Mingchuqur gʻori — Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanidagi gʻor. Gulbair togʻining shimoli-gʻarbiy yon bagʻrida, 2390 m balandlikda joylashgan. Yura davri ohaktoshlarida hosil boʻlgan. Gʻorning ogʻzi janubi-sharq tomonga uchburchak shaklida ochilgan (eni 0,6 m, balandligi 1,3 m). Gʻor bir qancha yoʻlak va yoʻlakchalardan iborat (eni 0,6—2,5 m dan 3—4,8 m gacha, balandligi 1-2 m dan 3-4 m gacha). Ichida suv sarfi 4 l/sek va suv temperaturasi 27° boʻlgan jilgʻa oqadi. Suvining tarkibi sulfatkalsiyli. Fop ichkarisida nisbiy namlik iyun oyida 98% ga yetadi. Gʻorning umumiy uz. 86 m, maydoni 130 m2, hajmi 330 m3 dan ziyod.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil