Mohinur Jonpoʻlatovna Saidova (1991-yil 15-dekabr, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Mohinur Saidova
Tavalludi 15-dekabr 1991-yil (1991-12-15) (32 yosh)
Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Buxoro davlat pedagogika instituti
Taʼlimi Buxoro davlat universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni dotsent

Biografiyasi

tahrir

Mohinur Saidova 1991-yil 15-dekabr kuni Buxoro shahrida tavallud topgan[1]. 2009—2013 yillarda Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakultetida tahsil olgan. 2009—2020-yillarda Buxoro shahar 123-maktab internati oʻqituvchisi, 2020—2021-yillarda Buxoro davlat universiteti Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi, 2021—2022-yillarda Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri, 2022-yildan hozirga qadar Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim fakulteti kafedra mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

2020-yilda „Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini, 2022-yilda „Masofaviy taʼlim sharoitida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish“ mavzusida doktorlik ishini qilgan[1]. 2020-yilda pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini, 2022-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2022-yilda dotsent ilmiy unvonini oldi. 7 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomasi, 12 dan ortiq darslik, oʻquv qoʻllanmalari, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun veb-sayt (http://dlpe-method.com/) yaratgan bo‘lib, mazkur sayt masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyogarligini takomillashirishga xizmat qiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet. 

Havolalar

tahrir