Mirzatov Zanjirali
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mirzatov Zanjirali (1911, Chust tumani Olmos qishlogʻi — 1972.21.11, Qoʻqon) — aktyor va rejissyor Oʻzbekiston xalq artista (1967). Moskvadagi oʻzbek drama studiyasida oʻqigan (1929—30). 1930-yildan Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida ishlagan. M. serqirra aktyor boʻlib, ham lirik, ham harakterli rollar ustasi sifatida tanilgan, sahnada yuzdan ortiq obrazlar yaratdi: Kochkaryov ("Uylanish"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Kalaf ("Malikai Turandot"), Majdiddin ("Alisher Navoiy"), Karl Moor ("Qaroqchilar"), Ashuraliyev ("Ayajonlarim"), Ikrom ("Ufq") va boshqa rejissyor sifatida "Fargʻona fojiasi", "Maysaraning ishi" (Hamza), "Muhabbat" (Tuygʻun), "General Rahimov" (K. Yashin), "Kotil" (Uygʻun) kabi asarlarni sahnalashtirgan. Shuningdek, "Sevaman, seni" dramasini yozgan. Koʻqon shahar madaniyat uyi qoshidagi xalq teatriga 1979-yil M. nomi berilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |