Metimazol
Metimazol gipertiroidizmni davolash uchun ishlatiladi, bu qalqonsimon bez giperfunksiyasida ishlatiladi. Bundan tashqari, qalqonsimon bez jarrohligi yoki radioaktiv yod
<!—kimyoviy birikmalar uchun (tip "plain") --> | |
Kimyoviy birikma | |
---|---|
IUPAC | 1,3-Digidro-1-metil-2H-imidazol-2-tion (okso shakli) |
Brutto formula | C 4 H 6 N 2 S |
Molyar massasi | 114,17 g·mol -1 |
CAS | 60-56-0 |
Tarkibi | |
Faol modda | |
Monokanal antitanacha | |
Klassifikatsiya | |
Anatomik terapevtik kimyoviy klassifikatsiyasi | H03BB02 |
ICD10 |
E04.9 Zaharli bo'lmagan buqoq, aniqlanmagan E05.9 Tirotoksikoz, aniqlanmagan |
Farmakokinetika | |
Yarim ajralish davri | 5-6 soat |
Ekskretsiya | buyraklar orqali |
Dozalash shakllari | |
Antitiroid agenti. Bir oz o'ziga xos hid va achchiq ta'mga ega oq yoki sarg'ish kristall kukun. Suvda va spirtda oson eriydi. | |
Qo‘llash usullari | |
Boshqa nomlari | |
Tiamazol |
terapiyasidan oldin buyuriladi. Faol modda: tiamazol
ATK kodi:Tizimli foydalanish uchun gormonlar (jinsiy gormonlar va insulinlardan tashqari) (H) → Qalqonsimon bez preparatlari (H03)→ Antitiroid preparatlar (H03B) → Tarkibida oltingugurt bo‘lgan imidazol hosilalari (H03BB)→ Tiamazol (H03BB02)[1]
Klinik-farmakologik guruh:Antitiroid dori[2].
| ||
Gipertiroidizm darajasi | Qabul qilish vaqti | Dori miqdori |
Yengil gipertiroidizmda | 1 kunda 3 mahal
Har 8 soatda |
15mg(3 ta tabletka) |
O'rtacha gipertiroidizmda | 1 kunda 4 mahal
Har 6 soatda |
30-40mg(6-8 ta tabletka) |
Gipertiroidizmning og'ir holatlarida | 1 kunda 1-3 marta | 5-15mg(1-3 tabletka) |
Qo'llash bilan bog'liq nojo'ya ta'sirlari
tahrirMetimazol bilan bog'liq nojo'ya ta'sirlar odatda dozaning ko'pligi bilan bog'liq bo'lib aksariyat hollarda davolashning dastlabki 4 haftasidan 8 haftasigacha o'zini namoyon qiladi. Quyida metimazolni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan eng ko'p nojo'ya ta'sirlar keltirilgan:
- yengil leykopeniya,
- toshma, ekzema yoki terining qichishi kabi teri reaktsiyalari,
- davolash paytida o'tadigan subfebril tana harorati,
- bo'g'imlardagi og'riqva yallig'lanish.
Bundan tashqari, ta'm sezgisi buzilishi, bosh aylanishi va bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi va qusish, epigastral sohada og'riq, soch to'kilishi, melanoz, mushaklar zaiflashuvi, so'lak yoki limfa bezlarining kattalashishi kuzatiladi.
Quyida kam uchraydigan ammo jiddiy sanaladigan yon ta'sirlari keltirilgan:
- Agranulotsitoz.
- Sariqlik bilan birga keladigan xolestatik gepatit.
- Aplastik anemiya.
- Eozinofiliya va trombotsitopeniya.
- Periferik nervlarning yallig'lanishi.
- Gipoglikemiya va gipoglikemik koma.
- Nefrotik sindrom.
- Qizil yuguruk[4].
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri
tahrirYod va uning tuzlari - ta'sirni susaytiradi va yod etishmasligi Metizol ta'sirini kuchaytiradi.
Amiodaron - amiodaron bilan davolangan bemorlarda Metizolning dozasini kamaytirish kerak.
Gipertiroidizm uchun Metizol bilan davolangan bemorlarda eutiroid holatiga etgandan so'ng, ya'ni. qon zardobida qalqonsimon gormonlar kontsentratsiyasini normal holatga qaytarish uchun yurak glikozidlari (digoksin va digitoksin), aminofilin dozalarini kamaytirish, shuningdek, varfarin va boshqa antikoagulyantlar - kumarin va indandion hosilalari dozalarini oshirishi kerak[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „ATC/DDD inex“ (2021-yil 14-dekabr). 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ „ИНСТРУКЦИЯ ПО ПРИМЕНЕНИЮ МЕТИЗОЛ (METISOL)“ (2012-yil 18-aprel). 2022-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ „Тиамазол (Thiamazolum)“. 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ [https://medlineplus.gov/ „Methimazole pronounced as (meth im' a zole)“] (2017-yil 15-iyul). 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ [https://www.mskcc.org/ „Methimazole Adult Medication“] (2022-yil 4-avgust). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.