40°26′56″N 71°45′55″E / 40.44889°N 71.76528°E / 40.44889; 71.76528

Muborak issiqlik elektr markazi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Joylashuvi Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Muborak sanoat hududi
Egasi „Issiqlik elektr stansiyalari“ AJ
Maqomi „IES“ AJ Muborak IEM filiali
Asosiy tavsifi
Elektr quvvati, MVt 476 mVt
Uskunalar tavsifi
Asosiy yoqilgʻi tabiiy gaz
Xarita
Muborak issiqlik elektr markazi (Dunyo)
Muborak issiqlik elektr markazi

Muborak issiqlik elektr markazi yoki Muborak IEM – Oʻzbekistonda qurilgan 3 ta issiqlik elektr markazidan biri (qolgan ikkitasi Toshkent IEM va Fargʻona IEM). "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tarkibida[1]. Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Konchilar mahallasida, Muborak sanoat hududida joylashgan. 476 nafar xodim ishlaydi[1].

Oʻrnatilgan quvvati 476 MVt[1]. Yoqilgʻi turi – tabiiy gaz[2].

Muborak IEM "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tarkibiga kiritilgunga qadar[3] foyda soligʻi toʻlaligicha respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar qatorida qayd etilgan[4].

2023—2027-yillarda Muborak issiqlik elektr markazi kogeneratsion elektr qurilmasini ikki bosqichda oʻrnatish loyihasi davlat dasturiga kiritilgan. Loyiha quvvati 108 MVtni, umumiy qiymati esa 182,0 mln dollarni tashkil qiladi. Bunda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori $8 mlnga teng. Loyiha Misrning „Elsevedy Electric“ kompaniyasi ishtirokida amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2023—2026-yillarga, ikkinchisi esa 2023—2027-yillarga moʻljallangan[5].

Tarixi

tahrir

2021-yil 1-fevral kuni Energetika vazirligi Muborak IEMni modernizatsiya qilish boʻyicha Koreyaning SK Engineering & Construction kompaniyasi bilan 600 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Unga koʻra, Oʻzbekiston hukumati IEM generatsiya qilgan elektr energiyasini 25 yil davomida xarid qiladi[2].

2023-yil 4-may kuni Berlinda Oʻzbekiston Energetika vazirligi va Germaniyaning Siemens Energy kompaniyasi bilan Muborak IEM va Buxoro shahridagi 3-sonli issiqlik taʼminoti qozonxonasida gaz trubinasi oʻrnatish boʻyicha 72 mln yevrolik shartnoma imzoladi. Shartnomaga binoan Muborakda har birining quvvati 54 MVt boʻlgan ikkita gaz trubina oʻrnatiladi[6].

Quyosh fotoelektr stansiyasi

tahrir

2023-yil mart oyida Muborak IEM hududida quvvati 1,2 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi uchun quyosh panellari oʻrnatilishi boshlandi[7]. Iyul oyida esa QFS ishga tushirildi. 1,3 gektar maydonda 1780 ta quyosh panellari oʻrnatilgan. Stansiya 500 ming kub metr tabiiy gazni tejab, 2,7 mln kVt*soat elektr energiyasi generatsiya qilish imkonini beradi. Ushbu energiya IEMning oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladi[8].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Kompaniyalar guruhi“. tpp.uz. Toshkent: Issiqlik elektr stansiyalari (korxona). Qaraldi: 19-iyul 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 „Muborak issiqlik stansiyasi Koreya kompaniyasi tomonidan rekonstruksiya qilinadi“. Toshkent: Spot.uz. Afisha Media (2021-yil 2-fevral). Qaraldi: 19-iyul 2024-yil.
  3. „“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning ustav kapitaliga o‘tkazilayotgan davlat va “O‘zbekenergo” AJning ulushlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-son qaroriga 3-ILOVA)“. lex.uz. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 30-iyul 2024-yil.
  4. „O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezidentning PQ-471-sonli Qarori“. lex.uz. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2022-yil 30-dekabr). Qaraldi: 30-iyul 2024-yil.
  5. „O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil II choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 286-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori“. lex.uz. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2024-yil 16-may). Qaraldi: 30-iyul 2024-yil.
  6. „“ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI” AJ VA “SIEMENS ENERGY” YANGI ISTIQBOLLI LOYIHANI BIRGALIKDA AMALGA OSHIRADI“. minenergy.uz. Energetika vazirligi (2023-yil 4-may). Qaraldi: 19-iyul 2024-yil.
  7. „Muborak IEMda quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda“. Spot.uz. Afisha Media (2023-yil 31-mart). Qaraldi: 19-iyul 2024-yil.
  8. Polyakov, Svyatoslav. „Muborakdagi issiqlik elektr stansiyasida 1,2 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiya ishga tushirildi“. uz.kursiv.media. Kursiv Media (2023-yil 17-iyul). Qaraldi: 19-iyul 2024-yil.