Emili Luiza Foy Clegg (inglizcha: Emily Louise Foy Clegg;), Milly Clegg nomi bilan mashhur (inglizcha: Milly Clegg) yangi zelandiyalik futbolchi boʻlib, u Louisville (Kentucky) Racing va Yangi Zelandiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Milly Clegg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Emili Luiza Foy Clegg
Tavallud sanasi 1-noyabr 2005-yil (2005-11-01) (19 yosh)
Tavallud joyi Oklend,Yangi ZelandiyaYangi Zelandiya bayrogʻi
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AQSH bayrogʻi Rasing
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Yangi Zelandiya bayrogʻi Baklends Beach
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
−2022
2022-2023
2023-2024
2024-
Yangi Zelandiya bayrogʻi Oklend Yunayted
Yangi Zelandiya bayrogʻi Vellington Fenix
Avstraliya bayrogʻi Uestern Sidney
AQSH bayrogʻi Rasing

16
1
0
(
4
0
0)
Milliy terma jamoa
2023- Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya (7 (1))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Karyerasi

tahrir

Milly Cleggning yuqori darajadagi birinchi klubi Oklend Yunayted boʻlib, u bilan Keyt kubogini qoʻlga kiritgan va keyinchalik Yangi Zelandiya chempionatida debyut qilgan[1].

2022-2023-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Avstraliya A-ligasida ishtirok etadigan yagona Yangi Zelandiya jamoasi – Volington Fenixsga koʻchib oʻtgan. Amerika talabalar ligasida oʻynashga imkon beradigan havaskor maqomini saqlab qolish uchun Clegg yangi jamoasi bilan professional shartnoma tuzmagan[2]. Mavsum yakunida jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan Clegg faoliyatini davom ettirish uchun bir qancha takliflar olgan, biroq avstraliyalik Uestren Sidney jamoasiga qoʻshilishga qaror qilgan, shuningdek, havaskorlar bilan shartnoma imzolagan[3].

2024-yil yanvar AQSh Milliy ayollar futbol ligasi klubi Rasing Clegg bilan uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[4][5].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

2022-yil avgust oyida Milly Clegg oʻz mamlakatini 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida himoya qilgan va u Yangi Zelandiya tarkibida guruh bosqichining uchta oʻyinida qatnashgan va 3-daqiqada Kolumbiyaga qarshi oʻyinlarida gol urgan[6][7][8]. Oʻsha yilning oktyabr oyida u 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida [7] oz terma jamoasi uchun oʻynagan va turnirda oʻz jamoasining ikkala golini ham kiritgan[9].

Uydagi jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish jarayonida Yangi Zelandiyaning asosiy jamoasi murabbiyi hujumkor oʻyinchilarni qidirib, Millie Kleggni yigʻinga taklif qilishga qaror qilgan[10]. Yosh futbolchi terma jamoadagi debyutini 2023-yilning 7-aprelida oʻtkazdi va Islandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini yakunida zaxiradan maydonga tushgan[11]. 2023-yilning 30-iyunida 17 yoshli Clegg Yangi Zelandiya terma jamoasining JCh—2023 [12] tarkibiga kiritilib, jamoaning eng yosh aʼzosi boʻlgan[13]. Bu chempionat 12 oydan kamroq vaqt ichida futbolchining uchinchi jahon chempionatiga aylangan[10].

2024-yil 3-iyun kuni Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u milliy terma jamoadagi debyut golini kiritdi[14][15].

Yutuqlari

tahrir

Oklend Yunayted

tahrir
  • Keyt kubogi gʻolibi (1): 2022

Manbalar

tahrir
  1. Andrew Voerman. „FIFA Women's World Cup: The rapid rise of Milly Clegg, the newest Football Fern“ (en). Stuff (2023-yil 13-iyul). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  2. „Age-group star signs on as an amateur“ (en). Wellington Phoenix FC (2022-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  3. Andrew Voerman. „FIFA Women's World Cup: The rapid rise of Milly Clegg, the newest Football Fern“ (en). Stuff (2023-yil 13-iyul). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  4. „Racing signs teen New Zealand international Clegg“ (en). Racing Louisville (2024-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  5. Michael Burgess. „Football Fern Milly Clegg signs with National Women’s Soccer League side Racing Louisville FC“ (en). NZ Herald (2024-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  6. Phillip Rollo. „'She's a proper goalscorer': Wellington Phoenix sign age-group star Milly Clegg“ (en). Stuff (2022-yil 4-noyabr). 2022-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. 7,0 7,1 Phillip Rollo. „Football Ferns rising star Milly Clegg not returning to Wellington Phoenix“ (en). Stuff (2023-yil 11-iyul). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  8. Andrew Voerman. „Wonder goal no help as Junior Football Ferns exit World Cup after 2-2 draw with Colombia“ (en) (2022-yil 17-avgust). 2022-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Andrew Voerman. „FIFA Women's World Cup: The rapid rise of Milly Clegg, the newest Football Fern“ (en). Stuff (2023-yil 13-iyul). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  10. 10,0 10,1 Andrew Voerman. „FIFA Women's World Cup: The rapid rise of Milly Clegg, the newest Football Fern“ (en). Stuff (2023-yil 13-iyul). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  11. Bonnie Jansen. „Fifa Women’s World Cup: Teenager Milly Clegg hopes to bring the goals amid Football Ferns’ strike shortage“ (en). NZME (2023-yil 6-iyun). 2023-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „Squad named for FIFA Women’s World Cup 2023“ (en). New Zealand Football (2023-yil 30-iyun). 2023-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Phillip Rollo. „Football Ferns rising star Milly Clegg not returning to Wellington Phoenix“ (en). Stuff (2023-yil 11-iyul). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  14. „Football Ferns go down to Japan after halftime lead“ (en). NZ Herald (2024-yil 3-iyun). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  15. „Football Ferns beaten by Japan again“ (en). RNZ Sport (2024-yil 4-iyun). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.