Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) (oʻzbekcha: Toshkent kimyo - texnologiya instituti) Oʻzbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyodagi yetakchi kimyo va texnologiya institutidir.
Turi | Institut |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1991-yil 6-may |
Rektori | Usmonov Botir Shukurillayevich |
Fakultetlar | 4 ta |
Talabalari | 8600 dan oshiq |
Bakalavriat | 4975 |
Magistratura | 383 |
Doktorantura | 50 dan oshiq |
Manzili | |
Veb-sayti | tkti.uz |
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I. A. Karimovning 1991-yil 6-maydagi farmoni bilan respublikada oliy texnik taʼlim darajasini oshirish, muhandislik va ilmiy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan. Beruniy nomidagi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining „Kimyo-texnologiya“, „Muhandislik-texnologiya“, „Neft va gaz“ fakultetining kimyo ixtisosliklari negizida tashkil etilgan[1][2][3]. 2023-2024-yildagi institut haqida bukletini yaratdi[4].
Institut rahbariyati
tahrir- Usmonov Botir Shukurillayevich – Rektor
- Safarov Toyir Tursunovich – Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor
- Pulatov Xayrulla Lutpullayevich – Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor
- Qodirov Bobiromon Bekmurodovich – Iqtisodiy va tashkiliy masalalar boʻyicha prorektor
- Boborajabov Bahodir Nasriddinovich – Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektor
- Zebo Babaxanova Abdullayevna – Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor
- Anvar Shernaev Normamatovich – Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha prorektor
- Akramov Olimxon Axrorovich – Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muxit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʼlgan rektor maslahatchisi
- Abdulboqiyev Egamnazar Murodjon oʻgʻli – Rektorning Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, matbuot kotibi
Fakultetlari
tahrirNeft va gaz texnologiyalari fakulteti
- Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi;
- Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasi;
- Asosiy organik sintez texnologiyasi kafedrasi;
- Fizika va energetika kafedrasi.
Kimyoviy injiniring fakulteti
- Noorganik moddalarning kimyoviy texnologiyasi;
- Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi;
- Texnologik mashina va jihozlar texnologiyasi;
- Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi.
Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti;
- Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi;
- Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi kafedrasi;
- Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi;
- Biotexnologiya kafedrasi.
Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti;
- Enologiya va bijgʻish mahsulotlari texnologiyasi;
- Biotexnologiya;
- Sanoat ekologiyasi.
Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti
- Muhandislik asoslari va mexanika kafedrasi;
- Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasi;
- Sanoat ekologiyasi kafedrasi;
- Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi;
Fakultetlararo kafedralar
- Kimyo kafedrasi;
- Oliy matematika kafedrasi;
- Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi;
- Tillar kafedrasi.
Xalqaro aloqalar va reyting
tahrirXalqaro aloqalar boʻlimi institut va uning tarkibiy boʻlinmalari, professor-oʻqituvchilari va xodimlarining xorijiy tashkilotlar, shu jumladan xorijiy oliy taʼlim muassasalari, markazlari bilan hamkorlik faoliyatini tashkillashtiradi. Institut xorijiy talabalarning oʻquv hamda ilmiy faoliyatini, professor-oʻqituvchilarning tadqiqot va mehnat faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Institutni xalqaro eʼtirof etilgan QS, THE, ARWU, UI GreenMetric va boshqa xalqaro reytinglarni TOP 1000 talikka kirishda har yili faol ishtirok etadi.
Institut tuzilishi
tahrirAnʼanaviy fanlar instituti kimyo, neftni qayta ishlash, biokimyo sanoati, shuningdek, qurilish materiallari sanoati, chinni-fayans, mebel, yogʻochga ishlov berish, yogʻ-moy, un, konserva, goʻsht-sut sanoati korxonalari uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Hozirgi kunda institut tarkibida 5 ta fakultet, ixtisoslashtirilgan sirtqi boʻlim va akademik litsey mavjud. Institutda 8640 dan ortiq talaba tahsil olmoqda, 27 ta kafedrada 300 ga yaqin aspirant va doktorantlar, fan nomzodlari, dotsentlar, 150 dan ortiq fan doktorlari, professorlar pedagogik va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanmoqda.
Institut tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi
Bakalavr yoʻnalishlari
tahrirKunduzgi
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60112400 | Professional taʼlim (oziq-ovqat texnologiyasi) |
2 | 60411200 | Menejment (kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
3 | 60412500 | Marketing (kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
4 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (sirt-faol moddalar va organik yuvuvchi vositalar) |
5 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (chinni-fayans) |
6 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (kamyob, tarqoq va nodir metallar) |
7 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (asosiy organik sintez) |
8 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish kimyoviy texnologiyasi) |
9 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (silikat materiallar) |
10 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallar) |
11 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) |
12 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (plastmassalarni qayta ishlash) |
13 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (lok-boʻyoq ishlab chiqarish) |
14 | 60710200 | Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xoʻjaligi) |
15 | 60710500 | Energetika (kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
16 | 60711300 | Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (kimyo va oziq-ovqat) |
17 | 60711400 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
18 | 60720100 | Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi) |
19 | 60720100 | Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi) |
20 | 60612000 | Yogʻlar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi |
21 | 60720300 | Vinochilik texnologiyasi, bijgʻish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi |
22 | 60720400 | Konservalash texnologiyasi |
23 | 60720500 | Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi |
24 | 60720600 | Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (organik moddalar, kimyo va neft-gaz sanoati) |
25 | 60720700 | Texnologik mashinalar va jihozlar (maishiy texnika) |
26 | 60720700 | Texnologik mashinalar va jihozlar (mebel va yogʻochsozlik sanoati |
27 | 60720700 | Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati) |
28 | 60720900 | Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi |
29 | 60721000 | Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi |
30 | 60721100 | Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi |
31 | 61020200 | Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
Sirtqi
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60112400 | Professional taʼlim (oziq-ovqat texnologiyasi) |
2 | 60411200 | Menejment (kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
3 | 60412500 | Marketing (kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
4 | 60610300 | Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) |
5 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (plastmassalarni qayta ishlash) |
6 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (lok-boʻyoq ishlab chiqarish) |
7 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (kamyob, tarqoq va nodir metallar) |
8 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (sirt-faol moddalar va organi yuvuvchi vositalar) |
9 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (asosiy organik sintez) |
10 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish kimyoviy texnologiyasi) |
11 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (chinni-fayans) |
12 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (silikat materiallar) |
13 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallar) |
14 | 60710100 | Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) |
15 | 60711300 | Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (kimyo va oziq-ovqat) |
16 | 60711400 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ((kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
17 | 60720100 | Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi) |
18 | 60720100 | Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi) |
19 | 60720300 | Vinochilik texnologiyasi, bijgʻish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi |
20 | 60720300 | Texnologik mashinalar va jihozlar (maishiy texnika) |
21 | 60720700 | Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati) |
22 | 60710100 | Texnologik mashinalar va jihozlar (mebel va yogʻochsozlik sanoati) |
23 | 60720700 | Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) |
24 | 60720900 | Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi |
25 | 60721000 | Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi |
26 | 60721100 | Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi |
Magistratura yoʻnalishlari
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 70112401 | Professional taʼlim nazariyasi va metodikasi (kimyoviy texnologiya) |
2 | 70411201 | Menejment (kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
3 | 70411202 | Loyiha boshqaruvi |
4 | 70710101 | Kimyoviy texnologiya (nodir va kamyob metallar) |
5 | 70710101 | Kimyoviy texnologiya (mineral oʻgʻitlar texnologiyasi) |
6 | 70710101 | Kimyoviy texnologiya (organik moddalar) |
7 | 70710101 | Kimyoviy texnologiya (silikat va qiyin suyuqlanuvchan nometall materiallar) |
8 | 70710101 | Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi) |
9 | 70610301 | Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi |
10 | 70710102 | Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi |
11 | 70710103 | Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (rezina-texnika buyumlari) |
12 | 70710103 | Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar) |
13 | 70710105 | Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (noorganik va organic moddalar ishlab chiqarish) |
14 | 70710201 | Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xoʻjaligi uchun biopreparatlar) |
15 | 70710401 | Atrof-muhit muhofazasi (kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
16 | 70711301 | Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi (kimyo va oziq-ovqat) |
17 | 70610701 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo va oziq-ovqat sanoati) |
18 | 70720101 | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don mahsulotlari) |
19 | 70720101 | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (vino va spirt) |
20 | 70720101 | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar) |
21 | 70720101 | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (yogʻ-moy mahsulotlari) |
22 | 70720101 | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (konservalangan oziq-ovqat, goʻsht, sut va baliq mahsulotlari) |
23 | 70720102 | Oziq-ovqat xavfsizligi |
24 | 70720601 | Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (organik moddalar, kimyo va neft-gaz sanoati) |
25 | 70720704 | Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari |
26 | 70720705 | Sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlari |
27 | 70720706 | Yogʻochga ishlov berish texnologiyasi va yogʻochshunoslik |
28 | 70720901 | Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar |
29 | 70721102 | Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi |
30 | 70721103 | Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari |
Kechki taʼlim yoʻnalishlari
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60720100 | Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi) |
2 | 60720100 | Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi) |
3 | 60720700 | Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati) |
4 | 60720700 | Texnologik mashinalar va jihozlar (maishiy texnika) |
Ilmiy tadqiqot
tahrirInstitutda tahsil olgan mutaxassislar respublikamizning xamda ayrim MDH davlatlarining koʻplab davlat tashkilotlarida va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida masʼuliyatli lavozimlarda samarali faoliyat koʻrsatib kelyaptilar.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti bir qator xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan aloqa oʻrnatgan. Jumladan, AQSH ning Missisipi universiteti, Italiyaning Materiallar strukturasi instituti, Ispaniyaning Kantabria universiteti, Bolgariyaning Sofiya kimyo-texnologiya va metallurgiya universiteti, Finlyandiyaning Xelsinki universiteti, Latviyaning Latviya universiteti, Turiba universiteti, Chexiya Respublikasining Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Ruminiyaning Vest Timisoara Universiteti, Alba Yuliya Universiteti, Daniyaning Kopengagen Universiteti, Janubiy Koreyaning, Kumox milliy texnologiya universiteti, Konkuk universiteti, Ulsan universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining, Lanjou texnologiya universiteti, Shandun Fanlar akademiyasi Biologiya instituti, Shandun Fanlar akademiyasi Avtomatlashtirish instituti, Belorus davlat texnologiya universiteti, D. I. Mendeleyev nomli Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Sankt-Peterburg Davlat texnologiya instituti, Qozon milliy tadqiqot texnologik universiteti, Moskva Texnologik Universiteti, Ivanovo Davlat kimyo-texnologiya universiteti, Qozog‘istonning M.Auyezov nomli Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti, K.Jubanov nomli Aktyubinsk regional davlat universiteti va boshqalar. 2019-2020 oʻquv yilining oʻzidan 15 dan ortiq horijiy professor-oʻqituvchilar institutga tashrif buyurishib, mutahassislik fanlaridan talabalarimizga mashgʻulotlar, professor-oʻqituvchilarga seminarlar oʻtishdi.
Belorusiya davlat texnologiya universiteti, Mogilyov oziq-ovqat universiteti bilan hamkorlikda qoʻsh diplomli dastur asosida bakalarviatura taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutahassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.
„Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari“ bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 20 nafar 3 kurs talabalari ishlab chiqarish amaliyotini Belorusiya davlat texnologiya universiteti bazasida oʻtashdi.
Institutning ilmiy salohiyati bugungi kunda 50% dan ortiq. Institutda 46 nafar professorlar, 145 nafar dotsentlar faoliyat yuritadi.
Institutda kafedralar va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida bajarilgan katta xajmdagi izlanishlar natijalariga koʻra 50 dan ortiq fan doktorlari va 150 nafardan ortiq fan nomzodlari tayyorlandi.
Ustozlarning bilim va malakasini oshirish uchun qanday tadbirlar yoʻlga qoʻyildi?
Bugungi kunda „El-yurt umidi“ fondi grantlarida faol ishtirok etishlari uchun barcha kafedralarda yosh olimlar, professor-oʻqituvchilarga shart-sharoitlar yaratib berilgan boʻlib, 20 dan ortiq professor-oʻqituvchilar ushbu grantlar sohibi boʻlishdi. 2022 yilda 20 nafar professor-oʻqituvchi horijda malaka oshirgan boʻlsa, 120 nafari respublikamizdagi malaka oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazlarida, „Bosh ilmiy-metodik markaz“ da malakalarini oshirishdi.
Mavjud laboratoriyalarni jihozlashda qanday omillarga amal qilinayapti? Talabalarimizga zamonaviy bilim berishda umumkasbiy va mutahassislik kafedralariga horijdan zamonaviy oʻquv laboratoriyalari jihozlari horijdan keltirilishi rejalashtirilgan. Laboratoriyalarni jihozlashda fanni oʻzlashtirish darajasiga qoʻyilgan talablardan kelib chiqqan holda Yaponiya, Rossiya, Germaniya, Italiyaning mashhur kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan laboratoriya qurilmalariga buyurtmalar qilingan.
Bugungi kunda olimlarimiz quyidagi ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida yangilik va ixtirolar ustida ish olib bormoqdalar:
– qurilish materiallari
– chinni va sanitar fayansi
– shisha va sitallar
– tibbiy materialshunoslik
– issiqlikni ximoyalovchi materiallar
– kamyob, nodir metallar texnologiyalari
– kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalarning ekologik muammolarini yechimlari
– mineral oʻgʻitlar
– noorganik birikmalar
– yangi organik birikmalarni sintezi
– yangi polimer materiallari
– neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi
– katalizatorlar ishlab chiyaarish
– selyuloza asosidagi materiallar
– oʻsimlik va boshqa yogʻlar ishlab chiqarish
– alkogol va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish
– goʻsht va sut maxsulotlari ishlab chiqarish
– don maxsulotlari texnologiyasi
– oziq-ovqat maxsulotlarini xavfsizligi
– tovarlar kimyosi
– biotexnologiya maxsulotlari va boshqalar.
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedrasidan t.f.d., professor Atakuziyev T. A., t.f.d.,professor Erkayev A. U., t.f.d., professor Mirzakulov X.Ch., Silikat materiallar, kamyob va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi kafedrasidan Aripova M. X., t.f.d., professor Babaxanova Z. A., t.f.n., dos. Muxamedbayeva Z. A., Sanoat ekologiyasi kafedrasidan t.f.d., professor Nazirova R. A., k.f.d., professor Pulatov X. L., PhD, dos. Yuldashev A. A., Texnologoik mashina va jihozlar kafedrasidan t.f.d., professor Nurmuxamedov X. S., Asosiy organik sintez texnologiyasi kafedrasidan t.f.d., professor Kodirov X. E., k.f.d., professor Maksumova A. S., t.f.d., professor Ikramov A., Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi kafedrasidan t.f.d., professor Adilov R. I., t.f.d. Alimuxamedov M. G., t.f.d. Joʻrayev A. B., Sellyuloza va yogʻochsozlik texnologiyasi kafedrasidan k.f.d., professor Raxmonberdiyev G. R., t.f.d., professor Primqulov M. T., Neft va gazni qayta ishlash texnologiya kafedrasidan k.f.d., professor Maxsumov A. G., t.f.d., dos. Aripdjanov O.Yu., Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasidan t.f.d., professor Ilxomjonov P. I., t.f.n., professor Roʻzibayev A. T., Goʻsht-sut va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi kafedrasidan t.f.d., Dodayev Q. O., t.f.d., professor Raximjonov M. A., Biotexnologiya kafedrasidan k.f.d., professor Toshmuxamedov M. S., t.f.d., professor Xoʻjamshukurov N. A., Mahsulot havfsizligi va sifat menejmenti kafedrasidan k.f.d., professor Xamroqulov Gʻ.X., Ismatullayev P. R., k.f.d., professor Raximov D. A., t.f.d., professor Xakimov O.Sh. va boshqa professorlar oʻzlarining ilmiy yoʻnalishlari sohalari boʻyicha ixtirolarga patentlar sohiblari hisoblanadi.
Xozirgi kunda institut Respublikamiz oliy taʼlim tizimida malakali kadrlar tayyorlab beruvchi yirik tayanch oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlib xisoblanadi. Oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim-tarbiya va boshqa ishlarda erishgan yutuqlari tufayli respublika OTM lari ichida 51 oʻrinni egallab turibdi. Kelajakda ushbu reytingda yana yuqori pogʻonalarni egallash asosiy maqsadimiz hisobanadi. Buning uchun yangi oʻquv yilida 20 nafar xorijiy professor-oʻqituvchi jalb etiladi, 22 nafar kafedra mudiri horijiy stajirovkaga yuboriladi, 6 ta xorijiy OTMlari bilan hamkorlik oʻrnatiladi. Hodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlash va tayinlash samaradorligini baholashning reyting tizimi joriy etiladi. Horijiy hamkor universitetlar bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha onlayn mashgʻulot (vebinar)lar tashkil etiladi, Belorussiya davlat texnologiya universiteti bilan xamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida mutahassislar tayyorlanadi. Ish beruvchilar ishtirokida 3 ta laboratoriyalar tashkil etiladi. Ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etayotgan talabalar koʻlami 15% ga oshiriladi. 31 ta oʻquv auditoriyalarida zamonaviy prorektor va ovoz yozish kameralari bilan jihozlanadi. Ilmiy salohiyat 50 foizdan 55 foizga oshiriladi, 5 ta DSc va 25 PhD dissertatsiyalari himoya qilinadi, tijoratlashtirish hisobidan 1.5 mlrd. soʻm mablagʻ tushiriladi, xorijiy jurnallarda 60 ta maqola chop etiladi. 2020 yildan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishni har yili 20% ga oshib borishi taʼminlanadi, 6 ta xalqaro va 7 ta respublika ilmiy-texnikaviy konferensiya tashkil etiladi. Oʻquv yili davomida institutda halqaro loyihalar va investitsiyalar hajmi oshiriladi. El-yurt umidi fondi tomonidan ajratiladigan grantlar asosida professor-oʻqituvchilarning xorijda malaka oshirishi taʼminlanadi. Belorussiya davlat texnologiya universiteti, Mogilyov oziq-ovqat universifteti, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Janubiy Koreya Ulsan universitetida talabalar, tadqiqotchilar va professor-oʻqituvchilarning almashinuv dasturlaridagi ishtiroki 2 barobar koʻpaytiriladi, Webometrics va QS xalqaro reytinglarida institutning munosib oʻrnini taʼminlashga erishiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Система высшего образования Узбекистана: доступность, эффективность, инновации“ (ruscha). Агентство международной информации Trend (20-avgust 2016-yil). Qaraldi: 8-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Указ Президента Узбекской Советской Социалистической Республики от 06.05.1991 г. № УП-203“. Информационно-правовой портал Norma.uz. Qaraldi: 8-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Постановление Кабинета Министров при Президенте Узбекской ССР от 13.05.1991 г. № 130 «Об организации Ташкентского государственного технического университета, Ташкентского химико-технологического и Ташкентского архитектурно-строительного институтов»“. Информационно-правовой портал Norma.uz. Qaraldi: 8-dekabr 2018-yil.
- ↑ 2023-2024 yildagi institut haqida bukletini ko'rish.