Maydontol ositropisi
Maydontol ositropisi[1] ( lotincha: Oxytropis maidantalensis) — dukkakdoshlar (Fabacyeaye) oilasiga mansub ikki pallali o‘simliklar turi. Ilk marotaba bu o‘simlik turi rossiyalik botanik Boris Alekseyevich Fedchenko tomonidan qayd etilgan.
Maydontol ositropisi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | O‘simliklar |
Tip: | Gulli |
Sinf: | Ikki pallali |
Oila: | Burchoqdoshlar |
Urugʻ: | Oxýtropis |
Turlari: | Maydontol ositropisi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Oxytropis maidantalensis (B.Fedtsch, 1948) |
Tarqalishi va o‘sish joyi
tahrirO‘zbekistonning Toshkent viloyati, Gʻarbiy Tyan-Shandagi Maydantal daryosi havzasigacha keng tarqalgan[4] . Alohida manbalari Qozog‘iston va Qirg‘izistongacha borib taqaladi[5] .
Toshli va shag‘alli yon bag‘irlarda yakka o‘sadi[4] .
Botanik tavsifi
tahrirQuyoshsevar[1] ko‘p yillik o‘simlik turi hisoblanadi[5] .
O‘q ildizli, deyarli poyasiz, siyrak chim hosil qiluvchi, oq paxmoq tukli o‘simlik. Bargining uzunligi 2,5–7 sm, 5–12 juft, bargchalari ovalroq. Gulpoyasining uzunligi bargiga teng yoki undan uzunroq.
Barglari murakkab, oval yoki cho‘zinchoq, oval bargchalardan tashkil topgan. Gulpopugi boshchasimon, zich joylashgan alvon gullardan iborat[4] .
Mevasi — dukkagi uzunchoq, tuxumsimon, do‘ppaygan, tukli, yashil yoki qo‘ng‘ir tusda Dukkagi pufaksimon, cho‘ziq tuxumsimon, uzunligi 15 mm, qattiq, tumshuqchali, qalin hurpaygan[1] .
Mazkur o‘simlik urug‘laridan ko‘paytiriladi. Iyulda gullaydi, avgustda mevasi yetiladi[4].
Ahamiyati
tahrirU dekorativ o‘simlik sifatida yetishtiriladi[1].
Muhofaza maqomi
tahrirO‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob o‘simlik[5][1]. O‘zbekistonda bu o‘simlikning atigi 3000 donasi yetishtiriladi. Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududidagi o‘sish joylari muhofazaga olingan[4] .
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Остролодочник майдантальский - Oxytropis maidantalensis - Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-aprel.
- ↑ Oxytropis maidantalensis B.Fedtsch. — The Plant List
- ↑ Tropicos | Name — Oxytropis maidantalensis B. Fedtsch
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Архивированная копия“. 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Oxytropis maidantalensis — ILDIS LegumeWeb