Michaela Polleres
Michaela Polleres (tugʻ. 1997-yil 15-iuyl, Avstriya) — avstriyalik dzudochi, 70 kg gacha vazn toifasida, Avstriya terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori, 2021-yilgi dzudo boʻyicha Jahon chempionatining bronza medali sovrindori, Yevropa chempionati va Yevropa oʻyinlari sovrindori.
Michaela Polleres | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Avstriya |
Tavallud sanasi |
15-iyul 1997-yil Avstriya |
Vazni | 70 kg gacha |
Sport | |
Qaysi sport | dzudo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
Kumush | Tokio 2020 | 70 kg |
Dzudo bo'yicha Jahon chempionati | ||
Bronza | Budapesht 2021 | 70 kg |
Yevropa oʻyinlari | ||
Bronza | Minsk 2019 | 70 kg |
Dzudo bo'yicha Yevropa chempionati | ||
Bronza | Tel-Aviv 2018 | 70 kg |
Faoliyati
tahrirMichaela Polleres 70 kg gacha vazn toifasida kurash olib boradi va xalqaro sport maydonlarida Avstriya sharafini himoya qiladi. 2018-yilda Tel-Avivda (Isroil) boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida u 70 kg gacha boʻlgan vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[1]. Oʻsha yili Cancúnda (Meksika) va Toshkentda (O'zbekiston) oʻtkazilgan Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlarda 70 kg gacha vazn toifasida gʻolib boʻldi[2].
2019-yilda Minskda (Belarus) dzudo boʻyicha II Yevropa oʻyinlari musobaqalarida ishtirok etdi. 1/4 finalda u polshalik sportchi Daria Pogorzelekga yutqazdi. Avstriya tarkibida jamoaviy bahslarda u Yevropa oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi[3].
2020-yilda Praga shahrida (Chexiya) boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasida dzudo boʻyicha Yevropa chempionatida u 70 kg gacha vazn toifasida birinchi uchrashuvda magʻlub boʻlgan edi[4]. U 2021-yilda Doʻha shahrida (Qatar) boʻlib oʻtgan dzudo boʻyicha „World Masters“ turnirida ham xuddi shu toifada ishtirok etgan[5].
2021-yil iyun oyida Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Polleres 70 kg gacha vazn toifasida uchinchi oʻrin uchun kurashda irlandiyalik sportchi Megan Fletcherni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida 70 kg gacha vazn toifasida avstriyalik sportchi turnirning kumush medalini qoʻlga kiritdi. U finalda uchun kurashda yaponiyalik dzyudochi Chizuru Araini yutqazib qoʻydi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ ORF at/Agenturen red. „Polleres erobert EM-Bronze“ (de). sport.ORF.at (2018-yil 27-aprel). 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
- ↑ https://www.judoinside.com/judoka/86921
- ↑ „Athletes :: 2ND EUROPEAN GAMES 2019 MINSK, BELARUS“ (en). minsk2019.by. 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
- ↑ https://web.archive.org/web/20201121173338/http://judolive01.lb.judobase.org/www.judo-world.net/eju/european/ec_sen2020_prague/tta.php?tta_mode=&aktion=pdf_sheet&klasse=&sprache=english
- ↑ https://www.ijf.org/competition/2180/draw
- ↑ https://www.olympedia.org/athletes/2101235