Guan Moye (管谟业; 1955-yil 17-fevralda tugʻilgan, Mo Yan taxallusi bilan mashhur, xitoycha: 莫言), xitoylik yozuvchi. AQShning TIME yangiliklar jurnali muxbiri Donald Morrison uni „Xitoylik yozuvchilar orasidagi eng mashhur, eng koʻp taqiqlarga uchragan yozuvchi“ deb atagan. Jim Lich uni Franz Kafka yoki Jozef Hellerga xitoycha javob beradigan yozuvchi deb atagan. 2012-yilda Mo „xalq ertaklari, tarix va zamonamizni gallyutsinatsion realizm bilan uygʻunlashtirgan“ yozuvchi sifatidagi faoliyati uchun adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

Mo Yan
Asl ismi 莫言
Tavalludi
Guan Moye (管谟业)

1955-yil, 17-fevral
Gaomi, Shandong, Xitoy
Taxallusi Mo Yan
Ijod qilgan tillari Xitoy
Fuqaroligi Xitoy
Faoliyat yillari 1981-yildan hozirgacha
Faoliyat turi Yozuvchi, o'qituvchi
Mukofotlari

Nobel Prize in Literature,

2012

U Gʻarb oʻquvchilari orasida1986-yilda yozilgan „Red Sorghum“ romani bilan tanilgan boʻlib, uning dastlabki ikki qismi asosida „Red Srghum“ (1988) filmi suratga olingan boʻlib, u „Golden Bear“ mukofoti bilan taqdirlangan[1]. U 2005-yilda Italiyada Xalqaro Nonino mukofotiga sazovor boʻlgan. 2009-yilda esa Oklahoma universitetining Xitoy adabiyoti boʻyicha Newman mukofotining birinchi laureati boʻldi.

Yoshlik davri

tahrir

Mo Yan 1955-yilning fevral oyida Xitoy Xalq Respublikasining Shandong provinsiyasi shimoli-sharqidagi Gaomi shaharchasining Pingan qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. U oilada eng kichik farzand boʻlgan. Uning ikkita katta akasi va opasi bor edi. Oilasi oʻrtadan yuqori dehqon tabaqasiga mansub boʻlgan[2]. Cultural Revolution (Madaniy inqilob) boshlanganda Mo 11 yoshda edi, oʻshanda u maktabni tashlab ketib, dehqon boʻlib ishlagan. 1973-yilning kuzida paxta moyini qayta ishlash zavodida ish boshladi. Great Leap Forward (Buyuk sakrash) dan madaniy inqilobgacha boʻlgan ketma-ket siyosiy kampaniyalarga toʻgʻri kelgan bu davrda uning adabiyotga kirishi asosan Mao Tszedun davrida sotsialistik realistik uslubdagi romanlar bilan chegaralangan boʻlib, ular asosan sinfiy kurash mavzulariga qaratilgan edi[3].

1976-yilda Madaniy inqilob tugashi bilan Mo Xalq Ozodlik Armiyasi (PLA) safiga kirdi va hali askar boʻlgan davridayoq ijod qilishni boshladi. U yozuvchi sifatida faoliyat boshlagan inqilobdan keyingi davrda Xitoy adabiyotining lirik va epik asarlari, shuningdek, Willyam Faulkner va Gabriel Garcia Marquez kabi xorijiy mualliflarning tarjimalari uning asarlariga taʼsir koʻrsatdi[4].

1984-yilda u PLA jurnalining adabiy mukofotiga sazovor boʻldi va oʻsha yili Peopleʼs Liberation Army Arts Collegega oʻqishga kirib, oʻsha yerda birinchi marta Mo Yan taxallusini oldi. U 1984-yilda oʻzining birinchi „Transparent Raddish“ nomli romanini, 1986-yilda „Red Sorghum“ni nashr etdi va shu bilan milliy miqyosda tan olingan yozuvchi sifatida oʻz faoliyatini boshladi. 1991-yilda u Lu Xun adabiyot maktabining ijodkorlik aspiranturasini tamomlab, Pekin Normal universitetining adabiyot boʻyicha magistri darajasini olgan.

Taxallus

tahrir

"Mo Yan" — xitoycha „gapirma“ degan maʼnoni anglatadi. Mo Yan bu taxallus tarixi ota-onasining1950-yillardagi Xitoydagi inqilobiy siyosiy vaziyat tufayli tashqarida oʻz fikrini aytmaslik haqidagi ogohlantirishi bilan bogʻliqligini aytadi. Shuningdek, u Mo Yanning Xitoy siyosiy va jinsiy tarixini qayta talqin qiluvchi asarlari mavzusiga ham tegishli.

Professor David Wangga bergan intervyusida Mo Yan oʻzining taxallus sababli gonorar ololmay qolgani uchun „haqiqiy ismini“ Mo Yanga oʻzgartirganini aytgan edi[5].

Asarlari

tahrir

Mo Yan yozuvchi sifatida ijodini islohot va ochiqliklar davrida boshlagan, xitoy tilida oʻnlab hikoya va romanlar nashr ettirgan. Uning birinchi nashr etilgan qissasi 1981-yil sentyabrida chop etilgan „Bahor kechasida yomgʻir yogʻdi“ asari hisoblanadi[6].

1986-yilda uning birinchi romani „Red Sorghum“ (1987) ni tashkil etgan beshta qism ketma-ket nashr etildi. Bu 1923-yildan 1976-yilgacha boʻlgan Shandong oilasining avlodlari haqida xronologik boʻlmagan romandir. Muallif Xitoy tarixidagi Ikkinchi Xitoy-Yaponiya urushi, 1949-yilgi Kommunistik inqilob va Madaniy inqilob kabi toʻntarishlarni noanʼanaviy tarzda, masalan. bosqinchi yapon askarlari nuqtai nazaridan yoritib berishga harakat qilgan.

Uning ikkinchi romani "The Garlic Ballads" real voqeaga, yaʼni Gaomi shaharchasi dehqonlari ekinlarini sotib olmaydigan hukumatga qarshi koʻtargan qoʻzgʻalonga asoslangan. "The Republic of Vine" — bu gastronomiya va alkogol haqidagi satira boʻlib, kannibalizm metaforasidan foydalanib, Lu Xunga ergashib, oʻzini oʻzi yoʻq qilayotgan xitoyliklar tasvirlanadi. „Big Breasts and Wiide Hips“ asari yapon oʻqlari ostida parchalanib ketgan buvidan tortib, bola personajlardan biri Shangguan Jintong oʻz shahridagi har bir ayolning koʻkragini silab duo qilgan festivalgacha boʻlgan voqealarni oʻz ichiga oladi. Kitob Xitoyda munozaralarga sabab boʻldi, chunki baʼzi soʻl tanqidchilar asar kommunistik askarlarni salbiy tomondan tasvirlagan degan fikrni bildirishgan edi.

Mo Yan „Life and Death are Wearing Me Out“ asarini atigi 42 kun ichida yozib tugatgan. U asl qoʻlyozmadagi 500 000 dan ortiq belgilarni anʼanaviy xitoy qogʻozida faqat siyoh va yozuv choʻtkasidan foydalanib yozgan. U oʻz romanlarini pinyin usulidan koʻra qoʻlda yozishni afzal koʻradi, chunki yozuvchi pinyin usuli „soʻz boyligini cheklaydi“ deb hisoblaydi. „Life and Death are Wearing Me Out“ Xitoyda yer islohoti harakati paytida turli hayvonlar qiyofasida qayta tugʻilgan uy egasining hikoyasi haqidagi metafantastik asardir. Uy egasi kommunistik jamiyatni kuzatib, uning ustida kuladi, masalan, u kommunizm qoidalariga (meniki -sizniki, sizniki — meniki) koʻra (eshak qiyofasida) ikki xachirni oʻzi bilan ovqatni baham koʻrishga majburlaydi.

"Pow!" Mo Yanning Nobel mukofotini olganidan keyin ingliz tiliga tarjima qilingan birinchi asari boʻlib, u oʻz qishlogʻida juda koʻp goʻsht yeyishi bilan mashhur boʻlgan Luo ismli bola haqida hikoya qiladi[7]. Uning qishlogʻi aholisi shunchalik goʻshtxoʻr boʻlganidan, u yerda korrupsiya kuchayib ketadi[8]. „Pow!“ asari Mo Yanning yozish uslubini „gallyutsinatsion realizm“ sifatida mustahkamladi[9]. Yana bir asarlaridan biri, Yanning nashr etilgan soʻnggi romani. „<i>Frog</i>“ Xitoyning Bitta oilada bitta farzand siyosatining sabablari va oqibatlariga qaratilgan. Xitoyning Gaomi nomli kichik shaharchasida yashovchi hikoyachi Tadpole xolasi Gugu haqida hikoya qiladi, u bir vaqtlar doya boʻlib ishlab, dunyoga yangi hayot olib kelgani uchun qahramon boʻlgan, endi esa abort qiluvchi hamshira sifatida yangi hayotlarga chek qoʻyish bilan band[10]. Washington Post gazetasidan Steven Moore shunday deb yozadi: „Bu Mo Yanning badiiy adabiyotga jozibali dadil yondashuvining yana bir namoyishi. Nobel qoʻmitasi oqilona tanlov qildi[11].

Asarlarning taʼsiri

tahrir

Mo Yanning „The Old Gun“ asaridagi afsonaviy realistik yozuv uslubi orqali anʼanaviy qadriyatlarni yetkazib berish qobiliyati Xitoyning tezkor modernizatsiyasiga yangi nazar bilan qarash imkonini berdi. Mo Yanning bu qisqa hikoyasi „Xungen movement“ xitoy adabiy harakati uchun namuna boʻlib, koʻpchilikning anʼanaviy qadriyatlarga qaytishiga taʼsir qildi. Ushbu harakat 1980-yillarda Xitoyning tezkor modernizatsiya qilinishi tufayli madaniy oʻziga xoslikni yoʻqotish qoʻrquvini aks ettiradi.

Mo Yanning durdona asarlari ingliz tiliga tarjimon Howard Goldblatt tomonidan tarjima qilingan. Goldblatt (Wayback Machine saytida 2022-10-28 sanasida arxivlangan) Xitoy madaniyatini maqsadli auditoriyaga samarali tarzda yetkazib bera oldi.

Taʼsirlar

tahrir

Mo Yan asarlari asosan ijtimoiy sharhlarga asoslangan boʻlib, unga Lu Xun sotsial realizmi va Gabriel Garcia Marquezning sehrli realizmi kuchli taʼsir koʻrsatadi. Anʼanaviy xitoy adabiyotidan u folklorga asoslangan „Water Margin“ klassik epik romanidan chuqur ilhomlangan. U, shuningdek, „Journey to the West“ („Gʻarbga sayohat“) va “Dream of the Red Chamber" asarlarini ham ijodiy shakllantiruvchi taʼsir sifatida aytib oʻtgan. Mo Yanning yozish uslubiga olti sulola, Chuanqi, Min va Qing sulolalarining daftar romanlari (noutbook novels) va ayniqsa, xalq ogʻzaki adabiyoti ham taʼsir koʻrsatgan. Uning ijodi bularning barchasini birlashtirib, jahon adabiyotidagi eng oʻziga xos ovozlardan biriga aylanadi.

Oʻzi chet el mualliflarining asarlari tarjimasini oʻqishni kanda qilmaydigan Mo Yan boshqalarga ham jahon adabiyotini mutolaa qilishni qattiq targʻib qiladi. 2009-yilgi Frankfurt kitob koʻrgazmasining ochilish marosimida soʻzlagan nutqida u Goethteningjahon adabiyoti“ gʻoyasini muhokama qilib, „adabiyot mamlakatlar va xalqlarni bir-biridan ajratib turuvchi toʻsiqlarni yengib oʻta oladi“, deb taʼkidladi.

Mo Yanning asarlari gallyutsinatsion realizm bilan ajralib turadigan va qora yumor elementlarini oʻz ichiga olgan epik tarixiy romanlar hisoblanadi. Mo Yanning yozuv tili rang ifodalarini xayoliy ishlatishi bilan ajralib turadi. Mafkura taʼsiriga qaramay oʻsishda davom etaveradigan ochkoʻzlik va korrupsiya illatlari Mo Yan asarlaridagi asosiy mavzusidir. U oʻzi tugʻilgan hudud — Shandong provindiyasidagi shimoli-sharqiy Gaomi shaharchasini asarlaridagi voqealar uchun makon sifatida tanlaydi va hodisalarnioʻzni qamashtiruvchi, murakkab va koʻpincha shafqatsiz tasvirlaridan foydalangan holda yoritadi. Mo Yanning aytishicha, u William FolknerningThe Sound and the Fury“ romanini oʻqiganidan keyin oilasi, tanish odamlari, qishloq aholisini oʻz qahramonlariga aylantirishi mumkinligini tushungan. U asarlarida ishchilar va amaldorlarni absurd vaziyatlarga solib, sotsialistik realizm janrini tanqid qiladi.

Mo Yan yozish uslubi „oʻtmish va bugun, oʻlim va hayot, shuningdek, yaxshi va yomon“ oʻrtasidagi farqlarning xiralashganligi bilan ajralib turadi. Mo Yan oʻz romanlarida oʻzi boshdan kechirgan ayrim hodisalarni biroz oʻzgartirib, qayta hikoya qiluvchi yarim avtobiografik qahramon sifatida namoyon boʻladi. Uning ayol qahramonlarida koʻpincha anʼanaviy gender rollari kuzatilmaydi, masalan, „Big Breasts and Wide Hips“ filmidagi Shangguan oilasidagi ona obrazi, oʻgʻil farzand koʻra olmaydi, aksincha, zinokorlik qilib, shved missioneri, yapon askari va yana kimlardandir qiz farzand dunyoga keltiradi. „Big Breasts and Wide Hips“ da erkak kuchi ham kinoya bilan tasvirlangan, umuman olganda, romanda faqat bitta erkak qahramon mavjud.

Asarlar roʻyxati

tahrir

Mo Yan 11 ta roman, bir qancha novella va hikoyalar toʻplamini yozgan.

Bu 2012-yilda Xitoyda (Mo Yan Nobel mukofotini olganidan keyin) toʻplam sifatida nashr etilgan asarlarning toʻliq roʻyxati..

Romanlar

tahrir
  • 《红高粱家族》 Red Sorghum (1986)
  • 《天堂蒜薹之歌》 The Garlic Ballads (1988)
  • 《十三步》 Thirteen Steps (1988)
  • 《食草家族》 The Herbivorous Family (1993)
  • 《酒国》 The Republic of Wine: A Novel (1993)
  • 《丰乳肥臀》 Big Breasts &amp; Wide Hips (1995)
  • 《红树林》 Red Forest (1999)
  • 《檀香刑》 Sandalwood Death (2001)
  • 《四十一炮》 Pow! (2003)
  • 《生死疲劳》 Life and Death Are Wearing Me Out (2006)
  • 《蛙》 Frog (2009)

Qisqa hikoyalar va novellalar toʻplami

tahrir
  • 《白狗秋千架》 White Dog and the Swing (30 short stories, 1981-1989)
  • 《与大师约会》 Meeting the Masters (45 short stories, 1990-2005)
  • 《欢乐》 Joy (8 novellas; six of them are published in English as Explosions and Other Stories)
  • 《怀抱鲜花的女人》 The Woman with Flowers (8 novellas, 2012)
  • 《师傅越来越幽默》Shifu, You’ll Do Anything for a Laugh (9 novellas, 2001; one of them, Change, is published independently in English)
  • 《晚熟的人》A Late Bloomer (12 novellas and short stories, 2020[12])

Boshqa asarlar

tahrir
  • 《会唱歌的墙》 The Wall Can Sing (60 essays, 1981-2011)
  • 《我们的荆轲》 Our Jing Ke (play)
  • 《碎语文学》 Broken Philosophy (interviews, only available in Chinese)
  • 《用耳朵阅读》 Ears to Read (speeches, only available in Chinese)
  • 《盛典:诺奖之行》 Grand Ceremony

Mukofot va unvonlar

tahrir
  • 1998: Neustadt International Prize for Literature, candidate
  • 2005: Kiriyama Prize, Notable Books, Big Breasts and Wide Hips
  • 2005: International Nonino Prize
  • 2005: Doctor of Letters, Open University of Hong Kong
  • 2006: Fukuoka Asian Culture Prize XVII
  • 2007: Man Asian Literary Prize, nominee, Big Breasts and Wide Hips
  • 2009: Newman Prize for Chinese Literature, winner, Life and Death Are Wearing Me Out
  • 2010: Honorary Fellow, Modern Language Association
  • 2011: Mao Dun Literature Prize, winner, Frog
  • 2012: Nobel Prize in Literature

Faxriy doktorlik unvoni

tahrir
  • 2013: The City University of New York, United States[13]
  • 2013: Fo Guang University, Taiwan[14]
  • 2014: Sofia University, Bulgaria[15]
  • 2014: The Open University of Hong Kong, China[16]
  • 2014: The University of Macau, China[17]
  • 2017: Hong Kong Baptist University, China[18]

Adaptatsiyalar

tahrir

Mo Yanning bir qancha asarlari asosida filmlar suratga olingan:

  • Red Sorghum (1987) (directed by Zhang Yimou)
  • The Sun Has Ears (1995) (directed by Yim Ho, adaptation of Grandma Wearing Red Silk)
  • Happy Times (2000) (directed by Zhang Yimou, adaptation of Shifu: You’ll Do Anything for a Laugh)
  • Nuan (2003) (directed by Huo Jianqi, adaptation of White Dog Swing)

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir

{{Manbalar|30em|refs=[19]

Qoʻshimcha oʻqish

tahrir
  • Chinese Writers on Writing featuring Mo Yan. Ed. Arthur Sze. (Trinity University Press, 2010).
  1. Inge, M. Thomas (1990). „Mo Yan and William Faulkner: Influences and Confluences“. Faulkner Journal. 6-jild, № 1. 15–24-bet. ISSN 0884-2949. JSTOR 24907667.
  2. Leung, Laifong. Contemporary Chinese Fiction Writers: Biography, Bibliography, and Critical Assessment (inglizcha). Taylor & Francis Group, 2016 — 197-bet. 
  3. Anna Sun.
  4. Laughlin, Charles. „What Mo Yan's Detractors Get Wrong“. The New York Times (17-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2012-yil.[sayt ishlamaydi]
  5. SW12X - ChinaX. „ChinaX: Introducing Mo Yan“ (18-fevral 2015-yil). 2022-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2018-yil.
  6. „The Nobel Prize in Literature 2012“ (inglizcha). NobelPrize.org. Qaraldi: 10-may 2022-yil.
  7. „Pow! by Mo Yan – review“ (inglizcha). the Guardian (18-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.
  8. Garner, Dwight. „A Meaty Tale, Carnivorous and Twisted“ (inglizcha). The New York Times (1-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.
  9. „The Nobel Prize in Literature 2012“ (inglizcha). NobelPrize.org. Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.
  10. Hogensen, Brooke Ann (1-noyabr 2015-yil). „Mo Yan, Frog: A Novel“. Transnational Literature (inglizcha). 8-jild, № 1. ISSN 1836-4845.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  11. Moore, Steven. „Book review: 'Frog,' by Mo Yan“. Washington Post (23-mart 2015-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2021-yil.
  12. „Mo Yan releases 1st body of new works since Nobel win“. China Daily (31-iyul 2020-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2020-yil.
  13. „I.B.3 –CITY COLLEGE - HONORARY DEGREES TO BE AWARDED AT THE COLLEGE'S ANNUAL COMMENCEMENT CEREMONY ON MAY 31, 2013“. Qaraldi: 7-noyabr 2018-yil.
  14. „佛光大學頒授莫言榮譽文學博士學位“. www.cna.com.tw. 8-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2022-yil.
  15. „Hanban-News“. english.hanban.org. 22-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2018-yil.
  16. Kong. „The Open University of Hong Kong: Openlink Vol 23 Issue 4 (Dec 2014)“. www.ouhk.edu.hk. Qaraldi: 7-noyabr 2018-yil.
  17. „News Express: Nobel laureate Mo Yan speaks on Chinese literature at UM“. um2.umac.mo. 31-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2018-yil.
  18. „Honorary Doctorates and Honorary University Fellows - HKBU“. www.hkbu.edu.hk. Qaraldi: 7-noyabr 2018-yil.
  19. Yan, Mo; Yao, Benbiao (2010-yil iyul). „A Writer Has a Nationality, but Literature Has No Boundary“. Chinese Literature Today. 1-jild, № 1. 22–24-bet. doi:10.1080/21514399.2010.11833905. S2CID 194781082. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)