Matyoqub Matchonov

oʻzbek teatr va kinoaktyori

Matyoqub Matchonov (1956-yil 26-noyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek teatr va kino aktyori[2]. Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi raisi[3][4][5][6][7]. Doʻstlik ordeni hamda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni sohibi[8][9]. Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi aʼzosi[10][11][12][13]. „Leganda o lyubvi“ (1984), „Snayper“ (2019) va „Toʻqlikka shoʻxlik 2“ (2015) filmlari bilan tanish[14].

Matyoqub Matchonov
Матёқуб Матчонов
Tavalludi 26-noyabr 1956-yil (1956-11-26) (68 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1982-yildan hozirgacha
Mukofotlari [1],

Hayoti

tahrir

Matyoqub Matchonov 1956-yil, 26-noyabrda Toshkentda tavallud topgan. U maktabni tugatib aktyor boʻlish orzusida Toshkent teatr va rassomchilik oliygohiga kirgan. Ilk bor 1980-yilda suratga olingan „Dahoning yoshligi“ filmida suratga tushgan[15]. Oʻqishni tugatib faoliyatini 1985-yilda „Yosh Gvardiya“ nomidagi teatrida boshlagan[16]. Aktyor sifatida „Bozor koʻrmagan yigit“ filmida rolidan keyin u komik aktyor sifatida muxlislarning eʼtiborini qozongan[17].

2021-yil O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan „Oltin humo“ taqdimotiga mehmon sifatida chaqirilgan[18] va marosim ochib berilishida qatnashgan[19]. Jurnalistlar Matchonovdan nega rejissorlikka qoʻl urmaganligi haqida soʻrashganida rejissorlik qilishdan ko‘ra rol o‘ynash u uchun zavqliroq ekanligini aytgan[20]. Rustam Sa’diyev, Javlon Shodmonov, Jahongir Ahmedovlar Matchonovni o‘zbek kinosining 2016-yillardagi tomoshabinni kinoga chaqiruvchi, eng qimmat va talabgir aktyorlar orasiga qoʻshishgan[21][22]. „Eʼtirof-2014“ taqdirlash marosimida „Yilning eng yaxshi kinoaktyori“ nominatsiyasida Matchonov daʼvogarlik qilgan[23].

XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida boʻlgan mojaroda, o‘zbek ayollari va qizlarining turk aktyori Burak Özçivit bilan ko‘rishib, rasmga tushish uchun qilgan ishlarini Matchonov keskin tanqid qildi hamda „Burakning tuflisini yalashga tayyor bo‘lgan ayollarimizni ko‘rib, achindim“ degan mazmundagi videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi[24].

Filmografiyasi

tahrir
Yil Nomi Original nomi Rol
1982 f Yunost geniya Bin safar
1983 f Probujdeniye Ergash
1984 f Olovli yo‘llar Original nomi berilmagan
1985 f Proshay, zelen leta epizod
1987 f Pered bolshoy dorogoy na voynu Ziyautdinov
1988 f Priklyucheniya Arslana Taran
1989 f Sherali va Oybarchin Original nomi berilmagan
1990 f Ubiysa ponevole Original nomi berilmagan
1991 f Temir odam Original nomi berilmagan epizod
1991 f Polunochniy blyuz epizod
2004 f Sarmat Ayubxan
2006 f Sugʻdiyona Original nomi berilmagan
2008 f Shabnam Original nomi berilmagan Shabnamning otasi
2009 f Uylanish Original nomi berilmagan Mahmud: Javohirning xoʻjayini, Durdonaning otasi
2009 f Oʻzimdan oʻzimgacha Original nomi berilmagan
2009 f Zirapcha Original nomi berilmagan Ergash
2009 f Keragimsan Original nomi berilmagan
2010 f Dada Original nomi berilmagan
2010 f Dada Original nomi berilmagan
2011 f Oling quda, bering quda Original nomi berilmagan
2011 f Arzanda Original nomi berilmagan
2011 f Mening akam boʻydoq Original nomi berilmagan Shamshodning dadasi
2011 f Devona farishta Original nomi berilmagan
2012 f Xizmat doirasidan tashqarida Original nomi berilmagan
2012 f O, Maryam, Maryam Original nomi berilmagan
2012 f Xazon[25] Original nomi berilmagan
2012 f Endi dadam boʻydoq Original nomi berilmagan Shamshodning dadasi/Botir
2013 f Tilim qursin Original nomi berilmagan
2013 f Toʻqlikka shoʻxlik Original nomi berilmagan
2013 f Vafodorim Original nomi berilmagan
2013 f Kuyovmisan kuyov Original nomi berilmagan
2015 f Sotqin Original nomi berilmagan
2015 f Toʻqlikka shoʻxlik 2[1] Original nomi berilmagan
2016 f Majnun[26] Original nomi berilmagan
2017 f Egizak oshiqlar Original nomi berilmagan
2017 f Onasining erkasi[27] Original nomi berilmagan
2017 f Ketaman dedimmi, ketaman[28] Original nomi berilmagan
2018 f Asal oyi[1] Original nomi berilmagan
2018 f Sarvqomat dilbarim[29] Original nomi berilmagan
2019 f Islomxoʻja[30][31] Original nomi berilmagan
2019 f Snayper[32] Original nomi berilmagan
2019 f Super xizmatkor[1] Original nomi berilmagan
2019 f Avloniy[33][34][35] Original nomi berilmagan
2017 f Isʼhoqxon Ibrat[36] Original nomi berilmagan
2022 f Ayol qismati[37][38][39] Original nomi berilmagan
2022 f Afv[40][41] Original nomi berilmagan


Mukofot va unvonlari

tahrir

Matchonov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni hamda 2016-yili Doʻstlik ordeni[1] bilan taqdirlangan[42][43][44][45]. „CinemaTop-2020“ taqdirlash marosimida Matchonov „Ijtimoiy faolligi uchun“ nominatsiyasiga loyiq koʻrildi[46]. U 2019-yil „Oltin humo“ milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi raisi boʻlgan[47][48].

Javobgarlikka tortilishi

tahrir

2016-yili Matchonov rahbarlik qiladigan „Marsa“ tijorat tashkilotidagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo qoidalarini buzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tashish, saqlash kabi ayblovlar qo‘yilgandi. Bundan tashqari, odamlar orasida Matchonovning mashinasidan nasha topilgani haqidagi mish-mishlar ham boʻlgandi. Aktyor o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmadi. Biroq, Matchonov va „Marsa“ xodimlari 180 mln so‘mlik kamomadni qoplab bergan[49][50] va shu yili 4-avgustda qamaldi[42][51]. Oradan koʻp oʻtmay, 31-oktyabr kuni Matchonovga Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi munosabati bilan eʼlon etilgan amnistiya qoʻllanilib, ozodlikka chiqarildi[52][53].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „МАТЯКУБ МАТЧАНОВ“. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  2. „Матякуб Матчанов“. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  3. [Matyoqub Matchonov “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi”ga rais etib saylandi „https://kun.uz/uz/77330077?q=%2Fuz%2F77330077“] (2018-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  4. „Matyoqub Matchonov “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” raisi etib saylandi“ (2018-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  5. „“Matonat” filmining oʻzbek va rus tillaridagi premyerasi boʻlib oʻtdi“ (2021-yil 23-iyun). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  6. „Hozirgi karantin davrida barchasiga koʻnib yashayotganimiz Tengiz koʻrgan azoblar oldida hech narsa emas — J.Piyazov“ (2020-yil 19-avgust). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  7. „Axborotni jilovlab bo‘lmadi. «O‘zbekkino» rahbari o‘ziga nisbatan «isyon» yuzasidan bayonot bermoqchi“ (2020-yil 17-aprel). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  8. „Matyoqub Matchonov: «To‘rt oy ichida o‘zimdan o‘tganini o‘zim bildim»“. 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  9. „Matyoqub Matchonov davlat ishidagi 3 mln oylik bilan qanday qilib 120 ming dollarlik BMW’da yurgani hamda kinolarda ko‘rinmay qolishining sababi haqida (video)“ (2022-yil 4-avgust). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  10. „Oskar mukofoti uchun Oʻzbekiston nomidan taqdim etiladigan film nomi eʼlon qilindi“ (2020-yil 21-noyabr). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  11. „Oskar mukofotiga Oʻzbekistondan ilgari suriladigan filmlar qisqa ro'yxati eʼlon qilindi“ (2022-yil 13-noyabr). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  12. „Oskar mukofotiga da’vogar bo‘ladigan o‘zbek filmlari short-listi e’lon qilindi“ (2020-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  13. „Oskar mukofotiga Oʻzbekistondan ilgari suriladigan filmlar short-listi eʼlon qilindi“ (2020-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  14. „Biography“. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  15.   Матёкуб Матчонов Биографияси Аёли фарзандлари оиласи хакида уйи хаёти ёшлиги YouTubeda
  16. „Матёқуб Матчонов энди шунчаки актёр эмас, мансабдор!“ (2018-yil 24-may). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  17. „Matyoqub Matchonov O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlandi“ (2018-yil 26-may). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  18. „Mukofotni olganda yig‘lagan grimyor, olti nominatsiya g‘olibi “Ilhaq”, zalni turg‘izgan rolik. “Oltin humo” taqdirlash marosimidagi esda qolarli holatlar (foto va video)“ (2021-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  19. „Eng yaxshi film, aktyor, rejissyor... “Oltin Humo” kinomukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi“ (2021-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  20. „Matyoqub Matchonov nima uchun kinoda rejissorlik qilmasligini izohladi“ (2016-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  21. „Reyting: O‘zbek kinosidagi eng qimmat, eng talabgir va tomoshabinni kinoga chaqiruvchi aktyorlar“ (2016-yil 4-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  22. „Reyting: 2016-yilning birinchi yarim yilligidagi eng talabgir aktyorlar“ (2016-yil 28-iyul). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  23. „“E’tirof-2014” mukofotiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi“ (2014-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  24. „“Burakning tuflisini yalashga tayyor bo‘lgan ayollarimizni ko‘rib, achindim”. Matyoqub Matchonov o‘zbek ayollarining turk aktyori bilan rasmga tushish uchun qilgan qiliqlarini qoraladi (video)“. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  25. „Матчанов Матякуб“. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  26. „“Majnun” filmi: rejissor Jahongir Ahmedov Ulug‘bek Qodirovning premyeraga kelmasligi, “videoqaroqchilar” va film haqida“ (2016-yil 19-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  27. „“Onasini(ng) erkasi”: Nomi xato bilan yozilgan Said Muxtorov filmi 2017-yilning birinchi premyerasi bo‘ldi“ (2017-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  28. „Aktyor Matyoqub Matchonov “Ketaman dedimmi, ketaman” nomli filmda suratga tushmoqda“ (2016-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  29. „“Bosh rollarda Adiz Rajabov hamda Madina Talipbek”. “Sarviqomat dilbarim” filmining tasvirga olish ishlari Qirg‘izistonda davom etadi (foto)“ (2018-yil 5-avgust). 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  30. „“Islomxo‘ja” tarixiy filmi necha kunda suratga olindi?“ (2018-yil 28-iyun). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  31. „«Islomxo‘ja» filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi“ (2018-yil 28-avgust). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  32. „Ulug‘bek Qodirov ishtirokidagi “Snayper” filmining 56 kunlik syomkasi tugadi“ (2018-yil 13-iyul). 2018-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  33. „“Birinchi avgust”, “Avloniy”, “Qo‘qon shamoli”. 2019-yilda premyerasi kutilayotgan o‘zbek filmlari (foto)“ (2019-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  34. „“Avloniy” filmi uchun 3 ta vokzal, 2 ta 14 metrli poyezd, bitta paroxod qurildi, 500dan ziyod kostyum tikildi“ (2019-yil 9-dekabr). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  35. „«Avloniy»: Adib qarashlarida tub burilish yasagan 69 kun“ (2019-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  36. „Isʼhoqxon Ibrat haqida badiiy film suratga olinmoqda. Tasvirga olish ishlari Misr va Hindistonda ham boʻlib oʻtadi“ (2019-yil 19-avgust). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  37. „Suriyadan qaytgan ayollar taqdiri haqidagi film premyerasi oʻtkazildi“ (2022-yil 9-sentyabr). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  38. „“Avloniy” uchun 3 ta vokzal, 2 ta poyezd va bitta paroxod yasaldi“ (2019-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  39. „Suriyadan qaytgan ayollar taqdiri haqidagi fil`m prem`erasi o'tkazildi.“ (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  40. „“Afv” filmining maxsus namoyishi boʻlib oʻtdi“ (2022-yil 29-yanvar). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  41. „Bugun “Afv” kinokartinasi premera qilinadi“ (2028-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  42. 42,0 42,1 „Aktyor Matyoqub Matchonov: Amnistiya sabab ozodlikka chiqdim“ (2012-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  43. „Zulfiqor Musoqov Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasini tanqid qildi“ (2019-yil 27-sentyabr). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  44. „Aktyor Matyoqub Matchonov yangi uyushma raisi etib tayinlandi“ (2018-yil 24-may). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  45.   МАТЁКУБ МАТЖОНОВ БИОГРАФИЯ \ VOYDOD YouTubeda
  46. „100 ta eng sara oʻzbek filmlari telekanallarda efirga uzatiladi“ (2022-yil 31-dekabr). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  47. „“Oltin humo” milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi 60 ga yaqin filmlarni koʻrib chiqmoqda“ (2019-yil 7-mart). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  48. „Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”“ (2019-yil 23-yanvar). 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  49. „Известный узбекский актер Матякуб Матчонов выпущен под амнистию“ (2016-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  50. „Nomusga tegish, bosqinchilik hamda boshqa ayblovlar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)“ (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  51. „Matyoqub Matchonovning hamkasblari so'roqqa chaqirilgan“ (2016-yil 18-avgust). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  52. „Taniqli aktyor Matyoqub Matchonov ozod etilgan“ (2016-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  53. „Taniqli aktyor Matyoqub Matchonov amnistiya bilan ozodlikka chiqarildi“ (2016-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.