Matn
Matn (lotincha: textus – mato; birikma) – maʼlum moddiy tashuvchiga bogʻlangan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va toʻliq ketma-ketligi.
„Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yoʻgʻrilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga eʼtibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida koʻrib chiqishni anglatadi.
Tilshunoslikda „matn“ atamasi keng doirada, jumladan, ogʻzaki nutq namunalarida ham qoʻllanadi. Matnni idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida oʻrganiladi. I. R. Galperin matn xususiyatlari haqida toʻxtalib oʻtar ekan, unga quyidagicha taʼrif beradi: „Matn bu yozma hujjat shaklida ob’ektivlashtirilgan, turli xil leksik, grammatik va mantiqiy bogʻlanishlar bilan birlashtirilgan bir qator bayonotlardan tashkil topgan, axloqiy xarakter, pragmatik munosabat va shunga mos ravishda adabiy qayta ishlangan maʼlum bir xususiyatga ega boʻlgan yozma xabardir“[1].
Matn xususiyatlari
tahrirArtikulyatsiya
tahrirMatn, oʻziga xos tarzda, bir nechta jumlalardan tarkib topadi. Keng yoritilgan, murakkab hajmga ega boʻlgan bir jumladan iborat yozuvni matn deb atash mumkin emas. Chunki matn bir nechta mustaqil gapga ajralishi mumkin, bunda gap boʻlaklari matnga emas, balki murakkab gapning sintaksis qonunlariga koʻra birikadi.
Asosiy qoida - matn ikki yoki undan ortiq jumladan iborat boʻladi.
Matnning semantik yaxlitligi
tahrirMatnning semantik yaxlitligi mavjud voqelikdagi bogʻlanish va bogʻliqliklar (ijtimoiy hodisalar, tabiat hodisalari, inson, uning tashqi koʻrinishi va ichki dunyosi, jonsiz tabiat obyektlari va boshqalar)ni aks ettiradi.
Nutq predmetining birligi gapning mavzusidir. Mavzu esa matnning semantik oʻzagi, uning ixchamlashtirilgan va umumlashtirilgan mazmunidir.
„Matn mazmuni“ tushunchasi nutqning axborot mazmuni kategoriyasi bilan bogʻliq jarayon boʻlib, faqat matnga xosdir. U oʻquvchiga hodisalar oʻrtasidagi bogʻliqlikni, ularning barcha sohalardagi ahamiyatini muallifning individual munosabati orqali xabardor qiladi, unga semantik yaxlitlik beradi.
Katta matnda yetakchi mavzu bir qator kichik tarkibiy mavzularga, kichik mavzular esa oʻz navbatida paragraflar (mikro-mavzular)ga boʻlinadi.
Matnda bayon qilinayotgan fikrning toʻliqligi matnning semantik yaxlitligi bilan bogʻliq boʻlib, toʻliq tugallangan, yaxlit tugal mazmunga ega matn mazmunni toʻliq aks ettiruvchi sarlavhani tanlash orqali amalga oshiriladi.
Shu tariqa matnning semantik yaxlitligidan uning quyidagi xususiyatlari kelib chiqadi:
- Matn – bu maʼlum bir mavzudagi bayonot;
- Matn soʻzlovchining niyatini, asosiy gʻoyasini ifodalab beradi;
- Har qanday hajmdagi matn nisbatan avtonom (toʻliq) bayonotdir;
- Matnda gaplar mantiqiy jihatdan bogʻlangan boʻladi;
- Matn uchun uning mazmuniga mos sarlavha tanlash mumkin;
- Toʻliq matn odatda boshlanish va yakunga ega boʻladi.
Matn uslublari va turlari
tahrirMantiqiy boʻlgan minimal matn yozuv deb ataladi. Bundan tashqari, bunday matnni eslatma deb atash mumkin.
funktsional uslublar
tahrir- ilmiy uslub
- Soʻzlashuv uslubi
- Badiiy uslub
- Ommabop (publitsistik) uslub
- Rasmiy-idoraviy uslub
Turi
tahrir- Hikoya
- Tasviriy
- Tavsifiy matnlarga boʻlinadi.
Yana qarang
tahrir- Matn fayli
- Freewriting – bu gʻayrioddiy echimlar va gʻoyalarni topishga yordam beradigan matnni tezda shakllantirish texnikasi va usuli.
Manbalar
tahrir- ↑ Galperin I. R. O ponyatii „tekst“ // Materiali nauchnoy konferensii „Lingvistika teksta“.— T. 1.— M., 1974.— S. 67.
Adabiyot
tahrir- Tekst // Literaturnaya ensiklopediya terminov i ponyatiy / Pod red. A. N. Nikolyukina. – Institut nauchnoy informatsii po obщestvennim naukam RAN[sayt ishlamaydi]: Intelvak, 2001. – Stb. 1063—1064. – 1596 s. – ISBN 5-93264-026-X.
- Galperin I. R. Tekst kak obʼekt lingvisticheskogo issledovaniya. – M.: Nauka, 1981.
- Kamenskaya O. L. Tekst i kommunikatsiya. – M.: Visshaya shkola, 1990.
- Toporov V. N. Prostranstvo i tekst // Tekst: semantika i struktura (Wayback Machine saytida 2022-04-01 sanasida arxivlangan). – M., 1983. – S. 227—284.
- Sorokin Yu. A. Psixolingvisticheskie aspekti izucheniya teksta. – M.: Nauka, 1985.
- Lukin V. A. Xudojestvenniy tekst: Osnovi teorii i elementi analiza. – M.: Os-89, 1999.
- Chernyavskaya V.Ye. Lingvistika teksta: polikodovost, intertekstualnost, interdiskursivnost. M.: URSS. 2009. – ISBN: 978-5-397-00289-9.
- Chernyavskaya V.Ye. Lingvistika teksta. Lingvistika diskursa. – M.: LYeNAND. 2018. – ISBN: 978-5-9710-4892-3.