Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (yaponcha: サッカー日本女子代表 Sakkā Nippon Joshi Daihyō?) (yoki Nadeshiko Japan nomi bilan ham tanilgan (yaponcha: なでしこジャでしこジャャパこジャャパパジャパパこジャパパ,)) xalqaro maydonda Yaponiya sharafini himoya qiladi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya futbol assotsiatsiyasining tomonidan boshqariladi[1]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining eng muvaffaqiyatli ayollar terma jamoasi hisoblanadi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingidagi eng yuqori koʻrsatkichi 2011-yil dekabrida erishilgan 3-oʻringa chiqqanidir (jahon boʻyicha)[2].

Futbol boʻyicha Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining butun dunyodagi asosiy raqib terma jamoalari

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini magʻlub etdi va shu tariqa oʻzining birinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, bu natijasi bilan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Osiyo ayollar futbol terma jamoasi boʻldi[3]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida va 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi va bu xalqaro chempionatlarda uchta umumiy medalga ega boʻlgan yagona Osiyo jamoasiga aylandi[4]. Shuningdek, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014 va 2018-yillardagi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi, 2010 va 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari hamda 2008, 2010 va 2019-yillardagi EAFF futbol chempionatlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

Mukofotlari

tahrir

Qit'alararo FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati Chempionlar - 2011-yil G'oliblar - 2015-yil Osiyo o'yinlari Chempionlar - 2010-il , 2018-yil G‘oliblar: 1990 - yil, 1994 -yil , 2006 -yil , 2014 -yil Boshqa turnirlar: Chempionlar: 2008-yil, 2010-yil, 2019-yil, 2022-yil G‘oliblar: 2013-yil, 2017-yil Algarve kubogi G‘oliblar: 2012-yil, 2014-yil

Tarixi

tahrir

1970-yillardan boshlab Yaponiyada ayol futbolchilar va jamoalar soni ortib bordi va bu jamoalar Yaponiyaning turli qismlarida mintaqaviy ligalarni tashkil qilishdi. 1977-yilda Yaponiya terma jamoasi oʻzining birinchi xalqaro turniri boʻlgan 1977-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi. Ammo, bu Yaponiya terma jamoasi milliy jamoa emas edi, Yaponiya futbol assotsiatsiyasi FC Jinnanni klub jamoasini,Yaponiya nomidan oʻynaydigan jamoasi sifatida yuborgan edi[5][6]. 1980-yilda „ Ayollar futboli boʻyicha Butun Yaponiya chempionati“ boʻlib oʻtdi. 1981-yilda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi 1981-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati[7] qatnashishi uchun birinchi milliy terma jamoani tuzdi va Seiki Ichixara Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi (vaqtinchalik) bosh murabbiyi boʻldi. Ushbu turnirdagi 7-iyun kuni Xitoy Taypeyi terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarixidagi ilk oʻyin hisoblanadi.

1986-yil yanvar oyida Ryohei Suzuki Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun birinchi doimiy bosh murabbiy boʻldi. Dekabr oyida Yaponiya ayollar oʻrtasidagi 1986-yilgi Osiyo chempionatida 2-oʻrinni egalladi. 1989-yilda „Yaponiya ayollar futbol ligasi“ (qisqacha „L. Liga“) tashkil etildi va Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1991-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan „FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati“ga yoʻllanma oldi.

Pasayish davri

tahrir

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1996-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari va 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati kabi turli chempionat turnirlarida qatnashdi. Biroq, 1999-yilda Yaponiya 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok eta olmadi va bu iqtisodiy turgʻunlikka (Yoʻqotilgan oʻn yillik) va L. Ligasidan (Yaponiya ayollar milliy futbol ligasi) bir qator jamoalarning chiqib ketishiga sabab boʻldi. Yaponiya ayollar futboli tanazzul yoqasida kelib qoldi.

Koʻtarilish davri

tahrir

2002-yilning avgust oyida Yaponiya futbol assotsiatsiyasi Makao milliy futbol jamoasiga murabbiylik qilgan Eiji Uedani Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining yangi bosh murabbiy etib tayinladi. Yaponiya futbol mutasaddilari bu bilan ayollar futboli jonlanishini kutishgan va 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun jamoani qayta tashkil etishni rejalashtirishgan. Jamoa dastlab magʻlubiyatga uchradi, lekin Ueda asta-sekin jamoani yaxshiladi va u oxir-oqibat Yaponiyada keng qoʻllab-quvvatlandi. Jumladan, 2004-yilgi Olimpiadada kim ishtirok etishini hal qilgan Koreya KXDRga qarshi oʻyin muxlislarni nafaqat „Milliy“ stadionga shoshilishdi, balki televizor orqali ham koʻp tomosha qildi.

Yaponiyada ayollar futboliga boʻlgan qiziqish ortganidan soʻng, Yaponiya futbol assotsiatsiyasi Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga taxallus tanlash uchun ommaviy tanlov uyushtirdi. „Nadeshiko Japan“ nomi 2700 ga yaqin takliflar orasidan tanlab olindi va bu nom Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining rasmiy nomi ekanligi 2004-yil 7-iyulida eʼlon qilindi. „Nadeshiko“, yaʼni chinnigulning bir turi „Yamato Nadeshiko“ iborasidan kelib chiqqan.

2003 va 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

tahrir

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Germaniya, Kanada va Argentina ayollar milliy terma jamoalari bilan oʻynadi. Lekin Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Argentinaga 6:0 hisobida, amaldagi chempion Germaniyaga 0:3, Kanadaga esa 1:3 hisobida magʻlub boʻldi va guruhda 4-oʻrinni egalladi.

Oldingi turnirdagi magʻlubiyatiga qaramay, 2007-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Germaniya, Argentina va Angliya ayollar terma jamoalari bilan toʻqnash kelishdi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi turnirni Angliya terma jamoasi bilan 2:2 hisobidagi durang bilan boshlashdi, keyin Argentina terma jamaosini 1:0 hisobida magʻlub etiishdi. Ammo amaldagi chempion Germaniya ayollar milliy terma jamoasidan 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan Yaponiya yana guruh bosqichidan chiqa olmadi.

Oltin davri

tahrir

2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

tahrir
 
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi jahon chempionatidagi gʻalabadan keyin Tohokudagi zilzila va tsunami asoratlarini bartaraf etishda koʻrsatgan insonparvarlik yordami uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqda[8][9]

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida uchinchi oʻrinni egallab, 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Oʻz guruhida Angliya terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi chorak finalda ikki karra amaldagi chempion va mezbon Germaniya ayollar terma jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Shvetsiya ayollar terma jamoasini 3:1 hisobida osonlikcha magʻlub etib, finalga chiqdi.

Yakuniy oʻyin qoʻshimcha vaqtdan keyin ham 2:2 hisobida yakunlanganidan soʻng, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi penaltilar seriyasida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etib, FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan birinchi Osiyo jamoasi boʻldi[10][11]. Bu vaoqea Yaponiya erkaklar terma jamoasi Yaponiya futbolidagi eng muvaffaqiyatli yil boʻlgan 2011-yilgi Osiyo Kubogida gʻalaba qozonganidan soʻng sodir boʻldi.

2012-yil yozgi Olimpiada oʻyinlari

tahrir

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariga 2011-yil sentabr oyida, ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqanidan atigi 6 hafta oʻtgach, Osiyo saralashida birinchi oʻrinni egallab yoʻllanma olgan edi. Olimpiada oʻyinida oʻz guruhida Shvetsiya ayollar terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi chorak finalda Braziliyaiya ayollar terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi. Soʻngra Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Olimpiada boshlanishi oldidan oʻrtoqlik uchrashuvida yutqazgan Fransiya ayollar terma jamaosi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib finalga yoʻl oldi.

Jahon chempionati finalidagi magʻlubiyati uchun revansh xohlayotgan AQSh terma jamoasi bilan finalda toʻqnash kelgan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi bu safar 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Yaponiya terma jamoasining darvozasiga 8 va 54-daqiqalarda Carli Lloydga ikkita gol urdi. Yaponiya terma jamoasining yagona goliga Yuki Nagasato mualliflik qildi[12].

 
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi, 2013-yil

2014-yilgi Osiyo kubogi

tahrir

2011-yilda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozongan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014-yilgi Osiyo kubogida ishtirok etdi (hech qachon ushbu turnirda gʻolib boʻlmagan edi). Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo qirolichasi laqabi bilan tanilgan Avstraliya, mezbon Vyetnam va bu turnirda ilk bor qatnashayotgan Iordaniya ayollar terma jamoalari bilan bir guruhga tushishdi.

Turnirning guruh bosqichidagi ilk oʻyinida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi amaldagi chempion Avstraliyaga qarshi 2:2 hisobida durang oʻynashdi[13]. Shuningdek, guruh bosqichida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi mezbon Vyetnam terma jamoasini 4:0 hisobida, Iordaniya terma jamoasini 7:0 hisobida magʻlub etib, toʻplar farqi yuqori boʻlgan holda guruhda birinchi oʻrinni egalladi. 

Yarim finalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi sakkiz karra Osiyo kubogi chempioni Xitoy milliy terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi. Finalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstraliya milliy terma jamoasi bilan yana bir bor toʻqnash keldi va Azusa Ivashimizuning goli evaziga 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Natijada, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta „Osiyo kubogi chempioni“ boʻldi. Shuningdek, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida gʻolib chiqqan birinchi Osiyo terma jamoasi boʻldi.  Turnirda birinchi oʻrinni egallaganligi sababli Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstraliya, Xitoy, Janubiy Koreya va Tailand milliy ayollar terma jamoalari bilan birga keyingi yili Kanadada boʻlib oʻtadigan 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[14].

 
2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yaponiya va AQSh terma jamoalari

Oʻsha paytda dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallagan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida turnir debyutantlari hisoblangan Ekvador, Shveysariya va Kamerun ayollar terma jamoalari bilan C guruhidan joy oldi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhning barcha uchta oʻyinida gʻalaba qozonib, 1/8 finalga yoʻl oldi va bu bosqichda Gollandiya terma jamoasi (yana bir turnir debyutanti) bilan durang oʻynadi. Penaltilar seriyasida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining qoʻli baland keldi. Avstraliyaga qarshi chorak final oʻyinida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Mana Iwabuchining yagona goli evaziga yarim finalga yoʻl oldi.

Yarim finalda Angliya terma jamoasi bilan oʻyinda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi shijoatli „sherlar“ga qarshi asosiy vaqtda jon saqlab qola oldi, lekin penaltilar seriyasida Angliya terma jamoasining qoʻli baland keldi. 3-oʻrin uchun oʻtkazilgan pley-off oʻyinida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi AQSh ayollar terma jamoasi bilan qarama-qarshi tushishdi. 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidagi magʻlubiyati uchun AQSh terma jamoasi yana bir bor revansh ola bildi va Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi musobaqani 4-oʻrin bilan yakunladi.

Jamoa tasviri

tahrir

Jamoa laqabi

tahrir

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Nadeshiko Japan“ (Yapon chinniguli) laqabi bilan tanilgan.

Jamoaning uy stadioni

tahrir

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini mamlakat boʻylab turli stadionlarda, navbatma-navbat oʻtkazadi.

Azaliy raqib jamoalar

tahrir

Janubiy Koreya

tahrir

Futbol boʻyicha Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi va Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoalari bir-biriga azaliy raqib hisoblanadi. Ushbu raqobatda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yaqqol ustunlikka ega.

Avstraliya

tahrir

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi va Avstraliya ayollar milliy futbol terma jamoalari AFCning eng kuchli jamoalari hisoblanadi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari

tahrir

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi va Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi futbol sport turi boʻyicha azaliy raqib hisoblanadi. Ushbu raqobatda ham Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ustunlikka ega.

FIFA Jahon reytingi

tahrir

2022-yil 5-avgust holatiga koʻra:

FIFA ayollar futboli Jahon reytingida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Jamoa Reyting Yil Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Magʻlubiyat Durang Oʻsish Tushish
Reyting Koʻchish Reyting Koʻchish
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi  11 2022-yil 5-avgust holatiga koʻra 8 4 1 3 13 13
13 2021-yil 11 6 3 2 10   1 13   3

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining turnirlardagi natijasi

tahrir

2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra:

Musobaqa Bosqich Natija Raqib jamoa Oʻrin Izohlar
  1981-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 0-1   Xitoy Taypeyi 3 / 4
0-2   Tailand
1-0   Indoneziya Handa (Ilk xalqaro gol)
  1986-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 0-2   Xitoy 2 / 3
10-0  Malayziya Takakura (2), Nagamine (4), Kioka (2), Tezuka, Matsuda
Yarim final 4-0   Tailand Kioka, Nagamine, Noda, Matsuda
Final 0-2   Xitoy
  1989-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 3-0   Gongkong 1 / 4
11-0   Indoneziya
14-0   Nepal
Yarim final 0-1   Xitoy Taypeyi
3-oʻrin 9-0   Gongkong
  1990-yilgi Osiyo oʻyinlari Asosiy davra 0-5   Xitoy
5-0   Gongkong
8-1   Janubiy Koreya
1-1   Shimoliy Koreya
3-1   Xitoy Taypeyi 2 / 6
  1991-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 1-0   Shimoliy Koreya
4-1   Gongkong
12-0  Malayziya
12-0 Andoza:Country data Singapor Singapor 1 / 5
Yarim final 0-0 (PSO: 5-4)   Xitoy Taypeyi
Final 0-5   Xitoy
  1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi 0-1   Braziliyaiya
0-8   Shvetsiya
0-3   AQSh
  1993-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 6-1   Xitoy Taypeyi
15-0   Filippin
4-0   Gongkong 1 / 4
Yarim final 1-3   Xitoy
Final 3-0   Xitoy Taypeyi
  1994-yilgi Osiyo oʻyinlari Guruh bosqichi 1-1   Xitoy
3-0   Xitoy Taypeyi
5-0   Janubiy Koreya 2 / 4
Final 0-2   Xitoy
  1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi 0-1   Germaniya
2-1   Braziliyaiya
0-2   Shvetsiya 3 / 4
Chorak final 0-4   AQSh
  1995-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 1-0   Janubiy Koreya
6-0   Hindiston
17-0   Oʻzbekiston 1 / 4
Yarim final 3-0   Xitoy Taypeyi
Final 0-2   Xitoy
  1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari Guruh bosqichi 2-3   Germaniya
0-2   Braziliyaiya
0-4   Norvegiya 4 / 4
  1997-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 21-0   Guam
1-0   Hindiston
9-0   Gongkong 1 / 4
Yarim final 0-1   Shimoliy Koreya
3-oʻrin 2-0   Xitoy Taypeyi
  1998-yilgi Osiyo oʻyinlari Guruh bosqichi 6-0   Tailand
2-3   Shimoliy Koreya
8-0   Vyetnam 2 / 4
Yarim final 0-3   Xitoy
3-oʻrin 2-1   Xitoy Taypeyi
  1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi 1-1   Kanada
0-5   Russia
0-4   Norvegiya 4 / 4
  1999-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 9-0   Tailand
5-1   Oʻzbekiston
14-0   Nepal
6-0   Filippin 1 / 5
Yarim final 0-2   Xitoy Taypeyi
3-oʻrin 2-3   Shimoliy Koreya
  2001-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 14-0 Andoza:Country data Singapor Singapor
11-0   Guam
0-1   Shimoliy Koreya
3-1   Vyetnam 2 / 5
Yarim final 2-1   Janubiy Koreya
Final 0-2   Shimoliy Koreya
  2002-yilgi Osiyo oʻyinlari Asosiy davra 0-1   Shimoliy Koreya
3-0   Vyetnam
1-0   Janubiy Koreya
2-2   Xitoy
2-0   Xitoy Taypeyi 3 / 6
  2003-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 15-0   Filippin
7-0   Guam
7-0   Myanma
5-0   Xitoy Taypeyi 1 / 5
Yarim final 0-3   Shimoliy Koreya
3-oʻrin 0-1   Janubiy Koreya
  2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi 6-0   Argentina
0-3   Germaniya
1-3   Kanada 3 / 4
  2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari Guruh bosqichi 1-0   Shvetsiya
0-1   3 / 3
Chorak final 1-2   AQSh Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan
  2005-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo chempionati Asosiy davra 0-1   Shimoliy Koreya
0-0   Xitoy
0-0   Janubiy Koreya 3 / 4 Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan
  2006-yilgi Osiyo oʻyinlari Guruh bosqichi 13-0   Iordaniya
4-0   Tailand
1-0   Xitoy 1 / 4
Yarim final 3-1   Janubiy Koreya
Final 0-0 (PSO: 2-4)   Janubiy Koreya
  2006-yilgi Osiyo chempionati Guruh bosqichi 5-0   Vyetnam
11-1   Xitoy Taypeyi
1-0   Xitoy 1 / 4
Yarim final 0-2   Avstraliya
3-oʻrin 2-3   Shimoliy Koreya
  2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi 2-2   Angliya
1-0   Argentina
0-2   Germaniya 3 / 4
  2008-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo chempionati Asosiy davra 3-2   Shimoliy Koreya
2-0   Janubiy Koreya
3-0   Xitoy 1 / 4
  2008-yilgi Osiyo kubogi Guruh bosqichi 1-3   Janubiy Koreya
11-0   Xitoy Taypeyi
3-1   Avstraliya 1 / 4
Yarim final 1-3   Xitoy
3-oʻrin 3-0   Avstraliya
2008-yilgi Yozgi Olimpiada saralash oʻyinlari Final round 2-0   Vyetnam
4-0   Tailand
6-1   Janubiy Koreya 1 / 4
  2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari Guruh bosqichi 2-2   Yangi Zelandiya
0-1   AQSh
5-1   Norvegiya 3 / 4
Chorak final 2-0   Xitoy
Yarim final 2-4   AQSh
3-oʻrin 0-2   Germaniya
  2010-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo chempionati Guruh bosqichi 2-0   Yangi Zelandiya
3-0   Xitoy Taypeyi
2-1   Janubiy Koreya 1 / 4
  2010-yilgi Osiyo kubogi Guruh bosqichi 8-0   Myanma
4-0   Tailand
2-1   Shimoliy Koreya 1 / 4
Yarim final 0-1   Avstraliya
3-oʻrin 2-0   Xitoy
  2010-yilgi Osiyo oʻyinlari Guruh bosqichi 4-0   Tailand
0-0   Shimoliy Koreya 1 / 3
Yarim final 1-0   Xitoy
Final 1-0   Shimoliy Koreya
  2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi 2-1   Yangi Zelandiya
4-0   Meksika
0-2   Angliya 2 / 4
Chorak final 1-0   Germaniya
Yarim final 3-1   Shvetsiya
Final 2-2 (PSO: 3-1)   AQSh Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan
  2012-yilgi Yozgi Olimpiada saralash oʻyinlari Final round 3-0   Tailand
2-1   Janubiy Koreya
1-0   Avstraliya
1-1   Shimoliy Koreya
1-0   Xitoy
  2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari Guruh bosqichi 2-1   Kanada
0-0   Shvetsiya
0-0   Janubiy Afrika 2 / 4
Chorak final 2-0   Braziliyaiya
Yarim final 2-1   Fransiya
Finals 1-2   AQSh
  2013 EAFF E-1 ayollar chempionati Final round 2-0   Xitoy
0-0   Shimoliy Koreya
1-2   Janubiy Koreya
  2014-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi Guruh bosqichi 2-2   Avstraliya
4-0   Vyetnam
7-0   Iordaniya 1 / 4
Yarim final 2-1   Xitoy PR
Final 1-0   Avstraliya Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan
  2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi 1-0   Shveysariya
2-1   Kamerun
1-0   Ekvador 1 / 4
Nimchorak final (1/16) 2-1   Niderlandiya
Chorak final 1-0   Avstraliya
Yarim final 2-1   Angliya
Final 2-5   AQSh
  2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi Guruh bosqichi 4-0   Vyetnam
0-0   Janubiy Koreya
1-1   Avstraliya 2 / 4
Yarim final 3-1   Xitoy
Final 1-0   Avstraliya Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan
  2018-yilgi Osiyo oʻyinlari Guruh bosqichi 2-0   Tailand
7-0   Vyetnam 1 / 3
Chorak final 2-1   Shimoliy Koreya
Yarim final 2-1   Janubiy Koreya
Final 1-0   Xitoy
  2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi 0-0   Argentina
2-1   Shotlandiya
0-2   Angliya 2 / 4
Nimchorak final (1/16) 1-2   Niderlandiya
  2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari Guruh bosqichi 1–1   Kanada
0–1   Buyuk Britaniya
1–0   Chili 3 / 4
Chorak final 1–3   Shvetsiya
  2022-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi Guruh bosqichi 5–0   Myanma
3–0   Vyetnam
1–1   Janubiy Koreya 1 / 4
Chorak final 7–0   Tailand
Yarim final 2–2 (PSO: 3-4)   Xitoy
  2022-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati Yakuniy pley-off o`yinlari 2-1   Janubiy Koreya
4-1   Xitoy Taypeyi
0-0   Xitoy 1 / 4


Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha vaqtlar natijasi

tahrir

Quyidagi jadvalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2021-yil 1-yanvar holatidagi xalqaro oʻyinlardagi umumiy natijasi koʻrsatilgan.

Jami Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
266 144 43 78 551 307

Konfederatsiyalar kesimida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi

tahrir

2022-yil 27-iyul holatiga koʻra:

Osiyo, Afrika, Shimoliy va Markaziy Amerika
AFC[15]
Milliy terma jamoa Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat
  Janubiy Koreya 32 17 11 4
  Shimoliy Koreya 24 7 5 12
  Xitoy 42 17 8 17
  Xitoy Taypeyi 23 16 1 6
  Tailand 14 13 0 1
  Vyetnam 13 13 0 0
  Filippin 4 4 0 0
  Avstraliya 27 11 8 8
  Gonkong 8 8 0 0
  Indoneziya 2 2 0 0
  Hindiston 4 3 0 1
  Malayziya 2 2 0 0
    Nepal 2 2 0 0
  Singapur 2 2 0 0
  Oʻzbekiston 2 2 0 0
  Guam 3 3 0 0
  Myanma 3 3 0 0
  Iordaniya 4 4 0 0
Jami 206 126 31 49
CAF
Milliy terma jamoa Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat
  Nigeriya 3 2 0 1
  Janubiy Afrika 2 1 1 0
  Gana 2 2 0 0
  Kamerun 1 1 0 0
Jami 8 6 1 1
CONCACAF
Milliy terma jamoa Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat
  AQSh 37 1 8 28
  Kanada 15 7 4 4
  Meksika 8 6 1 1
  Kosta Rika 1 1 0 0
  Panama 1 1 0 0
Jami 62 16 13 33
Janubiy Amerika, Okeaniya va Yevropa
CONMEBOL
Milliy terma jamoa Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat
  Braziliya 10 5 2 3
  Argentina 5 4 1 0
  Kolumbiya 1 1 0 0
  Chili 2 1 1 0
  Ekvador 1 1 0 0
  Paragvay 1 1 0 0
Jami 20 13 4 3
OFC[15]
Milliy terma jamoa Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat
  Yangi Zelandiya 9 7 2 0
Jami 9 7 2 0
UEFA
Milliy terma jamoa Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat
  Italiya 8 1 0 7
  Germaniya 14 1 2 11
  Fransiya 8 3 0 5
  Shvetsiya 13 5 3 6
  Rossiya 6 4 0 2
  Angliya 8 1 2 5
  Norvegiya 9 6 0 3
  Chexiya[16] 1 0 0 1
  Slovakiya 1 1 0 0
  Finlandiya 3 2 0 1
  Buyuk Britaniya 1 0 0 1
  Vengriya 1 1 0 0
  Avstriya 1 1 0 0
  Daniya 8 5 1 2
  Niderlandiya 9 4 1 4
  Shotlandiya 3 3 0 0
  Portugaliya 1 1 0 0
  Islandiya 4 3 0 1
   Shveysariya 2 2 0 0
  Ispaniya 3 0 1 2
  Belgiya 1 0 1 0
  Serbiya 1 1 0 0
Jami 111 47 13 51
Umumiy 414 213 64 135

Murabbiylar shtabi

tahrir

Hozirgi murabbiylar shtabi

tahrir
2022-yil 8-yanvar holatiga ko`ra[17]
Lavozim Ismi
Bosh murabbiy  Futoshi Ikeda
Yordamchi murabbiy  Tomomi Miyamoto
Yordamchi murabbiy  Michihisa Kano
Darvozabonlar murabbiyi  Toshixiro Nishiiri
Fitnes murabbiyi  Keisuke Otsuka

Bosh murabbiylar tarixi

tahrir
Ismi Murabbiylik yillari Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gʻalaba koeffisienti

%

Man.
  Seiki Ichihara (市原 聖曠) 1981 0 0 0 0 0%
  Takao Orii (折井 孝男) 1984 0 0 0 0 0%
  Ryohei Suzuki (鈴木 良平) 1986-1989 0 0 0 0 0%
  Satoshi Miyauchi (宮内 聡) 1997-1999 0 0 0 0 0%
  Shinobu Ikeda (池田 司信) 2000-2001 0 0 0 0 0%
  Eiji Ueda (上田 栄治) 2002-2004 0 0 0 0 0%
  Hiroshi Ohashi (大橋 浩司) 2004-2008 0 0 0 0 0%
  Norio Sasaki (佐々木 則夫) 2008-2016 0 0 0 0 0%
  Asako Takakura (高倉 麻子) 2016-2021 0 0 0 0 0% [18]
  Futoshi Ikeda (池田 太) 2021-hozirga qadar 9 5 3 1 55.56%

Oʻyinchilar

tahrir

Hozirgi tarkib

tahrir

2022-yilning 6 va 10-oktyabr kunlari Nigeriya va Yangi Zelandiya ayollar milliy terma jamoalariga qarshi boʻlib oʻtadiganoʻrtoqlik oʻyinlari uchun quyidagi futbolchilar Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibiga kiritilgan[19]. Gollar va oʻtkazilgan oʻyinlar statistikasi 2021-yil 27-iyul holatiga koʻra berilgan.

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Ayaka Yamashita (山下 杏也加) 29-sentyabr 1995-yil (1995-09-29) (29 yosh) 42 0   JPN INAC Kobe Leonessa
18 1DA Momoko Tanaka (田中 桃子) 17-mart 2000-yil (2000-03-17) (24 yosh) 0 0   JPN Tokyo Verdy Beleza
21 1DA Chika Hirao (平尾 知佳) 31-dekabr 1996-yil (1996-12-31) (27 yosh) 2 0   JPN Albirex Niigata
2 2HM Risa Shimizu (清水 梨紗) 15-iyun 1996-yil (1996-06-15) (28 yosh) 41 1   ENG West Ham United
3 2HM Moeka Minami (南 萌華) 7-dekabr 1998-yil (1998-12-07) (25 yosh) 17 1   ITA Roma
4 2HM Saki Kumagai (熊谷 紗希) (captain) 17-oktyabr 1990-yil (1990-10-17) (34 yosh) 118 2   GER Bayern Munich
5 2HM Shiori Miyake (三宅 史織) 13-oktyabr 1995-yil (1995-10-13) (29 yosh) 25 0   JPN INAC Kobe Leonessa
6 2HM Asato Miyagawa (宮川 麻都) 24-fevral 1998-yil (1998-02-24) (26 yosh) 15 0   JPN Tokyo Verdy Beleza
17 2HM Hana Takahashi (高橋 はな) 19-fevral 2000-yil (2000-02-19) (24 yosh) 3 0   JPN Urawa Reds
19 2HM Saori Takarada (宝田 沙織) 27-dekabr 1999-yil (1999-12-27) (24 yosh) 8 1   SWE Linköping
22 2HM Kiko Seike (清家 貴子) 8-avgust 1996-yil (1996-08-08) (28 yosh) 2 0   JPN Urawa Reds
7 3YH Hinata Miyazawa (宮澤 ひなた) 28-noyabr 1999-yil (1999-11-28) (25 yosh) 2 0   JPN MyNavi Sendai
8 3YH Hikaru Naomoto (猶本 光) 3-mart 1994-yil (1994-03-03) (30 yosh) 20 0   JPN Urawa Reds
10 3YH Fuka Nagano (長野 風花) 9-mart 1999-yil (1999-03-09) (25 yosh) 12 1   USA North Carolina Courage
13 3YH Jun Endo (遠藤 純) 24-may 2000-yil (2000-05-24) (24 yosh) 20 1   USA Angel City FC
15 3YH Hina Sugita (杉田 妃和) 31-yanvar 1997-yil (1997-01-31) (27 yosh) 26 2   USA Portland Thorns
16 3YH Honoka Hayashi (林 穂之香) 19-may 1998-yil (1998-05-19) (26 yosh) 8 0   ENG West Ham United
20 3YH Nanami Kitamura (北村 菜々美) 25-noyabr 1999-yil (1999-11-25) (25 yosh) 7 0   JPN Tokyo Verdy Beleza
23 3YH Aoba Fujino (藤野 あおば) 27-yanvar 2004-yil (2004-01-27) (20 yosh) 0 0   JPN Tokyo Verdy Beleza
25 3YH Shinomi Koyama (小山 史乃観) 31-yanvar 2005-yil (2005-01-31) (19 yosh) 0 0   JPN Cerezo Osaka
9 4HJ Riko Ueki (植木 理子) 30-iyul 1999-yil (1999-07-30) (25 yosh) 3 0   JPN Tokyo Verdy Beleza
11 4HJ Mina Tanaka (田中 美南) 28-aprel 1994-yil (1994-04-28) (30 yosh) 50 20   JPN INAC Kobe Leonessa
14 4HJ Ayaka Inoue (井上 綾香) 15-yanvar 1995-yil (1995-01-15) (29 yosh) 0 0   JPN Omiya Ardija Ventus
24 4HJ Maika Hamano (浜野 まいか) 9-may 2004-yil (2004-05-09) (20 yosh) 0 0   JPN INAC Kobe Leonessa

Jamoa kapitani

tahrir

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari

tahrir
2022-yil 14-iyul holatiga ko`ra

Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar roʻyxati

tahrir
# Futbolchi Faoliyat yillari Oʻtkazgan oʻyinlar soni Gollar soni
1 Homare Sawa 1993-2015 205 83
2 Aya Miyama 2003-2016 162 38
3 Shinobu Ohno 2003-2016 139 40
4 Yuki Nagasato 2004-2016 132 58
5 Kozue Ando 1999-2015 126 19
6 Mizuho Sakaguchi 2006-2019 124 29
7 Azusa Iwashimizu 2006-2016 122 11
8 Hiromi Ikeda 1997-2008 119 4
9 Saki Kumagai 2008-hozirga qadar 118 1
10 Tomoe Kato 1997-2008 114 8

Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati

tahrir
# Futbolchi Faoliyat yillari Gollar soni Oʻtkazgan oʻyinlar soni
1 Homare Sawa 1993-2015 83 205
2 Yuki Nagasato 2004-2016 58 132
3 Kaori Nagamine 1984-1996 48 64
4 Shinobu Ohno 2003-2016 40 139
5 Aya Miyama 2003-2016 38 162
6 Mana Iwabuchi 2010-hozirga qadar 37 80
7 Mio Otani 2000-2007 31 73
8 Futaba Kioka 1981-1996 30 75
9 Mizuho Sakaguchi 2006-2019 29 124
9 Asako Takakura 1984-1999 29 79

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari

tahrir

Xalqaro

tahrir
  Chempion: 2011-yil
  Gʻoliblar: 2015-yil
  Ikkinchi oʻrin: 2012-yil

Mintaqaviy

tahrir
  Chempion: 2014, 2018
  Ikkinchi oʻrin: 1986, 1991, 1995, 2001
  • Osiyo oʻyinlari
  Chempion: 2010, 2018
  Ikkinchi oʻrin: 1990, 1994, 2006, 2014
  • EAFF E-1 futbol chempionati
  Chempion: 2008, 2010, 2019, 2022
  Ikkinchi oʻrin: 2013, 2017

Boshqa turnirlar

tahrir
  • Algarve kubogi
  Ikkinchi oʻrin: 2012, 2014

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi natijasi

tahrir

     Chempion      2-oʻrin      3-oʻrin      4-oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

tahrir
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
  1991 Guruh bosqichi 3 0 0 3 0 12 −12
  1995 Quarter-finals 4 1 0 3 2 8 −6
  1999 Guruh bosqichi 3 0 1 2 1 10 −9
  2003 3 1 0 2 7 6 +1
  2007 3 1 1 1 3 4 −1
  2011 Chempion 6 4 1 1 12 6 +6
  2015 2-oʻrin 7 6 0 1 11 8 +3
  2019 Nimchorak final (1/16) 4 1 1 2 3 5 −2
   2023 Yoʻllanma oldi
Jami 8/9 33 14 4 15 39 59 −20

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yaponiya ayollar terma jamoasining oʻyinlar tarixi

tahrir
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
Yil Davra (bosqich) Sana Raqib jamoa Natija Stadion
  1991 Guruh bosqichi 17-noyabr   Braziliya Magʻlubiyat: 0-1 New Plaza stadioni, Foshan
19-noyabr   Shvetsiya Magʻlubiyat: 0-8
21-noyabr   AQSh Magʻlubiyat: 0-3
  1995 Guruh bosqichi 5-iyun   Germaniya Magʻlubiyat: 0-1 Tingvallen, Karlstad
7-iyun   Braziliya Gʻalaba: 2-1
9-iyun   Shvetsiya Magʻlubiyat: 0-2 Arosvallen, Västerås
Chorak final 13-iyun   AQSh Magʻlubiyat: 0-4 Strömvallen, Gävle
  1999 Guruh bosqichi 19-iyun   Kanada Durang: 1-1 Spartan stadioni, San Jose
23-iyun   Rossiya Magʻlubiyat: 0-5 Civic stadioni, Portland
26-iyun   Norvegiya Magʻlubiyat: 0-4 Soldier Field, Chicago
  2003 Guruh bosqichi 20-sentabr   Argentina Gʻalaba: 6-0 Columbus Crew stadioni, Columbus
24-sentabr   Germaniya Magʻlubiyat: 0-3
27-sentabr   Kanada Magʻlubiyat: 1-3 Gillette stadioni, Foxborough
  2007 Guruh bosqichi 11-sentabr   Angliya Durang: 2-2 Hongkou stadioni, Shangxay
14-sentabr   Argentina Gʻalaba: 1-0
17-sentabr   Germaniya Magʻlubiyat: 0-2 Yellow Dragon Sports Center, Hangzhou
  2011 Guruh bosqichi 27-iyun   Yangi Zelandiya Gʻalaba: 2-1 Ruhrstadion, Bochum
1-iyul   Meksika Gʻalaba: 4-0 BayArena, Leverkusen
5-iyul   Angliya Magʻlubiyat: 0-2 Impuls Arena, Augsburg
Chorak final 9-iyul   Germaniya Gʻalaba: 1-0 Volkswagen-Arena, Wolfsburg
Yarim final 13-iyul   Shvetsiya Gʻalaba: 3-1 Commerzbank-Arena, Frankfurt
Final 17-iyul   AQSh Durang: 2-2 (3-1 pen)
  2015 Guruh bosqichi 8-iyun    Shveysariya Gʻalaba: 1-0 BC Place, Vancouver
12-iyun   Kamerun Gʻalaba: 2-1
16-iyun   Ekvador Gʻalaba: 1-0 Gʻalabanipeg stadioni, Gʻalabanipeg
Nimchorak final (1/16) 23-iyun   Niderlandiya Gʻalaba: 2-1 BC Place, Vancouver
Chorak final 27-iyun   Avstraliya Gʻalaba: 1-0 Commonwealth stadioni, Edmonton
Yarim final 1-iyul   Angliya Gʻalaba: 2-1
Final 5-iyul   AQSh Magʻlubiyat: 2-5 BC Place, Vancouver
  2019 Guruh bosqichi 10-iyun   Argentina Durang: 0-0 Parc des Princes, Paris
14-iyun   Shotlandiya Gʻalaba: 2-1 Roazhon Park, Rennes
19-iyun   Angliya Magʻlubiyat: 0-2 Allianz Riviera, Nice
Nimchorak final (1/16) 25-iyun   Niderlandiya Magʻlubiyat: 1-2 Roazhon Park, Rennes
 
  2023
Guruh bosqichi Iyul
Iyul
Iyul

Yozgi Olimpiya oʻyinlari

tahrir
Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
  1996 1-round (davra) 3 0 0 3 2 9 −7
  2000 Yoʻllanma ololmagan
  2004 Chorak final 3 1 0 2 2 3 −1
  2008 4-oʻrin 6 2 1 3 11 10 +1
  2012 2-oʻrin 6 3 2 1 7 4 +3
  2016 Yoʻllanma ololmagan
  2020 Chorak final 4 1 1 2 3 5 −2
Jami 5/7 20 6 4 10 23 28 −5

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi oʻyin tarixi

tahrir
Yozgi Olimpiya oʻyinlari
Yil Davra (bosqich) Sana Raqib jamoa Natija Stadion
  1996 1-round (davra) 21-iyul   Germaniya Magʻlubiyat: 2-3 Legion Field, Birmingham
23-iyul   Braziliya Magʻlubiyat: 0-2
25-iyul   Norvegiya Magʻlubiyat: 0-4 RFK stadioni, Vashington, D.C.
  2004 1-round (davra) 11-avgust   Shvetsiya Gʻalaba: 1-0 Panthessaliko stadioni, Volos
14-avgust   Nigeriya Magʻlubiyat: 0-1 Karaiskaki stadioni, Afina
Chorak final 20-avgust   AQSh Magʻlubiyat: 1-2 Kaftanzoglio stadioni, Thessaloniki
  2008 1-round (davra) 6-avgust   Yangi Zelandiya Durang: 2-2 Qinhuangdao stadioni, Qinhuangdao
9-avgust   AQSh Magʻlubiyat: 0-1
12-avgust   Norvegiya Gʻalaba: 5-1 Shangxay stadioni, Shangxay
Chorak final 15-avgust   Xitoy Gʻalaba: 2-0 Qinhuangdao, Qinhuangdao
Yarim final 18-avgust   AQSh Magʻlubiyat: 2-4 Workers stadioni, Beijing
3-oʻrin 21-avgust   Germaniya Magʻlubiyat: 0-2
  2012 1-round (davra) 25-iyul   Kanada Gʻalaba: 2-1 City of Coventry stadioni, Coventry
28-iyul   Shvetsiya Durang: 0-0
31-iyul   Janubiy Afrika Durang: 0-0 Millennium stadioni, Cardiff
Chorak final 3-avgust   Braziliya Gʻalaba: 2-0
Yarim final 6-avgust   Fransiya Gʻalaba: 2-1 Wembley stadioni, London
Final 9-avgust   AQSh Magʻlubiyat: 1-2
  2020 1-round (davra) 21-iyul   Kanada Durang: 1–1 Sapporo Dome, Sapporo
24-iyul   Buyuk Britaniya Magʻlubiyat: 0–1
27-iyul   Chili Gʻalaba: 1–0 Miyagi stadioni, Rifu
Chorak final 30-iyul   Shvetsiya Magʻlubiyat: 1–3 Saitama stadioni 2002, Saitama

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi

tahrir
AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
  1975 Qatnashmadi
  1977 Guruh bosqichi 2 0 0 2 0 8 −8
  1980 Qatnashmadi
  1981 Guruh bosqichi 3 1 0 2 1 3 −2
  1983 Qatnashmadi
  1986 2-oʻrin 4 2 0 2 14 4 +10
  1989 3-oʻrin 5 4 0 1 37 1 +36
  1991 2-oʻrin 6 4 1 1 27 6 +21
  1993 3-oʻrin 5 4 0 1 29 4 +25
  1995 2-oʻrin 5 4 0 1 27 3 +24
  1997 3-oʻrin 5 4 0 1 33 1 +32
  1999 4-oʻrin 6 4 0 2 36 6 +30
  2001 2-oʻrin 6 4 0 2 30 5 +25
  2003 4-oʻrin 6 4 0 2 34 4 +30
  2006 5 3 0 2 19 6 +13
  2008 3-oʻrin 5 3 0 2 19 7 +12
  2010 5 4 0 1 16 2 +14
  2014 Chempion 5 4 1 0 16 3 +13
  2018 5 3 2 0 9 2 +7
  2022 Yarim final 5 3 2 0 18 3 +15
Jami 17/20 83 55 6 22 365 68 +297

Osiyo oʻyinlari

tahrir
Osiyo oʻyinlarida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
  1990-yil Ikkinchi oʻrin 5 3 1 1 17 8 +9
 1994-yil 4 2 1 1 9 3 +6
  1998-yil Uchinchi oʻrin 5 3 0 2 18 7 +11
  2002-yil 5 3 1 1 8 3 +5
  2006-yil Ikkinchi oʻrin 5 4 1 0 21 1 +20
  2010-yil Chempion 4 3 1 0 6 0 +6
  2014-yil Ikkinchi oʻrin 6 4 1 1 28 3 +25
  2018 Chempion 5 5 0 0 14 2 +12
  2022 Aniqlanmoqda
  2026
  2030
  2034-yil
Jami 7/7 34 22 6 6 107 25 +82

EAFF E-1 futbol chempionati

tahrir
EAFF E-1 Futbol chempionatida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
  2005-yil Uchinchi oʻrin 3 0 2 1 0 1 −1
  2008-yil Chempion 3 3 0 0 8 2 +6
 2010-yil 3 3 0 0 7 1 +6
  2013-yil Ikkinchi oʻrin 3 1 1 1 3 2 +1
  2015-yil Uchinchi oʻrin 3 1 0 2 5 6 −1
  2017-yil Ikkinchi oʻrin 3 2 0 1 4 4 0
  2019 Chempion 3 3 0 0 13 0 +13
  2022 Chempion 3 2 1 0 6 2 +4
Jami 8/8 24 15 4 5 46 18 +28

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining EAFF E-1 futbol chempionatidagi oʻyin tarixi

tahrir
EAFF E-1 futbol chempionati
Yil Davra (bosqich) Raqib jamoa Hisob Natija
2005 1-oʻyin   Shimoliy Koreya 0-1 Magʻlubiyat
2-oʻyin   Xitoy 0-0 Durang
3-oʻyin   Janubiy Koreya 0-0 Durang
2008 1-oʻyin   Shimoliy Koreya 3-2 Gʻalaba
2-oʻyin   Janubiy Koreya 2-0 Gʻalaba
3-oʻyin   Janubiy Koreya 3-0 Gʻalaba
2010 1-oʻyin   Xitoy 2-0 Gʻalaba
2-oʻyin   Xitoy Taypeyi 3-0 Gʻalaba
3-oʻyin   Janubiy Koreya 2-1 Gʻalaba
2013 1-oʻyin   Xitoy 2-0 Gʻalaba
2-oʻyin   Shimoliy Koreya 0-0 Durang
3-oʻyin   Janubiy Koreya 1-2 Magʻlubiyat
2015 1-oʻyin   Shimoliy Koreya 2-4 Magʻlubiyat
2-oʻyin   Janubiy Koreya 1-2 Magʻlubiyat
3-oʻyin   Xitoy 2-0 Gʻalaba
2017 1-oʻyin   Janubiy Koreya 3-2 Gʻalaba
2-oʻyin   Xitoy 1-0 Gʻalaba
3-oʻyin   Shimoliy Koreya 0-2 Magʻlubiyat
2019 1-oʻyin   Xitoy Taypeyi 7-0 Gʻalaba
2-oʻyin   Xitoy 3-0 Gʻalaba
3-oʻyin   Janubiy Koreya 1-0 Gʻalaba
2022 1-oʻyin   Janubiy Koreya 2-1 Gʻalaba
2-oʻyin   Xitoy Taypeyi 4-1 Gʻalaba
3-oʻyin   Xitoy 0-0 Durang

Algarve kubogi

tahrir

Algarve kubogi Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) tomonidan oʻtkaziladigan ayollar futbol assotsiatsiyasi terma jamoalari uchun xalqaro turnirdir. 1994-yildan beri har-yili Portugaliyaning Algarve shahrida oʻtkazib kelinayotgan bu musobaqa ayollar oʻrtasidagi eng nufuzli va eng uzoq davom etgan xalqaro futbol tadbirlaridan biri boʻlib, „Kichik FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati“ nomini olgan[20].

  Algarve kubogida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
1994-2010 Qatnashmadi
2011 3-oʻrin 4 3 0 1 9 3 +6
2012 2-oʻrin 4 3 0 1 8 5 +3
2013 5-oʻrin 4 2 0 2 4 4 0
2014 2-oʻrin 4 2 1 1 4 5 −1
2015 9-oʻrin 4 2 0 2 7 5 +2
2016 Qatnashmadi
2017 6-oʻrin 4 2 0 2 7 5 +2
2018 6-oʻrin 4 2 0 2 6 9 −3
2019- Qatnashmadi
Jami 7/27 28 16 1 11 45 36 +9

Kipr ayollar kubogi

tahrir
 Kipr ayollar kubogida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
2008 3-oʻrin 3 1 1 1 5 5 0
Jami 1/13 3 1 1 1 5 5 0

SheBelieves kubogi

tahrir

SheBelieves kubogi — bu AQShda ayollar futboli boʻyicha milliy terma jamoalar uchun xalqaro saralash turniridir.

  SheBelieves kubogida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Bosh murabbiy
2016-2018 Qatnashmadi
2019  3-oʻrin 3 1 1 1 5 6 Asako Takakura
2020  4-oʻrin 3 0 0 3 2 7
2021 COVID-19 pandemiyasi sababli oʻtkazilmagan[21]
Jami 2/6 6 1 1 4 7 13

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining SheBelieves kubogidagi oʻyin tarixi

tahrir

Millatlar turniri

tahrir

Millatlar turniri Amerika Qoʻshma Shtatlari Futbol Federatsiyasi (USSF) tomonidan Amerikaning bir qancha shaharlarida Jahon chempionati va Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilmaydigan-yillarda oʻtkaziladigan ayollar futboli boʻyicha milliy terma jamoalar uchun xalqaro turnir[22]. Dastlabki Millatlar turniri 2017-yilda oʻtkazilgan. 2021-yilgi Millatlar turniri Tokio Olimpiadasining vaqti oʻzgartirilganligi sababli Olimpiyada boshlanishidan oldin boʻlishiga toʻgʻri kelib qoldi[23]. Biroq, 2021-yil 6-may kuni USSF Millatlar turnirini boshqa oʻtkazmasligini eʼlon qildi.[24].

  Millatlar turnirida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Bosh murabbiy
2017  3-oʻrin 3 0 1 2 3 8 Asako Takakura
2018  4-oʻrin 3 0 0 3 3 8
Jami 2/2 6 0 1 5 6 16

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Millatlar turniridagi oʻyin tarixi

tahrir

Yana qarang

tahrir
  • Yaponiya milliy futbol terma jamoasi
  • Futzal boʻyicha Yaponiya milliy terma jamoasi

Manbalar

tahrir
  1. „なでしこジャパン“ (ja). JFA|公益財団法人日本サッカー協会. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.
  2. „Japan: FIFA/Coca-Cola World Ranking“. 2007-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
  3. „Japan claim maiden title“. fifa.com (2011-yil 17-iyul). 2015-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  4. „2015 FIFA Women's World Cup: Complete Tournament Results“. ABC News (2015-yil 6-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  5. Jean Williams. The History of Women's Football. Pen & Sword Books Limited, 2021. ISBN 978-15-267-8531-2. 
  6. „Caught in time: the England women's football team jet off to Japan in September 1981“. Women's Football Archive. Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
  7. „沿革・歴史|JFA|日本サッカー協会“. www.jfa.jp.
  8. JFA to show appreciation for support from football family FIFA
  9. Japan banner a global message FIFA
  10. „Japan edge USA for maiden title“. FIFA (2011-yil 17-iyul). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-iyul.
  11. „Women's World Cup final: Japan beat USA on penalties“. BBC Sport (2011-yil 17-iyul). Qaraldi: 2011-yil 18-iyul.
  12. „Olympics football: USA beat Japan to secure gold in Wembley thriller“. BBC (2012-yil 12-avgust). Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  13. „Nadeshiko Japan beats Australia to win Women's Asian Cup“. The Japan Times (2014-yil 26-may). Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  14. „Japan lift 2014 AFC Women's Asian Cup“. Goal.com (2014-yil 26-may). Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  15. 15,0 15,1 Australia, Chinese Taipei only record at the time of enrollment
  16. Played as Czechoslovakia
  17. „Nadeshiko Japan (Japan Women's National Team) squad – AFC Women's Asian Cup India 2022 (1/20-2/6)“. Japan Football Association (JFA) (2022-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 8-yanvar.
  18. https://www.jfa.jp/national_team/tokyo_olympic_2020/img/all_02s.pdf [formatsiz URL PDF]
  19. „Nadeshiko Japan (Japan Women's National Team) squad - International Friendly Match vs Nigeria (10/6@Hyogo) & New Zealand (10/9@Nagano)“. JFA|公益財団法人日本サッカー協会.
  20. „Women's game thriving in the Algarve“. FIFA (2011-yil 9-mart). 2014-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-mart.
  21. „Argentina Replaces Japan at 2021 SheBelieves Cup, Presented by Visa“. US Soccer (2021-yil 28-yanvar).
  22. „Five Things To Know About the 2017 Tournament of Nations“ (2017-yil 20-iyul).
  23. Linehan, Meg; Tenorio, Paul. „USMNT, USWNT schedules, World Cup host city process: USSF board meeting notes“. The Athletic (2021-yil 26-fevral). Qaraldi: 2021-yil 26-fevral.
  24. „U.S. SOCCER TO HOST THE 2021 WNT SUMMER SERIES PRESENTED BY AT&T 5G FEATURING THE USA, PORTUGAL, JAMAICA AND NIGERIA“. US Soccer (2021-yil 6-may). Qaraldi: 2021-yil 6-may.

Havolalar

tahrir
Sportdagi pozitsiyalar
Oʻtmishdoshi:
2007-yilgi FIFA ayollar o`rtasidagi Jahon chempionati   Olmoniya
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempioni
2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati (1-marta)
Vorisi:
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati   AQSh
Oʻtmishdoshi:
2010-yilgi ayollar o`rtasidagi Osiyo kubogi   Avstraliya
Ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi chempioni
2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi (1-marta)
2018-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi (2-marta)
Vorisi:
202-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi   Xitoy