Mavdud ibn Ahmad (arabcha: شرف الدولة مودود; 1113-yil 2-oktyabrda vafot etgan) 1109-yildan 1113-yilgacha Mosul otabegi boʻlgan arab musulmon harbiy qoʻmondoni. Salibchilardan yerlarni qaytarib olish uchun bir nechta harbiy ekspeditsiyalar uyushtirib, Al-Sannabra jangida ularni magʻlub etgan.

Biografiyasi

tahrir

Mavdud Muhammad I Taparning otabegi boʻlib, isyonchi otabeg Javali Saqavadan Mosulni qaytarib olish uchun yuborilgan. Shaharni bosib olgandan soʻng, Mehmed unga salibchilarni yaqin atrofdagi Antioxiya knyazligi va Edessa grafligidan quvib chiqarish uchun bir nechta harbiy harakatlarni ishonib topshirgan. Birinchi urinish 1110-yilda boshlangan. Mardin amiri Ilgʻozi va Ahlat amiri Soʻkmen al-Kutbiy bilan kuchlarni birlashtirib, oʻsha yilning aprel oyidan boshlab Edessani qamal qila boshladilar, ammo Qudduslik Bolduin I vaziyatga aralashib, Mavdudni chekinishga majbur qildi.

Keyingi yili MaVdud Edessaga yurish qildi, ammo shahar devorlari tezda mustahkamlangani sababli, Courtenaylik Joscelin I nazoratida boʻlgan Turbessel shahrini qamal qilishni afzal koʻrdi. Halablik Ridvon Tancred boshchiligidagi nasroniylar Halabni zabt etish arafasida ekani haqida xabar yuborganch, oʻsha shaharga tomon yoʻl oldi. Shaharga yetib kelgach, nasroniylar shaharni egallashga umuman yaqin emasligini va Ridvon hatto Mavdud uchun shahar darvozalarini ochishdan bosh tortayotganini aniqladi. Shuningdek, Bolduin I yuborgan yordamchi qoʻshin shimolga qarab yurish boshlayotgani haqida xabar oldi. Shu sababli, Turbessel qamalini toʻxtatdi. 1111-yildagi Shayzar jangi hech qaysi tomonga ustunlik bermay, taktik jihatdan durang bilan yakunlandi.

1112-yilgi yurish yana Turbessel qamali bilan boshlanib, 15-iyun kuni Mosul armiyasining bir qismi Joscelin tomonidan tor-mor qilingach, toʻxtatildi. Edessani arman aholisining yordamida qoʻlga olish uchun urinishni oʻsha paytdagi Quddus grafi Bolduin II fosh etgach, ushbu ishga aloqador armanlar qirgʻin qilindi.

1113-yilda Damashq hokimi Tugtegin nasroniy qoʻshinlarning oʻz hududlariga bosqinlaridan charchab, Quddus qirolligiga hujum qilish uchun Mavduddan oʻziga qoʻshilishni iltimos qildi. Ittifoqchilar Galileyani talon-taroj qilib, Tiberiasni qamal qilishdi, ammo uni qoʻlga kirita olmadilar. 28-iyun kuni musulmonlar Al-Sannabra jangida Quddus qiroli Bolduin I qoʻshinini magʻlub etishdi. Qoʻshimcha kuchlar xristian qoʻshinlarini toʻliq magʻlubiyatdan saqlab qoldi. Musulmon lashkarboshilarining gʻalabadan foydalanishiga yoʻl qoʻymay, oxir-oqibat oziq-ovqat yetishmasligi tufayli ularni Damashqqa chekinishga majbur qildi.

Mavdud Damashqda Tugtegin mehmoni boʻlib turgan vaqtda qotillar tomonidan oʻldirilgan. Ushbu jinoyatda Tugtegin Ridvonni ayblaganiga qaramay, ehtimol qotillik mezbonning ruxsati bilan sodir etilgan[1]. Mavdud va Tugtegin namozdan qaytishayotganda qotil hujumchi Mavdudni toʻrt marta pichoqlab, oʻldirgan. Yaqin atrofdagi qoʻriqchilar qotilning boshini tanasidan judo qilib, tanasini yoqib yuborishgan. Mavdudni yaqin atrofdagi uyga olib borib, ovqat taklif qilishgan. Ibn al-Asirning soʻzlariga koʻra, roʻzadorligi uchun ovqat yeyishdan bosh tortib, oʻsha kuni vafot etgan. Oʻrniga Bagʻdoddagi vakili Aqsunqur al-Bursuqiy otabeg etib tayinlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Maalouf 1984, s. 87.

Adabiyotlar

tahrir
  • Grousset, René. Histoire des croisades et du royaume franc de Jérusalem - I. 1095-1130 L'anarchie musulmane, 1934. 
  • Maalouf, Amin. The Crusades Through Arab Eyes. New York: Schocken Books, 1984. ISBN 0-8052-0898-4. 
  • Runciman, Steven. A History of the Crusades, Volume I: The First Crusade and the Foundation of the Kingdom of Jerusalem. Cambridge: Cambridge University Press, 1951. 
Humkdorlik unvoni
Oldingisi Mosul otabegi
1109—1113
Keyingisi