Mirsalim Mamarajabov
Mirsalim Elmirzayevich Mamarajabov (1972-yil 18-fevral, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.
Mirsalim Mamarajabov | |
---|---|
Tavalludi |
18-fevral 1972-yil Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Taʼlimi | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirMirsalim Mamarajabov 1972-yil 18-fevral Baxmal tumanida tugʻilgan[1]. 1989—1994-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining „Fizika-matematika“ fakultetining „matematika-informatika“ ixtisosligini tamomlab, 1994-yilda oʻz ish faoliyatini mazkur institutning „Informatika va hisoblash texnikasi asoslari“ kafedrasi katta laboranti lavozimida boshlagan[2]. 1994—1996-yillar kafedraning katta laboranti, „Axborot texnologiyalari markazi“ boʻlimi boshligʻi, 1997—2000-yillarda institut aspiranti, 2000—2010-yillarda kafedrada oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, 2010—2015-yillarda „Informatika va taʼlimda axborot texnologiyalari“ kafedrasi mudiri, 2015—2020-yillarda Informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti, 2020—2021-yillarda Informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi kafedra mudiri, 2021—2022-yillarda „Informatika“ kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2022-yil 10-fevraldan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti „Matematika va taʼlimda axborot texnologiyalari“ kafedrasi mudiri[2].
Ilmiy faoliyati
tahrir2004-yilda „Kasb-hunar kollejlarida informatika fanining „Amaliy dasturiy taʼminot“ boʻlimining mazmuni va oʻqitish metodikasi“ mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan. 2005-yil 25-fevralda taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. 2009-yil 25-mayda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2023-yilda „Raqamlashtirilgan taʼlim sharoitida boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish“ mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib, fan doktori ilmiy darajasini olgan. 10 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta darslik, 15 dan ortiq metodik qoʻllanma, 100 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi[2].