Mirzo Ulugʻbek koʻchasi (Toshkent)

(Mirzo Ulugʻbek shoh koʻchasidan yoʻnaltirildi)

Mirzo Ulugʻbek koʻchasi — umumiy uzunligi qariyb 8,3 km boʻlgan koʻcha, Toshkent shahrining janubiy qismida, Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlari hududida joylashgan. Oʻrta Osiyo davlat arbobi, temuriylar turkiy davlati hukmdori Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulugʻbek sharafiga nomlangan[1].

Mirzo Ulugʻbek koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirzo Ulugʻbek
Yashnobod
Uzunligi 8,3 km
Boshlanish koordinatalari 41°18′20″N 69°18′25″E / 41.305451°N 69.306861°E / 41.305451; 69.306861
Tugash koordinatalari 41°21′42″N 69°22′04″E / 41.361681°N 69.367810°E / 41.361681; 69.367810
Yaqin metro bekatlari Buyuk ipak yoʻli
Avtobuslar 1, 14, 21, 30, 110, 114, 119,
Kim sharafiga nomlangan Mirzo Ulugʻbek
Kesishgan koʻchalari Parkent, Mustaqillik
Koʻchada joylashgan binolar Eron elchixonasi
Map

Kesishgan koʻchalar

tahrir

Koʻcha Maxtumquli ko‘chasi bilan chorrahadan boshlanib, keyin chapga burilib, Botkin, Nasaf, Mavlono Riyoziy 1-koʻchasi, Sultonali Mashxadi, Parkent, Olmachi 5-koʻchasi, Boʻzbozor 4-koʻchasi, Mustaqillik shoh koʻchasi va Buyuk Ipak yo‘li koʻchasidagi katta chorraxada, Qalandar tor koʻchasi, Musavvirlar, Mudofaa, Do‘rmon yo‘li, Charo‘gon va Olimlar, Shukur Burxonov va Shahriobod, Gulnora, Timur Malik, Yalongʻoch 1-tor ko'chasi, Feruza koʻchalari bilan kesishadi. Kasaba ko‘chasi bilan chorrahada tugaydi. Yangibozor, Qamashi va Qalandar koʻchalariga parallel oʻtadi. Bu ikki tomonlama harakat va ikkita qatnov qismiga ega boʻlgan asfaltlangan sakkiz qatorli yoʻldir[1].

Binolar

tahrir

Uylarning toq tomonidagi raqamlash 1-uydan boshlanadi va 111-uy bilan tugaydi, juft tomondan esa 2-uydan 158-uygacha davom etadi[1]. Mahtumquli ko'chasi bilan kesishgan qismidan boshlab quyidagi jamoat binolari mavjud: pochta boʻlimi, Navro'z xiyoboni va unga tutash hududdagi SQB Yashnobod filiali, Botkin qabristoni, Diagnostika markazi, BAA elchixonasi, Eron elchixonasi, Vrachlar malakasini oshirish markazi, TKTI Noorganika fakulteti, O'zbekneftgazinformatika, Maxsusenergogaz, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, Kapitalbank, Qurolli Kuchlar muzeyi, Mudofaa vazirligi, O'zbekiston Respublikasining umumiy va noorganik kimyo instituti, O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining akademik S.Yu. Yunusov nomidagi o'simlik moddalari kimyosi instituti, Tabiiy birikmalar kimyosi ilmiy jurnali taxririyati, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining V.I. Romanov nomidagi matematika instituti, Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialining talabalar turar joyi, Su-27 samolyoti, U.A. Arifov nomidagi ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Mirzo Ulug'bek xiyoboni, Akademik V.X. To'raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Oʻzbekgidrogeologiya davlat unitar korxonasi, Geologiya va geofizika instituti, Sodiqov nomidagi Biorganik kimyo instituti, Toshkent geodeziya va kartografiya kasb-hunar kolleji, Atlas Chimgan Mall savdo majmuasi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi kiradi. Shuningdek, koʻcha boʻylab koʻp qavatli va bir qavatli uylar mavjud[1].

Transport

tahrir

Koʻcha boʻylab jamoat transportining koʻplab avtobus yoʻnalishlari mavjud. Vokzal koʻchaning boshlanish qismidan taxminan 5 km masofada joylashgan. Avtovokzal esa qariyb 15 km masofada joylashgan. Metro bekatlari Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi bilan kesishgan joyda joylashgan. Aeroport koʻchadan taxminan 12 km masofada joylashgan[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 [https://geodzen.com/uz/tashkent/ulugbek „улица Мирзо Улугбека Ташкент“] (ru). geodzen.com. Qaraldi: 23-noyabr.