Miskin
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Miskin (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻulomxalil Toshmuhammad oʻgʻli; 1880-yil – Toshkent – 1937-yil) – shoir.
Miskin | |
---|---|
Tavalludi |
Gʻulomxalil Toshmuhammad oʻgʻli 1880 |
Vafoti |
1937 Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Koʻkaldosh madrasasi |
Kasbi | Shoir, temirchilik, baqqol, novvoy |
Hayoti
tahrirGʻulomxalil Toshmuhammad oʻgʻli Miskin 1880-yilda Toshkentda tugʻilgan. Otasi temirchilik, mixchagarlik bilan shugʻullangan. Balandmachitdagi maktabda, soʻng Koʻkaldosh madrasasida oʻqigan. Temirchilik, baqqollik, novvoylik bilan shugʻullangan. 12 yoshidan „Miskin“ taxallusi bilan ilm-maʼrifatni targʻib qilib, zulm va zoʻrlik, bidʼat va xurofatni qoralagan[1]. Dastlabki sheʼrlari muhabbat mavzusida boʻlgan. Koʻp oʻtmay, sheʼriyatiga zamon sadolari kirib kelgan. Xalqimizning milliy-ijtimoiy uygʻonishida katta xizmat qilgan „Shuhrat“ gazetasini sheʼr bilan quvvatlab chiqqan.
Miskin sheʼrlarida xalq ommasini asriy jaholatdan uygʻonishiga chaqirgan. Xalqqa erk va ozodlik ruhini singdirish, ularni haq-huquqi uchun kurashga uygʻotishda oʻz hissasini qoʻshgan. Miskinning avtobiografik sheʼrlari shoir hayotining ogʻir va murakkab kechganini koʻrsatadi.
Miskin sheʼrlaridan ikki devon tuzgan. 200 sahifadan koʻproq birinchi devondan 1925-yilgacha yozilgan va chop etilgan sheʼrlari joy olgan. Soʻnggi sheʼrlari esa ikkinchi devonda jamlangan boʻlib, 160-170 sahifani tashkil qilgan. Biroq ularning taqdiri nomaʼlum. 70 ga yaqin sheʼrlarigina saqlangan. Ushbu sheʼrlar shoirning oʻz qalamiga, oʻz ovoziga ega boʻlgan, adabiyotimiz tarixida sezilarli iz qoldirgan isteʼdod sohibi ekanligini koʻrsatadi. Sheʼrlari shu paytga qadar toʻplangan, oʻrganilgan emas. Toshkentda Miskin nomida koʻcha va mahalla bor[2]. Miskin 1937-yilda Toshkentda vafot etgan[1].
Asarlari
tahrir- Armugʻoni Xislat
- Savgʻoti Xislat
- Bayozi Mujallo
- Bayozi Haziniy
- Savgʻoti Sidqiy
Adabiyotlar
tahrir- Asrlar nidosi, T., 1982;
- Qosimov B., Salom, kelajak, T., 1986.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Miskinga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |