Demonopolizatsiya (monopoliyadan chiqarish - de... va yun. mono — tanho va lot. poleo — sotaman) — iqtisodiyotdagi monopoliyaaan erkin, teng huquqli raqobatga asoslangan sohibkorlik faoliyatiga qaytish (qayta oʻtish). D. sogʻlom iqtisodiy bellashuvga yoʻl berish maqsadlarida amalga oshiriladi. D. ikki yoʻl bilan boradi: yirik monopol mavqeidagi birlashmalar, kompaniyalar tarqatilib, ulardan mustaqil korxonalar ajralib chiqadi; yakka hokim korxona yoki birlashmalar, kompaniyalar saqlangan holda ular bilan raqobat qila oladigan parallel (muqobil — bir xildagi yoki bir-birining oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi) korxona yoki birlashmalar tashkil etiladi. D.lashda monopoliyadan chiqarish organlari va qonunchilik muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda 1992-yil 2 iyulda qabul qilingan Oʻzbekistan Respublikasining "Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi qonuni bu yoʻldagi birinchi qadam edi. 1992-yildan Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi faoliyat yurita boshladi. Mazkur boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 23 maydagi farmoniga muvofiq Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Qoʻmita tovar bozorlarida raqobat muhitini yaratishga, monopoliyadan chiqarishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirishga nisbatan yagona uslubiy yondoshuvni taʼminlash; monopolistax faoliyat, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tovar bozorlaridagi oʻz ustun mavqeini suiisteʼmol qilishining oldini olish va unga yoʻl qoʻymaslik, monopoliyachi birlashma (korxona)larning Oʻzbekistan Respublikasi Davlat reyestrini yuritish; monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va isteʼmolchilar huquklarini himoya qilish kabi vazifalarni bajaradi. Oʻzbekistonda D. tartibi va shart-sharoitlari OʻzRning 1996-yil 27dek.da qabul qilingan "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi (qarang Monopoliyaga qarshi qonunchilik).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil