Moʻgʻul boʻrisi
Mo‘g‘ul bo‘risi (Canis lupus chanco) Mo‘g‘uliston, shimoliy va markaziy Xitoy, Koreya va Rossiyaning Ussuri mintaqasida yashovchi kulrang bo‘rining kenja turidir.
Moʻgʻul boʻrisi | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||
| ||||||||||||
Canis lupus chanco | ||||||||||||
Moʻgʻul boʻrisining (ko‘k rang) va Himalay bo‘rining (pushti rang) Xitoy va atrof davlatlardagi tarqalishini ko‘rsatadigan xarita.
| ||||||||||||
Taksonomiya
tahrirCanis chanco nomi birinchi marta 1863-yilda John Edward Gray tomonidan taklif qilingan boʻlib, u Xitoy Tartariyasida otib oʻldirilgan boʻri terisiga nisbat bergan[3]. Ushbu namunani 1880-yilda St. George Jackson Mivart tomonidan Canis lupus chanco nomi bilan tasniflangan[4]. 1923-yilda yapon zoologi Yoshio Abe Koreya yarim orolidagi bo‘rilarni C. chancodan ajratib, nisbatan torroq tumshug‘i tufayli C. coreanus nomli alohida turga ajratishni taklif qilgan[2]. Bu farqlanish Reginald Pocock tomonidan rad etilgan va uni C. chanconing mahalliy varianti deb atagan[5][6]. 2005-yilda nashr etilgan "Dunyo sutemizuvchilari''ning uchinchi nashrida mammalogist W. Christopher Wozencraft Canis lupusning kenja turining taksonomik sinonimlari roʻyxatini keltirib, C. coreanus (Abe, 1923) ni uning sinonimlaridan biri sifatida tasniflagan[7].
Mo‘g‘ul bo‘risi taksonomiyasida hali ham noaniqliklar mavjud. 1941-yilda Pocock Tibet bo‘risini C. l. laniger deb atagan va uni C. l. chanconing sinonimi sifatida tasniflagan[6]. Biroq, Wozencraft C. l. laniger ni C. l. filchneri Matschie (1907)[7] sinonimi sifatida kiritgan. Baʻzi tadqiqotchilar hali ham Tibet boʻrisini C. l. chanco deb tasniflashadi, bu esa taksonomik chalkashliklarga sabab bo‘lmoqda. NCBI/Genbank C. l. chanconi Mo‘g‘ul bo‘risi deb[8], C. l. lanigerni esa Tibet bo‘risi deb ro‘yxatga oladi[9]. Akademik manbalarda C. l. chanconi Mo‘g‘ul bo‘risi deb atashadi[10][11][12][13].
Bundan tashqari, 2019-yilda IUCN/SSC Canid Specialist Group tomonidan o‘tkazilgan seminarda Himolay bo‘risining tarqalish hududi Himolay tog‘ tizmasi va Tibet platosini o‘z ichiga olganligi qayd etilgan. Guruh ushbu bo‘ri qatorini "Himolay bo‘risi" deb atashni va genetika tahlili mavjud bo‘lguniga qadar Canis lupus chanco deb tasniflashni tavsiya qilmoqda. Himolay bo‘risining morfologik tahlili hali mavjud emas[14].
Tashqi koʻrinishi
tahrirGray Xitoy Tartariyasidan olib kelingan namunani quyidagicha tasvirlaydi:
Moʻynasi sargʻish-qizil, orqa tomonida uzunroq, qattiq va aralash qora va kulrang tuklar bor; tomogʻi, koʻkragi, qorni va oyoqlarining ichi oppoq; boshi och kulrang-jigarrang; peshonasi qisqa qora va kulrang tuklar bilan aralashgan. Boshi Yevroosiyo boʻrisi (C. lupus)nikiga juda oʻxshash va tishlari ham xuddi shunday. Bu hayvon Yevroosiyo boʻrisiga juda oʻxshaydi, lekin oyoqlari, quloqlari, tanasining yon tomonlari va oyoqlarining tashqi tomonlari qisqaroq boʻlib, och sargʻish tuklar bilan qoplangan boʻladi. Boshi va tanasining uzunligi 42 dyum (1,100 mm); dumining uzunligi 15 dyum (380 mm)[3].
Mashhur rus zoologi Vladimir Georgievich Heptner Rossiyaning Ussuri hududidagi moʻgʻul boʻrilarini quyidagicha tasvirlaydi:
Oʻlchami katta emas - C. l. desertorumga oʻxshash yoki biroz katta boʻladi. Lekin Sibir oʻrmon boʻrilaridan sezilarli darajada kichik. Rangi kulrang, och sargʻish rang aralashgan. Moʻynasi qalin va dagʻal. Erkaklarining umumiy tana uzunligi 93 sm (37 dyum) - 158 sm (62 dyum); dumining uzunligi 30 sm (12 dyum) - 40 sm (16 dyum); orqa oyoq uzunligi 16 sm (6.3 dyum) - 24 sm (9.4 dyum); quloq uzunligi 10 sm (3.9 dyuym) - 14.5 sm (5.7 dyum); yelkagacha balandligi 58 sm (23 dyum) - 89 sm (35 dyum); va ogʻirligi 26 kg (57 funt) - 37 kg (82 funt). Urgʻochilarning umumiy tana uzunligi 90 sm (35 dyum) - 109 sm (43 dyum); dumining uzunligi 30 sm (12 dyum) - 40 sm (16 dyum); orqa oyoq uzunligi 16 sm (6.3 dyum) - 23 sm (9.1 dyum); quloq uzunligi 9.5 sm (3.7 dyum) - 13 sm (5.1 dyum); yelka balandligi 57 sm (22 dyum) - 75 sm (30 dyum); va ogʻirligi 22 kg (49 funt) - 30 kg (66 funt)[13].
Tarqalishi
tahrirC. l. chanconing tarqalish hududi Moʻgʻuliston[4], shimoliy va markaziy Xitoy[15][16], Shimoliy Koreya va Rossiyaning Ussuri hududini oʻz ichiga oladi. Ular yaqinda Xitoyning shimolida insonlar yashaydigan yerlarning kengayishi va oqibatda uning asosiy raqibi boʻlgan Amur yoʻlbarsining yoʻq qilinishi[13] sababli shimoliy Xitoy tomon kengayishdi. Ularning tarqalish hududi sharqda Altay togʻlari/Tyan-shan togʻlari[15], janubda Tibet platosi, va janubiy Xitoy bilan chegaralangan[15][16]. Taksonomik sinonim mualliflari oʻz namunalarini quyidagi yerlardan olishgan: chanco Gray (1863) Xitoy Tartariyasi; coreanus Abe (1923) Koreya; karanorensis Matschie (1907) Gobi choʻlidagi Kara-nor; niger Sclater (1874) Hindistonning Ladakh ittifoqi hududidagi Hanle; va tschillensis Matschie (1907) Zhili qirgʻogʻi (Zhili hozir asosan Xebey provinsiyasining bir qismi)[6].
Odamlar bilan munosabatlari
tahrirMoʻgʻulistonda boʻriga ruhiy hayvon sifatida, it esa oila aʻzosi sifatida qaraladi. Moʻgʻullar boʻridan qoʻrqmaydi va uning odamlardan qoʻrqishini tushunishadi. Uni baʻzida "qoʻy qotili" deb atashadi. Afsonalarda, moʻgʻul choʻponlarining birinchi otasi boʻridan kelib chiqqan, va shunga qaramay, ular qoʻy podalarini himoya qilish uchun boʻrilarni oʻldirishlari kerak boʻladi[17]. Moʻgʻulistonda boʻri moʻynasidan barqaror foydalanish amaliyoti mavjud[18].
Manbalar
tahrir- ↑ Werhahn, G.; Hennelly, M.; Lyngdoh, S.J.; Habib, B.; Viranta, S.; Shrotriya, S. (2023). "Canis lupus ssp. chanco". IUCN Red List of Threatened Species 2023: e.T223987824A223987841. doi:10.2305/IUCN.UK.2023-1.RLTS.T223987824A223987841.en. https://www.iucnredlist.org/species/223987824/223987841. Qaraldi: 7 January 2024.Moʻgʻul boʻrisi]]
- ↑ 2,0 2,1 Abe Yoshio, "Nukutei ni tsuite" (On Nuketei) Dobutsugaku zasshi (Zoological Magazine) 35 (1923): 320-86
- ↑ 3,0 3,1 Gray, J. E. (1863). "Notice of the Chanco or Golden Wolf (Canis chanco) from Chinese Tartary". Proceedings of the Zoological Society of London: 94. https://archive.org/details/proceedingsofgen63busi/page/94.
- ↑ 4,0 4,1 Mivart, S. G. „The Common Wolf“, . Dogs, jackals, wolves, and foxes : a monograph of the Canidæ. London: E. H. Porter and Dulau & Co., 1890 — 8-bet.
- ↑ Walker, B.. The Lost Wolves of Japan. University of Washington Press, Seattle, 2008. ISBN 9780295988146.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Pocock, R. I. „Canis lupus chanco“, . The Fauna of British India. Mammals. London: Taylor and Francis, 1941 — 86–90-bet.
- ↑ 7,0 7,1 Wozencraft, C. W. „Order Carnivora“, . Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference, 3, Johns Hopkins University Press, 2005. ISBN 978-0-8018-8221-0.
- ↑ Taxonomy Browser. „Canis lupus chanco Gray, 1863“. NCBI. — „Genbank common name: Mongolian wolf“. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
- ↑ Taxonomy Browser. „Canis lupus laniger Hodgson, 1847“. NCBI. — „Genbank common name: Tibetan wolf“. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
- ↑ L Chen, HH Zhang, JZ Ma, The mitochondrial genome of the Mongolian wolf Canis lupus chanco and a phylogenetic analysis of Canis. Acta Ecologica Sinica, 2010
- ↑ Zhang, Honghai; Chen, Lei (2010). "The complete mitochondrial genome of dhole Cuon alpinus: Phylogenetic analysis and dating evolutionary divergence within canidae". Molecular Biology Reports 38 (3): 1651–1660. doi:10.1007/s11033-010-0276-y. PMID 20859694.
- ↑ Elsevier's Dictionary of Mammals M. Wrobel: . Elsevier, 2006 — 840–857-bet. Qn1A9Y1OA2oC&pg=PA70&lpg=PA70.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 Heptner, V.G. and Naumov, N.P. (1998). Mammals of the Soviet Union Vol.II Part 1a, SIRENIA AND CARNIVORA (Sea cows; Wolves and Bears), Science Publishers, Inc. USA., pp. 164-270, ISBN 1-886106-81-9
- ↑ Alvares, F.; Bogdanowicz, W.; Campbell, L.A.D.; Godinho, R.; Hatlauf, J.; Jhala, Y.V.; Kitchener, A. C.; Koepfli, K.-P. et al. (2019). Old World Canis spp. with taxonomic ambiguity: Workshop conclusions and recommendations, 28th–30th May 2019 (Report). Vairão, Portugal: IUCN/SSC Canid Specialist Group, Centro de Investigação em Biodiversidade e Recursos Genéticos. https://www.canids.org/CBC/Old_World_Canis_Taxonomy_Workshop.pdf. Qaraldi: 6 March 2020.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 A Guide to the Mammals of China Smith, A. T.: . Princeton University press, 2008 — 416–418-bet. ISBN 978-0691099842.
- ↑ 16,0 16,1 Wang, Y.. A Complete Checklist of Mammal Species and Subspecies in China (A Taxonomic and Geographic Reference). China Forestry Publishing House, Beijing, China, 2003. ISBN 7503831316.
- ↑ Living with Herds: Human-Animal Coexistence in Mongolia by Natasha Fijn. Cambridge University Press (2011) p 208
- ↑ Boitani, L.; Phillips, M.; Jhala, Y. (2018). "Canis lupus". IUCN Red List of Threatened Species 2018: e.T3746A10049204. https://www.iucnredlist.org/species/3746/10049204.