Mirko Marić
Mirko Marić (Xorvatcha talaffuzi: mǐːrko mǎːritɕ [2][3][4]; 1995-yil 16-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi. U Serie A Monza klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 16-may 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Grude, Bosniya va Gersegovina | ||
Boʻyi | 1.88 m[1] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Monza | ||
Raqami | 24 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
HNK Grude | |||
2009—2012 | Široki Brijeg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2014 | Široki Brijeg | 39 | (10) |
2014—2017 | Dinamo Zagreb | 0 | (0) |
2014—2017 | → Lokomotiva (ijara) | 73 | (17) |
2017 | Videoton | 16 | (2) |
2017—2020 | Osijek | 97 | (45) |
2020— | Monza | 21 | (2) |
2021—2022 | → Crotone (ijara) | 36 | (11) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Bosniya va Gersegovina 17 yoshgacha | 4 | (0) |
2012—2013 | Bosniya va Gersegovina 18 yoshgacha | 4 | (0) |
2013—2014 | Bosniya va Gersegovina 19 yoshgacha | 10 | (2) |
2015—2016 | Xorvatiya 21 yoshgacha | 6 | (2) |
2017 | Xorvatiya | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 21-mart uchun) |
Bosniya va Gersegovinada tugʻilgan Marić vatanini xalqaro miqyosda yoshlar darajasida himoya qilgan. U Xorvatiya fuqaroligiga ega va Xorvatiyaga xalqaro miqyosda yoshlar hamda kattalar darajasida vakillik qilgan.
Klubdagi faoliyati
tahrirNK Široki Brijeg
tahrirMarić professional futbolchilik faoliyatini NK Široki Brijegda boshlagan.
Dinamo Zagreb
tahrirMarić 2014-yilning 27-martida Xorvatiya yetakchi klublaridan biri Dinamo Zagreb bilan yetti yillik shartnoma imzoladi[5]. U mavsumning qolgan qismini NK Široki Brijeg oʻtkazdi, keyin esa yozda Dinamo Zagrebga oʻtdi[6].
NK Široki Brijegga ijara
tahrir2014-yilning yozida Dinamo Zagrebga kelganidan soʻng, Marić darhol Široki Brijegga ijaraga berildi. U Široki Brijeg uchun oltita oʻyin oʻtkazdi, shu jumladan toʻrttasida Yevropa ligasi saralash bosqichidagi oʻyinlarda ishtirok etgan. Marić birinchi saralash bosqichida Gabalaga qarshi javob oʻyinida Široki Brijeg uchun ikkita gol urdi[7]. 2014-yilning 13-avgustida Dinamo Zagreb klubi Široki Brijeg bilan shartnomani bekor qildi[8].
Lokomotiva
tahrir2014-yilning 18-avgustida Marić NK Lokomotivaga ijaraga berildi. U Prva HNLdagi debyutini 2014-yil 24-avgustda Rijekaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Marić barcha musobaqalarda 94 ta oʻyinda qatnashib, 28 ta gol urdi[9].
Osijek
tahrirMarić 2017-yil sentyabrida Osijek jamoasiga oʻtgan edi. Ikkinchi mavsumida u 18 ta gol bilan liganing ikkinchi eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2020-yil yanvariga kelib, keyingi liga mavsumida Marić 19 ta oʻyinda 14 ta gol urdi. Marićning oʻyinlardagi yaxshi ishtiroklari turli klublarni jalb qildi; ammo Osijek Dynamo Kievning 5 million evrolik taklifini ham rad etdi[10]. Marić mavsumni 20 ta gol bilan liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi va barcha musobaqalarda 113 ta oʻyinda qatnashib, 53 ta gol urgan holda klubni tark etdi.
Monza
tahrir2020-yil 11-avgustda Marić Serie Bning yangi koʻtarilgan Monza jamoasiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzoladi. U jamoadagi ilk golini 21-noyabr kuni ligada Pordenonega qarshi oʻyinda (1:1) kiritdi[11].
Crotone uchun ijara
tahrir2021-yil 17-avgustda Marić Serie Bdagi hamkasbi Crotone klubiga sotib olish opsiyasi bilan bir yillik ijaraga oʻtdi[12].
Xalqaro faoliyati
tahrirXorvatiya yoki Bosniya va Gersegovina termasida oʻynash huquqiga ega boʻlgan Marić Xorvatiya terma jamoasida oʻynashni xohlayotganini aytgan edi[13]. U 2017-yilgi Xitoy kubogi uchun Xorvatiya terma jamoasiga chaqirilgan edi[14].
Shaxsiy hayoti
tahrirMarićning ukasi Mateo 1. HNLdagi Lokomotiva jamoasida yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2021-yil 10-aprel holatiga ko'ra[15]:
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Široki Brijeg | 2012—2013 | Bosniya Premyer ligasi | 15 | 2 | 4 | 1 | — | 22 | 3 | |
2013—2014 | 22 | 8 | 3 | 2 | 3 | 0 | 29 | 12 | ||
2014—2015 | 2 | 0 | 0 | 0 | 4 | 2 | 2 | 0 | ||
Jami | 39 | 10 | 7 | 3 | 7 | 2 | 53 | 15 | ||
Lokomotiva (ijara) | 2014—2015 | Prva HNL | 24 | 6 | 4 | 0 | — | 28 | 6 | |
2015—2016 | 31 | 8 | 3 | 3 | 4 | 1 | 38 | 12 | ||
2016—2017 | 18 | 3 | 2 | 1 | 8 | 6 | 28 | 10 | ||
Jami | 73 | 17 | 9 | 4 | 12 | 7 | 94 | 28 | ||
Videoton | 2016—2017 | NB I | 12 | 2 | 0 | 0 | — | 12 | 2 | |
2017—2018 | 4 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 8 | 0 | ||
Jami | 16 | 2 | 0 | 0 | 4 | 0 | 20 | 2 | ||
Osijek | 2017—2018 | Prva HNL | 26 | 7 | 3 | 4 | — | 29 | 11 | |
2018—2019 | 36 | 18 | 4 | 1 | 4 | 1 | 44 | 20 | ||
2019—2020 | 35 | 20 | 3 | 2 | 2 | 0 | 40 | 22 | ||
Jami | 97 | 45 | 10 | 7 | 6 | 1 | 113 | 53 | ||
Monza | 2020—2021 | Serie B | 21 | 2 | 2 | 0 | — | 23 | 2 | |
Crotone (ijara) | 2021—2022 | Serie B | 36 | 11 | 1 | 0 | — | 37 | 11 | |
Faoliyati jami | 246 | 76 | 28 | 14 | 29 | 10 | 303 | 100 |
Xalqaro
tahrir- 2017-yil 14-yanvar holatiga ko'ra:
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Xorvatiya | 2017 | 2 | 0 |
Jami | 2 | 0 |
Yutuqlari
tahrirŠiroki Brijeg
- Bosniya va Gersegovina futbol kubogi: 2012—2013
Videoton
- Nemzeti Bajnokság I: 2017—2018[16]
Manbalar
tahrir- ↑ „Mirko Marić“. A.C. Monza. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „mȋr“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Mírko“. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
- ↑ „Mírko“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Mírko“. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
- ↑ „Màrija“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Márić“. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
- ↑ „Mirko Marić potpisao za Dinamo Zagreb“. Qaraldi: 2015-yil 22-may.
- ↑ „Mirko Marić potpisao za GNK Dinamo!“. Qaraldi: 2015-yil 22-may.
- ↑ „Široki Brijeg-Qäbälä“. Qaraldi: 2015-yil 22-may.
- ↑ „Zdravko Mamić postavio ultimatum: Mirko Marić mora napustiti Široki Brijeg!“. Qaraldi: 2015-yil 22-may.
- ↑ „Mirko Maric è biancorosso! - Associazione Calcio Monza S.p.A.“ (it). www.monzacalcio.com. 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Samo nemoralne ponude dolaze u obzir: Osijek odbio pet milijuna eura za Marića“. Qaraldi: 2020-yil 10-may.
- ↑ „Croatia - M. Marić - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. us.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 21-noyabr.
- ↑ „Maric in prestito al Crotone - Associazione Calcio Monza S.p.A.“ (it). www.acmonza.com. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ „Mirko Marić novi nogometaš Dinama: Odlučio sam igrati za Hrvatsku“. Qaraldi: 2015-yil 22-may.
- ↑ „Replacements in Croatia squad: Tudor and Ivanušec to travel to China Cup“. Croatian Football Federation (2016-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 23-dekabr.
- ↑ Mirko Marić Soccerway saytida. Qaralgan sana: 4 January 2021.
- ↑ Strack-Zimmermann. „Mirko Marić“ (en). www.national-football-teams.com. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.