʻtdi. Pistoiese va Aglianese klublarida qisqacha mashgʻulotlar 2003-yilda faol futbolni tark etishidan oldin[3] Maʼlumotlarga qaraganda Allegri va yana besh italiyalik futbolchi bilan bir qatorda 2000-yilda Italiya kubogi doirasida oʻtgan kelishilgan oʻyinlar uchun bir yillik diskvalifikatsiya olgan[4].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Dastlabki davrlar

tahrir

Allegri oʻzining murabbiylik faoliyatini 2004-yilda oʻzining soʻnggi ikki yilini futbolchi sifatida oʻtkazgan klub C2 seriyasining „Aglianese“ jamoasida boshlagan. Jamoa bilan boʻlgan muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, Allegriga C1 seriyasida Grosseto jamoasidan taklif kelib tushadi. Aksiga olib, uning oq-qizillardagi faoliyati Aglianesedagi kabi muvaffaqiyatli boʻlmadi va u 2006—2007 mavsum C1 Seriya tur oʻyinlari boshlanganidan koʻp oʻtmay isteʼfoga chiqarildi. Grosseto tomonidan ishdan boʻshatilganidan koʻp oʻtmay, Allegri "Udineze" klubida faoliyatini davom ettirayotgan ustozi Jovanni Galeone murabbiylar jamoasiga qoʻshilishga rozi boʻladi[5].

Sassuolo

tahrir

2007-yil avgust oyida Allegri C1 seriyasida jon saqlab qolish uchun doimiy kurashib kelayotgan Sassuolo jamoasiga bosh murabbiyi deya eʼlon qilindi. Allegri tezda 2008-yil 27-aprelda Sassuolo jamoasi bilan 2007—08 yilgi mavsumdagi C1 Seriya chempionligini muddatidan avval qoʻlga kiritib, klub tarixida ilk bora B Seriyaga koʻtarildi[6].

Cagliari

tahrir

2008-yil 29-mayda Allegri A Seriyada Davide Ballardinining oʻrniga „Kalyari“ bosh murabbiyi etib tayinlandi. Seriyada dastlabki beshala oʻyinlarning barchasida qayd etilgan magʻlubiyatlar ketma-ketligiga qaramasdan umidsizlikka tushmagan Allegri klub prezidenti Massimo Cellino tomonidan klubda olib qolinadi. va dekabr oyida oʻz jamoasini jadvalning nisbatan xavfsiz boʻlgan oʻrta pogʻonalariga olib chiqadi. 9-dekabr kuni „Palermo“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng, Kalyari Allegri bilan shartnomani ikki yilga uzaytirish borasida kelishib olganliklarini eʼlon qiladi, yangi shartnoma esa 2011-yilning 1-iyunida tugashi rejalashtirilgan edi. Keyin shartnoma oktyabr oyida, qizil-moviylarning erta inqirozi davrida imzolangani maʼlum boʻldi.

U 2008—09-yilgi mavsumni toʻqqizinchi oʻrinda yakunlaydi. Ushbu natija jamoaning deyarli oʻn besh yil ichida A seriyadagi eng yaxshi natijasidir. Cheklangan resurslar, yuqori toifali oʻyinchilarning yetishmasligiga qaramasdan erishilgan ajoyib natijalar ulkan yutuq sifatida eʼtirof etiladi. „Kalyari“ning hujumkor futbol uslubi sardiniyaliklarni UEFA Yevropa ligasi saralashida qatnashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritishlariga sabab boʻladi. Bunday natijalar unga Panchina dʼOro (Oltin zaxira oʻrindigʻi) bilan taqdirlanishiga sabab boʻladi.

2010-yilning 13-aprelida Kalyari 40 ochko bilan 12-oʻrinni mustahkam egallab turganiga qaramay, ajablanarli tarzda M.Allegri boshqaruv lavozimidan chetlatiadi va uning oʻrniga yoshlar jamoasi murabbiyi Jorjio Melis — uning yordamchisi Janluka Festa tayinlanadi.

 
Allegri Mario Yepes va Robinyo bilan (2012-y.)

A.C. Milan

tahrir

Allegri 2010-yil 17-iyun kuni A Seriyaning gigant jamolaridan hisoblangan "Milan" jamoasida, rahbariyat iltimosiga koʻra, bosh menejer sifatida oʻz karyerasini davom ettiradi. Shu yilning 25-iyun kuni Allegri rasman „Milan“ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Oʻzining ilk mavsumidayoq Allegri „Milan“ni 2004-yildan beri qoʻlga kiritilmagan chempionlik shohsupasiga olib chiqadi. Chempionlik mavsumi davomida shahardosh raqibi boʻlmish „Inter“ jamoasini ikkala oʻyinda ham magʻlub etadi[7]. Oʻsha paytlarda, faqatgina Roberto Manchini ushbu natijani qayd eta olgan edi[8]. Allegri boshchiligidagi milanliklar, afsuski, Italiya kubogi yarim finalidan oʻta olmaydi va umumiy hisobda „Palermo“ jamoasiga, 4:3 hisobida imkoniyatni boy beradi. Jamoa shuningdek, UEFA Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida ham ishtirok etadi va u yerda „Tottenxem Hotspur“ tomonidan yoʻldan olib tashlanadi.

Allegri klubdagi ikkinchi mavsumida ham muvaffaqiyatlarini davom ettiradi. U 2011-yilning 6-avgustida Pekin milliy stadionida oʻtkazilgan oʻyinda shahardosh raqibi „Inter“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, jamoani oltinchi marta Italiya Superkubogini qoʻlga kiritishiga sabab boʻladi[9]. Biroq, bu uning oʻtgan mavsumdagi muvaffaqiyati bilan bogʻliq edi. Ikkinchi mavsumda jamoa Italiya kubogi yarim finalida "Yuventus" jamoasidan nokautga uchraydi. Buni ustiga, UEFA Chempionlar ligasining chorak finalida "Barselona" klubidan magʻlubiyatni qabul qilib oladi. „Milan“ mavsum oxiriga kelib faqat bitta frontda — Skudettoda kurash olib boradi. Biroq, ushbu sovrin ham qoʻldan ketishi aniq boʻla boshlagan edi va shunday boʻldi ham. „Rossonerilar“ „Yuventus“dan soʻng ikkinchi oʻrinni egallab, keyingi mavsumda Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yoʻllanmaga ega chiqadi. Jamoa prezidenti Adriano Galliani bilan bir qatorda Allegri ham tajribali pleymeyker Andrea Pirloni „Yuventus“ga sotish qarori uchun muhlislar tomonidan tanqidlarga uchraydi. Odingi mavsumda asosiy oʻn birlikdan chiqarib tashlangan va yoshi tufayli ortiqcha deb hisoblagan Pirlo „Yuventus“ning A Seriya gʻolibi boʻlishida muhim rol oʻynaydi.

2012-yilning 13-yanvarida Allegri „Milan“ bilan shartnomasini 2013—14-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirishga rozi boʻladi. 2012-yil 5-iyun kuni Allegri yana, tahminan, 10 yil murabbiylik qilish niyatida ekanligini, stress darajasi yosh oʻtgan sari faoliyatiga toʻsqinlik qilishi sababli 55 yoshida nafaqaga chiqishni rejalashtirayotganini aytadi. U shuningdek, faoliyatini yakunlagunga qadar Italiya terma jamoasiga murabbiylik qilishga umid qilayotganini ham taʼkidlab oʻtadi. Klubning bir qancha asosiy oʻyinchilarining klubni tark etishgani va nafaqaga chiqishgani sababli „Milan“ 2012—13 yilgi mavsum boshida anchagina qiyinchilikka uchraydi va oʻzining dastlabki 7 oʻyinida bor-yoʻgʻi 8 ochko toʻplaydi. Bu esa Allegrini muddatidan oldin ishdan olinishi masalasini xavf ostida qoldiradi.[10] Tanqidlariga qaramasdan, Milan rahbariyati va klub Allegridan vos kechmaydi va unga bir necha yosh va qobilyatli oʻyinchilar, jumladan, Stefan El-Shaaravi, Mattia De Shiglio va keyinroq Mario Balotelli kabi transferlar qilishi uchun mablagʻ ajratadi. Allegri mavsum oxirida „rossonerilarni“ni 16-oʻrindan 3-oʻringa olib chiqishga muvaffaq boʻladi va soʻnggi oʻyinda „Siena“ mehmoni boʻlib, 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi. Natija klubga 2013—14-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi uchun pley-off bosqichiga yoʻl olish imkoniyatini beradi.

2013-yilning 1-iyunida klub prezidenti Silvio Berluskoni Allegrining istefoga chiqarilishi haqidagi koʻplab mish-mishlarga qaramasdan, „Milan“ bosh murabbiyi sifatida qolishini tasdiqlaydi. 2013-yilning 31-dekabrida Allegri Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida mavsum oxirida klubni tark etishini tasdiqlaydi: "Albatta, bu mening „Milan“dagi soʻnggi Rojdestvo bayramim ekanligidan afsudaman".Milan rahbariyatida, toʻsatdan, Allegri va uning xodimlari 2014-yil 13-yanvarda oʻz vazifalaridan ozod etilgani haqida xabar beradi.

 
Allegri (oʻngda) 2014-yil."Yuventus".

Yuventus

tahrir

2014-yilning 16-iyulida Allegri bir kun oldin isteʼfoga chiqarilgan Antonio Konte oʻrniga "Yuventus" bosh murabbiyi etib tayinlanadi[11]. Allegri bilan shartnoma tuzish qarori, dastlab, ikkilanishlarga sabab boʻlgan boʻlsa-da[12], Massimilano jamoa bilan 2015-yilning 2-mayida ketma-ket toʻrtinchi marta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritadi. Klub Genuyadagi „Stadio Luiji Ferraris“ stadionida „Sampdoriya“ jamoasini 0:1 hisobida magʻlub etadi. Ushbu gʻalaba „Yuventus“ning, ikkinchi marta, ketma-ket toʻrtta Skudetto sovrinini qoʻlga kiritishiga sabab boʻladi. (oxirgi marta 1931-yildan 1935-yilgacha ketma-ket beshta Skudetto chempionligini qoʻlga kiritgan edi) Ilgari, 2011-yilda "Milan" bilan ilk chempionligini qoʻlga kiritgan boʻlsa, bu gʻalaba bilan, Allegri A Seriyada murabbiy sifatidagi ikkinchi Skudetto unvonini ham qayd etadi[13]. 2015-yil 13-may kuni Allegri yarim finalda amaldagi chempion "Real Madrid" klubini umumiy hisobda 3:2 hisobida magʻlub etib, „Yuventus“ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqadi. Jamoa oxirgi marta 2003-yilda penaltilar seriyasida Milan klubidan 3:2 hisobida magʻlubiyat qabul qilib olgan final oʻyinida ishtirok etganiga ham oʻn ikki yil boʻlgan edi[14]. Oradan bir hafta oʻtib, 2015-yil 20-may kuni Allegri „Yuventus“ bilan, qoʻshimcha vaqtlarda "Latsio" klubini 2:1 hisobida magʻlub etishi, oʻzining rekord darajadagi, Italiya Kubogida oʻninchi sovrinini qoʻlga kirtishiga sabab boʻladi. Ushbu gʻalaba bilan Allegri mahalliy chempionatda dublga erishadi. „Keksa sinyoralar“ soʻnggi bor 1995-yilda ushbu sovrinni qoʻlga kiritishgan edi. Yigirma yil mobaynidagi magʻlubiyatli seriyasini yoʻqqa chiqargan holda jamoa Italiyada oʻn marta kubokni qoʻlga kiritgan ilk klubga aylanadi. 2015-yilning 6-iyunida „Yuventus“ UEFA Chempionlar ligasi finalida "Barselona" jamoasiga 3:1 hisobida magʻlub boʻladi[15].

2015-yilning 6-iyulida Allegri amaldagi shartnomasini bir yilga uzaytiradi va rahbariyat uni 2016—17-yilgi mavsum oxirigacha klubda qoldiradi. 2015-yilning 8-avgustida Allegri Italiya Superkubogida „Latsio“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonadi. Yangi transferlar Mario Mandzukich va Paulo Dybala gollarga mualliflik qilishadi[16]. Allegri 2015-yilda Jahonning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun nomzodlar roʻyxatining top 10taligiga kiritilgan edi.[17] 2015-yilning 14-dekabrida Allegri A Seriyada yilning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qoʻlga kiritdi[18]. Keyinroq, 2016-yilning 7-martida 2014—15-yilgi mavsumda „Yuventus“ bilan oʻtkazagan muvaffaqiyatli mavzumi uchun oʻzining ikkinchi „Panchina d’Oro“sini qoʻlga kiritadi[19]. 25-aprel kuni „Yuventus“, muddatidan oldin, A Seriyaning 2015—16-yilgi mavsumida chempion boʻladi. 6-may kuni Allegri „Yuventus“ bosh murabbiyi sifatidagi shartnomasini 2018-yilgacha uzaytiradi[20]. 21-may kuni u Italiya kubogi (2016) finalida „Milan“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng „Yuventus“ bilan yana bir bor mahalliy chempionatda dublga erishadi. Bu bilan u Italiyada ketma-ket dubl qayt etgan birinchi jamoa nomiga ega chiqadi[21].

2017-yil 17-may kuni Allegri „Latsio“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda „Yuventus“ni 12- marta Italiya kubogi gʻolibiga aylantiradi va ketma-ket uchta chempionlikni qoʻlga kiritgan birinchi jamoaga aylanadi[22]. Toʻrt kundan soʻng 21-may kuni „Krotone“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan „Yuventus“ ketma-ket oltinchi marta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritadi va bu musobaqada ketma-ket gʻalaba qozonish boʻyicha rekord oʻrnatadi[23]. 2017-yil 3-iyun kuni Allegri „Yuventus“ bilan uch yil ichida ikkinchi Chempionlar ligasi finaliga chiqadi, ammo amaldagi chempion „Real Madrid“klubidan 4:1 hisobida magʻlub boʻladi. 7-iyun kuni Allegri „Yuventus“ bilan shartnomasini 2020-yilgacha uzaytiradi[24]. Allegri 2018-yilning 9-fevralida „Yuventus“ bilan oʻzining 200-oʻyinida „Fiorentina“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonadi[25].

2018-yilning 9-mayida Allegri „Milan“ ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, ketma-ket toʻrtinchi marta Italiya kubogini qoʻlga kiritadi[26]. Toʻrt kundan soʻng, 13-may kuni „Roma“ bilan 0:0 hisobidagi durangdan soʻng Allegri ketma-ket toʻrtinchi marta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritadi va Yevropaning kuchli besh ligasida ketma-ket toʻrtta dub qayd etgan birinchi murabbiyga aylanadi[27]. 2019-yilning 20-aprelida, yana muddatidan oldin, Allegri qoʻl ostida „Yuventus“ jamoasi qatorasiga beshinchi skudettosini qoʻlga kiritganidan soʻng, „Yuventus“ni mavsum oxirida tark etishini eʼlon qiladi. Allegri „Yuventus“ni 2019-yilda 70,48 foiz gʻalaba bilan tark etgandi, bu „Yuventus“ tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichdir.

Yuventusga qaytish

tahrir

2021-yil 28-may kuni „Yuventus“ rahbariyati Allegrini ishdan boʻshatilgan Andrea Pirlo oʻrniga, 4 yillik shartnoma tuzgan holda, ikki yillik toʻxtalishdan soʻng, murabbiy sifatida klubga qaytishini eʼlon qiladi. Allegri qaytganidan keyin ilk oʻyinini 22-avgust kuni "Udineze" jamoasiga qarshi 2:2 hisobidagi durang bilan boshlaydi[28]. 2022-yil 16-mart kuni „Yuventus“ oʻz maydonida „Vilyarreal“ klubidan 0:3 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, 2021—22-yilgi UEFA Chempionlar ligasidan chiqib ketadi[29].

Manbalar

tahrir
  1. „Uccesso Allegri mister acciughina“.
  2. „Lucarelli Allegri ecco come lo chiamavamo mazzarri nel cuore dei livornesi.“.
  3. „M.Allegri futboldagi sportchilik faoliyatini yakunladi.“.
  4. „Allegri va bir qator futbolchilar diskvalifikatsiya qilindi.“.
  5. „Udinese, Allegri entra nello staff tecnico come ottimizzatore“ (it). SportNews.it (6-noyabr 2008-yil).
  6. „Sassuolo e Salernitana in serie B, promozione storica per gli emiliani“ (it). La Repubblica (27-aprel 2008-yil).
  7. „A.C.Milan o'z shahardoshi ustidan mavsumning ikkala o'yinida ham ustun keldi.“.
  8. „Allegri needs to fix Pirlo relationship.“.
  9. „A.C.Milan past Allegri Juventus“.
  10. „Allegri needs to fix Pirlo relationship“.
  11. „Antoni Konte o'rniga Massimiliano Allegri Yuventus bosh murabiyi etib tayinlandi.“.
  12. „Allegri bilan tuzilgan shartnoma ikkilanishlarga sabab bo'lmoqdami ?“.
  13. „Yuventus Massimiliano bilan A Seriya skudettosini qo'lga kiritdi.“.
  14. „Yuventus jamoasi Real Madrid klubini yo'ldan olib tashlab, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.“.
  15. „Yuventus jamoasi kataloniyaliklardan finalda mag'lubiyat qabul qilib oldi.“.
  16. „Yuventus jamoasi mavsum avvalini g'alaba bilan boshladi.“.
  17. „Massimiliano Allegri yil murabbiyi uchun asosiy nomzodlardan biri !“.
  18. „Gran Galà del Calcio: è dominio Juve, miglior squadra e miglior allenatore“. Sport Mediaset (14-dekabr 2015-yil).
  19. „Massimiliano Allegri o'zining ikkinchi „Panchina d’Oro“ sovrini qo'lga kiritdi.“.
  20. „Allegri Yuevbtus bilan shartmnomasini uzaytiradigan bo'ldi.“.
  21. „Yuventus yana bir bor mahalliy chempionatda dubl qayt etdi.“.
  22. „Yuventus A Seriyada bir mavsumda 3 sovrin qo'lga kiritigan ilk jamoa.“.
  23. „Giocatori pluriscudettati Buffon raggiunge la vetta con“.
  24. „Allegri keksa senyoralar bilan shartnomasini yana uzaytirdi.“.
  25. „Allegrining Yuventus murabbiyligi ostidagi ikkiyuzinchi yubiley o'yini.“.
  26. „Coppa force four Juve flatten Milan“.
  27. „Massimiliano Allegri Yevropaning kuchli besh ligasida ketma-ket toʻrtta dub qayd etgan birinchi murabbiy.“.
  28. „M.Allegrining Yuventusga qaytish o'yini“.
  29. „Yuventusning 2021—2022 YCHLdagi ishtiroki yakuni“.