Michael Garteig
Michael Garteig (talaffuzi: Maykl Garteig) (1991-yil 5-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Michael Garteig hozirda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „ERC Ingolshtadt“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Michael Garteig ilgari Amerika Xokkey Ligasining „Utica Comets“ va „Toronto Marlies“ xokkey jamoalarida oʻynagan.
Michael Garteig | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
5-noyabr 1991-yil Prince George, British Columbia, Canada | ||
Boʻyi | 6 ft 1 in (185 cm) | ||
Ogʻirligi | 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb) | ||
Pozitsiyasi | darvozabon | ||
DEL Sobiq jamoalar |
ERC Ingolstadt Utica Comets Toronto Marlies Tappara | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2016—hozirgacha |
Oʻyin faoliyati
tahrirMichael Garteig toʻrt mavsum davomida Britaniya Kolumbiyasi Xokkey Ligasida „Powell River Kings“ va „Penticton Vees“ xokkey jamoalarida oʻynagan. Michael Garteig 2011—2012-yillarda BCHL Top Goaltender mukofotini qoʻlga kiritgan va 2012-yilda Royal Bank kubogi sovrindori "Penticton Vees" xokkey jamoasi aʼzosi boʻlgan.
Michael Garteig keyin „Quinnipiac Bobcats“ xokkey jamoasi uchun kollegial xokkey oʻynadi. Michael Garteig oʻzining toʻrtinchi mavsumida „Quinnipiac Bobcats“ xokkey klubini ECAC chempionatiga va NCAA finaliga olib chiqdi. „Quinnipiac Bobcats“ jamoasi bilan oʻtkazgan toʻrt mavsumi davomida Michael Garteig 78-25-16 rekordini toʻpladi[1].
„Quinnipiac Bobcats“ xokkey jamoasidagi toʻrt mavsumidan soʻng Michael Garteig „Vancouver Canucks“[2][3][4] xokkey jamoasi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Michael Garteig 2016-yilgi mavsum uchun „Vancouver Canucks“ klubining Amerika Xokkey Ligasi filiali „Utica Comets“ xokkey jamoasiga yuborildi[5]. „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasining 2016-yilgi rivojlanish lagerida istiqbol sifatida ishtirok etganidan soʻng, Michael Garteig 2016-yil 29-sentyabrda „Utica Comets“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi[6]. Keyin Michael Garteig ECHLning „Alaska Aces“ xokkey jamoasiga yuborildi. 2016-yilning 17-noyabrida Michael Garteig „Alaska Aces“ klubidan „Canucks“ jamoasi safiga chaqirilgan edi[7]. Ammo 2016-yilning 19-noyabrida Canucks Media Michael Garteigning „Aces“ klubi safiga qaytishini eʼlon qildi[8][9].
2017-yil 24-avgustda Michael Garteig faoliyatini „Utica Comets“ xokkey jamoasi bilan davom etish uchun bir yillik AHL shartnomasini imzoladi[10].
Shundan keyin, Michael Garteig 2019-yil 19-iyunda Finlandiya liigasining eng yaxshi klubi „Tappara“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolab, Yevropadagi karyerasini boshladi[11]. Keyingi 2019—2020-yilgi mavsumda „Tappara“ xokkey klubining asosiy darvozaboni sifatida Michael Garteig 39 ta oʻyinda maydonga tushdi. Shuningdek, Michael Garteig klubga muntazam mavsumni turnir jadvalida uchinchi oʻrinda yakunlashiga yordam berdi. Pley-off oʻyinlari COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan edi.
Michael Garteig 2020-yil 8-sentyabrda Germaniyadagi DEL vakili „ERC Ingolshtadt“ xokkey klubi bilan 2020—2021-yilgi mavsum uchun bir yillik shartnoma imzolash orqalo Yevropada qoldi[12].
Faoliyat statistikasi
tahrirMuntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Minut | Oʻyin | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Minut | ||
2009—2010 | Powell River Kings | BCHL | 26 | 15 | 11 | 1564 | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Powell River Kings | BCHL | 48 | 36 | 8 | 2805 | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Penticton Vees | BCHL | 45 | 41 | 4 | 2578 | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Quinnipiac University | ECAC | 5 | 0 | 1 | 118 | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Quinnipiac University | ECAC | 40 | 24 | 10 | 2409 | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Quinnipiac University | ECAC | 36 | 22 | 10 | 2153 | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Quinnipiac University | ECAC | 43 | 32 | 4 | 2581 | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Alaska Aces | ECHL | 22 | 11 | 6 | 1176 | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Utica Comets | AHL | 8 | 0 | 4 | 419 | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Kalamazoo Wings | ECHL | 24 | 12 | 10 | 1403 | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Newfoundland Growlers | ECHL | 43 | 23 | 14 | 2534 | 23 | 16 | 7 | 1423 | ||
2018—2019 | Toronto Marlies | AHL | 2 | 1 | 1 | 119 | — | — | — | — | ||
2019—2020 | Tappara | Liiga | 34 | 15 | 9 | 1968 | — | — | — | — | ||
Liiga (jami) | 34 | 15 | 9 | 1968 | — | — | — | — |
Mukofot va unvonlar
tahrirMukofot | Yil | |
---|---|---|
BCHL | ||
Wally Forslund xotira kubogi | 2011 | |
Eng yaxshi darvozabon | 2011, 2012 | |
Birinchi yulduzlar jamoasi | 2012 | |
Kollej | ||
ECAC uch yulduzli jamoa | 2015, 2016 | |
ECAC barcha turnirlar jamoasi | 2016 | |
ECHL | ||
Kelly kubogi (Newfoundland Growlers) | 2019 | [13] |
Manbalar
tahrir- ↑ „Michael Garteig player profile“. Quinnipiac Bobcats (2017-yil 4-iyul). Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.
- ↑ „Canucks sign goaltender Michael Garteig“. Canucks Media (2016-yil 29-aprel). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
- ↑ QU Sports Information. „Michael Garteig signs with NHL's Vancouver Canucks“. Quinnipiac Bobcats Media (2016-yil 29-aprel). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
- ↑ Chip Malafronte. „Quinnipiac's Garteig leaves lasting legacy for Bobcats“. New Heaven Register (2016-yil 29-aprel). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
- ↑ „Comets Player Tracker“. Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
- ↑ „Canucks assign Garteig to Comets“. Vancouver Canucks (2016-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Canucks recall goaltender Michael Garteig from ECHL Alaska Aces“. Sportsnet. Canadian Press (2016-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
- ↑ „Canucks reassigned @michaelgarteig to @AlaskaAces“ (2016-yil 19-noyabr).
- ↑ Canucks Media Relations. „Garteig re-assigned to Aces“ (2016-yil 19-noyabr).
- ↑ „Comets sign Goaltender Michael Garteig“. Utica Comets (2017-yil 24-avgust). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ „Tappara sign Canadian Michael Garteig“ (Finnish). Tappara (2019-yil 19-iyun). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
- ↑ „ERC signs goaltender Garteig“ (German). ERC Ingolstadt (2020-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Kelly Cup win is like 'a dream' for Newfoundland Growlers“. cbc.ca (2019-yil 5-iyun). Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.