Mirzaahmad Qurbonov
Mirzaahmad Qurbonov (1949-yil 1-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2012), professor (2016).
Mirzaahmad Qurbonov | |
---|---|
Tavalludi |
1-yanvar 1949-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fizik olim |
Sohasi | fizika, pedagogika |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor,akademik |
Biografiyasi
tahrirMirzaahmad Qurbonov 1949-yil 1-yanvar Toshkent shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan[1]. 1972-yilda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan. 1972—1981-yillarda ushbu universitetning „Umumiy fizika“ kafedrasi assistenti, 1988—2013-yillarda „Fizika oʻqitish uslubi va tarixi“ kafedrasi assistenti, dotsenti vazifasida faoliayt koʻrsatgan. 2013-yildan „Umumiy fizika“ kafedrasi professori.
Ilmiy faoliyati
tahrirMirzaahmad Qurbonov 1991-yilda nomzodlik ishini himoya qilgan, 1994-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 2012-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2016-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 30 dan ortiq monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi.Turon fanlar akademiyasi prezidiumining qarori bilan 2023 yil 26 fevralda Akademik ilmiy unvoni va koʻkrak nishoni medali bilan mukofotlandi.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.