Muborak Mervaziy maqbarasi
Muborak Mervaziy maqbarasi — Oʻzbekistonda joylashgan madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt XIV asrda bunyod etilgan. Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida „Sariqqishloq“ mahallasida joy olgan. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga koʻra, Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida) davlat mulki hisoblanadi. „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].
Muborak Mervaziy maqbarasi | |
---|---|
Muqobil nomlari | Muborak al-Mervaziy maqbarasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | maqbara |
Turi | maqbara |
Joylashuvi | Sariq qishloq |
Manzili | Muborak tumani |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 39°06′44″N 65°08′40″E / 39.112103°N 65.144390°E |
Egasi | Davlat muhofazasida |
Nomlanishi
tahrirMuborak al-Mervaziy maqbarasi oʻz nomini paygʻambar avlodidan boʻlgan Abu Abdulloh Muborak al-Mervaziy nomli shaxsdan olgan. Mazkur shaxs Qashqadaryo viloyatidagi Muborak tumanining tashkil topishiga ham sababchi hisoblanadi.
Abdulloh ibn al-Muborak toʻliq ismi Abu Abdurahmon Abdulloh ibn al-Hanzaliy al-Mervaziy (736-797) Turkistonning qadimiy shahri Marvda (hozirgi Turkmanistonning Mari shahri) da tugʻilgan va 798-yilda 63 yoshida Iroqdagi Furot daryosi boʻyidagi Xish shahrida vafot etib oʻsha yerga dafn etilgan. U qomusiy olim, mashxur soʻfiy shuningdek hadis ilmi olimi hisoblanadi. Asosan Marvda faoliyat yuritgan. Xurosonning koʻplab shaharlariga (jumladan, Bogʻdod, Basra, Makka, Madina, Balx, Buxoro, Samarqand, Qarshi) borib, toʻrt mingga yaqin olimdan ilm oʻrgangan[3]. Sayohatlari davomida Abu Hanifa bilan koʻrishgan va uning eng mumtoz shogirdlari safidan oʻrin olgan. Soʻfiylik, fiqh, hadisshunoslik, tarix, filologiya va tafsirga oid asarlar yozgan[4].
Ziyoratgohga Muborak al-Mervaziyning hoki Amir Temur tomonidan olib kelingan. hamda Xoʻja Muborak qishlogʻida ramziy maqbara barpo etilgan[5].
Tuzilishi
tahrirMuborak al-Marvaziy ziyoratgohi kirish qismi ikkita gumbazli arkadan tuzilgan. Arka peshtoqiga kufiy yozuvlarda koʻk fonga oq harflar bilan bitiklar yozilgan. Shuningdek, markazda Muborak al-Marvaziyning maqbarasi, namozgoh, kichik hovuz va ayvon joylashgan. Majmua atroflari pishiq gʻishtin devor bilan oʻralgan.
Ziyoratgoh u qadar katta maydonni egallamaydi. Maqbara atroflari koʻp yillar davomida qarovsiz holatda qolib ketgan. 2017—2018-yillarda maqbara atrofidagi hudud obod qilinib, archalar ekilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Абдуллоҳ бин ал-Муборак ал-Марвазий“. islom.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „Туронлик буюк донишманд (Абдуллоҳ ибн ал-Марвазий)“. qadriyat.uz (13-12-2014). 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 08-2023.