Molekulyar akustika — moddalarning tarkibi va xossalarini akustik usul bilan, ularning akustik xossasini esa molekulyar nuqtai nazardan oʻrganadigan fizik akustika boʻlimi. Molekulyar akustikada tovush toʻlqinlarining akustik xossalari, yaʼni moddalarda tarqalish tezligi va yutilish koeffitsiyentlarining temperatura, bosim va boshqa omillar bilan bogʻlikligi oʻrganiladi. Molekulyar akustika 20-asr 30-yillaridan boshlab, yaʼni koʻpgina moddalarda tovushning tarqalishida dispersiya hodisasi kuzatilganidan keyin, ayniqsa, tez rivojlana boshladi. Molekulyar akustikada tekshiriluvchi obyekt sifatida, odatda, ultratovush olinadi: gazlarda chastotalari W—W Gs li ultratovushlar, suyuqlik va qattiq moddalarda 105—10* Gs li ultratovushlar, chastotasi ~1010 Gs (qarang Gipertovush) li tovushlar tekshiriladi. Qisqa, vaqt davomida sodir boʻladigan jarayenlarning kinetikasini oʻrganadigan akustik usulni kam miqdordagi moddalarni yuqori bosim va turli temperaturada katta aniklik bilan tekshirishga imkon beradigan yagona usul desa boʻladi. Suyuqliklarda tovush tezligini va uning temperaturaga bogʻliq ravishda oʻzgarishini, mas, eritmalardagi ionlarning oʻzaro taʼsiri va boshqalarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tovushning yutilish koeffitsiyenta moddalardagi ichki ishkalanish, issiklik oʻtkazuvchanlik va relaksatsiya bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlardan aniqlanadi. Molekulyar akustikaning koʻpgina masalalari optik, spektroskopik va boshqa kompleks usullar bilan hal qilinadi. Molekulyar kuchlar tabiati, molekulyar jarayonlar kinetikasi, issiklik sigʻimi nazariyasi, yorugʻlikning sochilishi va shahrik. muhim masalalarni xal qilishda Molekulyar akustikaning ahamiyati katta.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil