Mirzohid Mirzarahimov
Mirzohid Mirzarahimov (16-sentyabr 1943-yil — 3-sentyabr 1997-yil) — yozuvchi va jurnalist, SSSR Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Qirgʻiziston yozuvchilari va jurnalistlari uyushmalari aʼzosi.
Mirzohid Mirzarahimov | |
---|---|
Tavalludi |
16-sentyabr, 1943-yil Narimon qishlog'i, Qorasuv tumani, Osh viloyati |
Vafoti | 3-sentyabr, 1997-yi |
Kasbi | yozuvchi va tarjimon |
Hayoti
tahrirMirzohid Mirzarahimov 1943-yilning 16-sentyabrida Oʻsh viloyati Qorasuv tumanidagi Narimon qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. 1960-yilda maktabni tamomlab, Bishkekdan Oʻshga koʻchib kelgan „Qirgʻiziston haqiqati“ (hozirgi „Oʻsh sadosi“) roʻznomasining ilk sonlarini chiqishiga oʻz hissasini qoʻshgan. 1970-yili Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakul’tetini tamomlagandan soʻng shu dargoxda mas’ul kotib lavozimida faoliyat yurita boshlagan. SSSR jurnalistlar uyushmasi aʼzosi boʻlgan, „Shavkatli mehnati uchun“ medali va shuningdek koʻplab "faxriy yorliqlar" bilan mukofotlangan. 1976 va 1985-yillari „yilning eng yaxshi jurnalisti“ jumhuriyat konkursida gʻolib chiqqan va nomi „Shuhrat kitobi“ga yozilgan.
Ijodi
tahrirMirzohid Mirzarahimovning ilk hikoyasi „Visol“ „Sharq yulduzi“ jurnalida 1965 yili chop etilgan. Shunday qilib birin-ketin hikoyalari yorugʻ koʻra boshlab, 1974 yili „Yosh gvardiya“ nashriyotida „Oydin tunlar“ nomli ilk kitobi dunyoga keldi. Minglagan kitobxonlar qalbidan joy olgan kitobdan soʻng taniqli yozuvchi Oʻtkir Hoshimovdan ham xat keldi. Turli xil toʻplam, al’manaxlarda hikoya va qissalari oʻrin oldi. Qirgʻiz adabiyoti adabiyotidan ham tarjimalar qilib, tarjimachilik sohasida ham oldinladi. Shuningdek asarlari qirgʻiz tilidan ham yangray boshladi. 1981 yili Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrida „Kichkina demang bizni…“ dramatik asari sahnalashtirildi. Buyuk mutafakkir bobomiz hazrat Alisher Navoiyning 550 yilligi va shunga oʻxshash koʻplab tadbirlarga jonbozlik koʻrsatib, bosh-qosh boʻldi. 1971—1991-yillar oraligʻida Qirgʻiziston janubidagi yosh ijodkorlarni birlashtirgan „Ilhom“ adabiy toʻgaragiga rahbarlik qildi. 1991-yil tashkil qilingan Oʻsh viloyati „oʻzbek milliy madaniy markaz“iga birinchi rais boʻlib saylandi. Mirzohid Mirzarahimov 1997-yil 3-sentyabrda 54 yoshda vafot etdi. Oʻshdagi „Ortishlik“ qabristoniga dafn etilgan. Yozuvchining vafotidan keyin „Tongi shabada“ hamda „Sogʻinch“ nomli kitoblari chop etilgan.
Nashr etilgan asarlari
tahrir- Mirzohid Mirzarahimov. „Oydin tunlar“ — „Yosh gvardiya“ nashriyoti 1974 y.
- Mirzohid Mirzarahimov. „Nurli zanjir“ (1983 y).
- Mirzohid Mirzarahimov. „Tumandagi odamlar“, „Nurafshon olam“ (1985 y).
- Mirzohid Mirzarahimov. „Tongi shabada“, „Sogʻinch“.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Dadajonov, Odiljon. Moziyga qaytib.... Osh shahri: "Axborot" MCHJ, 2021 — 158-159-bet. ISBN 978-9967-9258-6-1.