Mikroiqtisodiyot
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mikroiqtisodiyot (yunoncha μικρός – kichik; οἶκος – uy; νόμος – qonun) – ishlab chiqarish, taqsimlash, isteʼmol va ayirboshlash faoliyatida alohida iqtisodiy agentlarni oʻrganuvchi iqtisodiyot nazariyasining boʻlimi. Iqtisodiyot nazariyasi oʻrganadigan asosiy obyektlarga uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalar kiradi[1]. Mikroiqtisodiy darajada amalga oshirilgan tadqiqotlarga koʻra makroiqtisodiy modellar tuziladi. Mikroiqtisodiyot marketing, menejment kabi yoʻnalishlar uchun nazariy baza vazifasini oʻtaydi.
Tarixi
tahrirIqtisodiy bazis tushunchalar
tahrirTalab va taklif modeli
tahrirTalab va taklif modeli, „Marshall qaychisi“ bozorda muvozanat narx (p*) va muvozanat miqdor (q*) belgilab beruvchi model hisoblanadi[2].
Talab
tahrirTalab – bu maʼlum vaqt oraligʻida, mumkin boʻlgan har bir narxda isteʼmolchi sotib olishga xohish va imkoniyati boʻlgan tovarlar soni. Talab – bu pul bilan taʼminlangan ehtiyoj[3].
Taklif
tahrirMaʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning foyda olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi[4].
Bozor muvozanati
tahrirBozor strukturasi
tahrirMukammal raqobat
tahrirMukammal raqobat – bozorda toʻsiq mavjud boʻlmagan, barcha sotuvchilar teng sharoitda savdo qiluvchi bozor turi.
Monopolistik raqobat
tahrirMonopolistik raqobat – bu koʻpgina sotuvchilar oʻxshash boʻlgan, ammo bir xil boʻlmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi. Monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot tabaqalashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, koʻrinishi, xizmat koʻrsatish turi, uslubi, foydalanilgan materiallari va brendi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni turli xilligi, yagona qolipda emasligi tushuniladi[5].
Oligopoliya
tahrirOligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holatidir.
Monopoliya
tahrirMonopoliya (yunoncha mono – tanho, poleo – sotaman) – iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli.
Xulq-atvor iqtisodiyoti
tahrir1979-yilda Daniel Kahneman va Amos Tversky hammuallifligida iqtisodiy agentlar xulq-atvori toʻgʻrisida maqola chop etildi. Maqolada ratsional iqtisodiy agent va chekli naflilik gʻoyalari tanqid qilingan edi. Muallliflar fikricha, iqtisodiy agent qoʻshimcha naflilikdan koʻra yoʻqotishlarga koʻproq ahamiyat beradi[6].
Adabiyotlar
tahrir- Sаlimov, B. T.; Yusupov, M.S.; Salimov, B. B.. Mikroiqtisodiyot (Darslik). Iqtisodiyot, 2019 — 366-bet.
- Shodmonov, Sh.. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik, 2020 — 788-bet.
Manbalar
tahrir- ↑ Salimov, Yusupov & Salimov 2019, s. 21.
- ↑ Shodmonov 2020, ss. 219–220.
- ↑ Shodmonov 2020, s. 209.
- ↑ Shodmonov 2020, ss. 216.
- ↑ Salimov, Yusupov & Salimov 2019, s. 273—275.
- ↑ Kahneman, D.; Tversky, A. (1979). "Prospect Theory: An Analysis of Decision Under Risk". Econometrica 47 (2): 263–292. doi:10.2307/1914185. ISSN 0012-9682. https://archive.org/details/sim_econometrica_1979-03_47_2/page/263.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |