Muzaffar Muhamedov (1902.1.1 -Toshkent — 1995.18.11) — aktyor, rejissyor, teatr tashkilotchilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1937), Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1927). Ijodiy faoliyatini Hamza rahbarligidagi "Turk kuchi" truppasida aktyorlikdan boshlagan (1918). 1919-24 yillar Oʻzbek davlat namuna drama truppasida aktyor. Andijon teatrida bosh rejissyor (1928—30), Oʻzbek davlat musiqali teatrida (1930—39), Navoiy teatrida (1939—43 va 1950-yildan) rejissyor, Mukimiy teatrida bosh rejissyor (1943—50). Mahmudxon ("Zaharli hayot"), Muslim ("Halima"), Ulma s Botir ("Yorkinoy"), Mirzaboshi ("Arslon") va boshqa uning sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridir. Muhamedov rejissyorlik faoliyatining dastlabki davrlarida V. Meyerxold yoʻlidan bordi, keyinchalik Muhamedov rejissurasi oʻziga xos rivoj topdi. U musiqali teatr rejissyori sifatida shakllandi va bu sohada oʻziga xos rejissyorlik maktabini yaratdi. "Halima" (F. Zafariy), "Gulsara" (K. Yashin, M. Muhamedov; T. Jalilov), "Layli va Majnun" (Xurshid; R. Glier, T. Sodiqov), "Davron ota" (K. Yashin, S. Abdulla, Chustiy; T. Sodiqov, A. Kozlovskiy), "Tohir va Zuhra", "Alpomish" (S. Abdulla; T. Jalilov), "KIMga" (Roslavets, T. Jalilov), "Gʻunchalar" (Z. Fatxullin; T. Jalilov), "Oftobxon" (K. Yashin; T. Jalilov) kabi spektakllarni saxnalashtirdi. "Ichkarida" pyesasini, "Gulsara", "Dilorom", S. Abdulla bilan "Maysaraning ishi" operalarining librettosini yozgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil