Mirzaravot — Namangan viloyatida joylashgan qishloq. Maʼlumotlarga qaraganda, bu yerlarda Uchqo‘rg‘on — Namangan arigʻi (Yangiariq, XIX asr) qazilgunga qadar aholi yashamagan. Ariq qazilgach, turli hududlardan qazuv ishlariga jalb qilingan ishchilar bu yerlarga kelib, shu hududda yashay boshlaganlar. Ishboshilardan biri — Qulmirza ismli kishi boʻlib, u birinchilar qatorida bu yerga uy quradi. Qishloq nomi ham aynan shu Mirza ismli shaxs nomi bilan bogʻliq[1].

Manbalar

tahrir
  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 102-bet.