Muhammad Deif
Muhammad Deif (1965-yil – 2024-yil 13-iyul; mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan IMK tomonidan daʼvo qilingan oʻlim sanasi) ismi bilan tanilgan Muhammad Diab Ibrohim al-Masriy (arabcha: محمد دياب ابراهيم المصري) Falastindagi Hamas islomiy tashkilotining harbiy qanoti boʻlmish Izziddin al-Qassam brigadalarining amaldagi rahbar yoki rahbari boʻlgan. Isroil 2024-yil 13-iyulda Al-Mavosiga uyushtirilgan havo hujumida uni oʻldirganini daʼvo qilgan boʻlsada, Hamas bu maʼlumotni rad etgan[1][2].
Muhammad Deif | |
---|---|
Asl ismi | Muhammad Diab Ibrohim al-Masriy |
Hayot davri | (1965-yil – ? ) |
Tavalludi |
1965-yil Falastin |
Turmush oʻrtogi | Vidad Asfoura (2014-yilda vafot etgan) |
Bolalari |
qizi: Sarah Mohammed Al-Deif (2014-yilda vafot etgan) oʻgʻli: Ali Deif (2014-yilda vafot etgan) |
Xizmat qilgan mamlakati | Falastin |
Muhammad al-Masriy 1965-yilda Gʻazo sektoridagi Xon Yunus qochqinlar lagerida 1948-yilgi Falastin urushi davrida koʻchib ketgan oilada tavallud topgan[3][4]. Xabar qilinishicha, Muhammad Deif kam taʼminlangan oilasini boqish uchun vaqtincha maktabni tark etgan, keyinchalik 1988-yilda Gʻazo islom universitetida kimyo fani boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan va universitetda oʻqish davirda teatr guruhini tashkil qilgan[5].
Masriy 1987-yilda, Isroil bosqinchiligiga qarshi Birinchi intifada boshlangandan bir necha hafta oʻtib, Hamasga qoʻshilgan. Keyinchalik Masriy, Muhammad Deif nomi bilan tanildi. Deif arabcha „mehmon“ maʼnosini anglatadi. Muhammad Deif 2002-yilda al-Qassam brigadalarining rahbari boʻlgan va shundan buyon guruhning imkoniyatlarini rivojlantirib, guruhni oddiy havaskorlardan tashkillashtirilgan harbiy boʻlinmalarga aylantirgan. Deif sroilga raketali hujumlarni yerosti tunnellari orqali olib borish strategiyasini ishlab chiqqan, 2023-yilda Hamas boshchiligidagi guruhning Isroilga hujumini rejalashtirishda qatnashgan shaxslar orasida asosiy oʻrinlardan birini egallaydi, bu esa Isroil-Hamas urushini boshlab berdi.
Muhammad Deif 1995-yildan beri Isroil harbiylari hamda tinch aholini oʻldirgani uchun Isroil armiyasining „eng koʻp qidirilgan“ odami sanaladi. Deif 2000-yilda Isroilning iltimosiga binoan Falastin maʼmuriyati tomonidan hibsga olingan va bir necha oy oʻtgach qamoqxonadan qochib ketgan. Muhammad Deif 2001-yildan beri Isroilliklarning 8 ta havo hujumiga uchragan. Havo hujumi orqali uyishtirilgan suiqasdlardan eng oxirgisi Isroil-Hamas urushi paytida sodir boʻlgan va kamida yettitasida omon qolgan. 2014-yildagi Isroil havo hujumidan uning rafiqasi, goʻdak oʻgil farzandi hamda 3 yoshli qizi halok boʻlgan[6].
Hayoti
tahrirMuhammad Diab Ibrohim al-Masriy 1965-yilda Gʻazo sektorining janubidagi Xon Yunus qochqinlar lagerida dunyoga kelgan[7][8]. Uning oilasi Falastindagi Ramleh yaqinidagi sobiq al-Qubeyba shahridan boʻlishgan, ammo 1948-yilgi Falastin urushi paytida sobiq al-Qubeyba shahridan koʻchib ketishga majbur boʻlgan yoki koʻchirilgan[9][10][11]. Shin Bet maʼlumotlariga koʻra, uning otasi yoki amakisi 1950-yillarda falastinlik fidoiylar tomonidan Isroilga qarshi vaqti-vaqti bilan uyushtirilgan bosqinlarda ishtirok etishgan[12].
Deifning yoshlikdagi hayoti va tarbiyasi haqidagi tafsilotlari haqida koʻp narsa maʼlum boʻlmasa-da[13], maʼlumotlarga koʻra, Deif kam taʼminlangan oilasini boqish uchun vaqtincha maktabni tashlab ketishga majbur boʻlgan, otasi bilan mebellarga mato yoki charm qoplamalar bilan taʼminlash ustida ishlagan va keyinchalik kichik parrandachilik fermasini ochgan[14]. Maʼlumki, U Gʻazo islom universitetida kimyo fani yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan[15][16], 1988-yilda universitetni bakalavr darajasi bilan tamomlagan[17].
Universitetda oʻqiyotgan paytidan uning teatrga ishtiyoqi baland boʻlgan, Nakbadan oldin yashagan yerlariga qaytishni orzu qilgan falastinlik qochqinlarga ishora qilib, „The Returners“ nomli teatr guruhini tashkil qilgan[18][19]. Teatr tomoshlarida Deif bir qator rollarni, shu jumladan tarixiy shaxslar rolini ham oʻynagan[20].
Al-Qassam brigadalari rahbari
tahrir2002-yil iyul oyida Isroil qoʻshinlari Saloh Shahadni oʻldirganidan keyin Deif al-Qassam brigadalarining rahbari etib tayinlangan[21].
2015-yil sentyabr oyida AQSH Davlat departamenti Deif va Hamas tashkilotining yana uchta yetakchisini Amerikaning maxsus belgilangan global terrorchilar roʻyxatiga kiritdi[22][23]. 2023-yil dekabr oyida Yevropa Ittifoqi Deifni 2023-yilda terrorchilarni roʻyxatiga kiritgan[24].
Suiqasd qilishga urinishlar
tahrirIsroil harbiy kuchlari 1995-yildan beri Isroilning „eng qidirilayotganlar roʻyxati“ning yuqori qismida turgan Deifni oʻldirish maqsadida olib borilgan muvaffaqiyatsiz oʻtgan urinishlar va havo hujumlari uning oilasining koʻplab aʼzolarini halok etgan[25][26]. Deifning omon qolishi unga isroillik raqiblari orasida „toʻqqiz jonli mushuk“ laqabini keltirgan[27][28][29]. 2023-yil oktyabr oyiga kelib, Deif kamida yettita Isroil suiqasd urinishidan omon qolishga erishgan[30].
Bunga qaramay, 2023-yil dekabr holatiga koʻra, Isroil harbiylari shu paytgacha Deifning akasi, jiyani, rafiqasi, 3 yoshli qizi hamda 7 oylik oʻgʻlini oʻldirgan[31][32].
Ilk urinishlar (2001 – 2006)
tahrirUning hayotiga suiqasd qilishga birinchi urinish 2001-yilda havo hujumi orqali sodir boʻlgan, Deif al-Qassam brigadalariga rahbarlik lavozimini egallagn davrda[33][34][35]. Isroil 2002-yil sentyabr oyida Deifni mashinasiga zarba berish orqali yana oʻldirishga harakat qilgan[36][37]. Oʻsha urinishdan olingan video lavhalarda bir odam uni qonga belangan holatida sudrab ketayotganini koʻrsatagan[38].
2003-yili hamda 2006-yil iyul oyida Hamas rahbariyati yigʻilishi oʻtkazilayotgan uyiga Isroil tomonidan hujum uyushtirilishi natijasida Deifga suiqasd qilishga yana bir bor urinish boʻlgan[39][40][41]. Shu bilan birga, 2006-yil iyuldagi suiqasd qilishga urinish Deif univestitetdagi oʻqituvchilaridan birining uyiga borganida uyushtirilgan[42].
2014-yil Gʻazo
tahrir2014-yil avgust oyida, Gʻazodagi urush davomida, Isroil harbiy-havo kuchlari Gʻazzaning Shayx Radvon tumanida joylashgan Deifning oilasi yashayotgan uyiga havo hujumi uyushtirib, Deifni oʻldirmoqchi boʻlgan[43]. Hujumdan soʻng Hamas Deifning halok boʻlganini inkor qilgan[44][45]. 2015-yilda uning tirik ekanligini Isroil razvedka xizmati tasdiqlagan[46][47].
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „أول تعليق من حماس على إعلان إسرائيل استهداف محمد الضيف في غارة بغزة“ (2024-yil 13-iyul). 2024-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-avgust.
- ↑ Louisa Loveluck; Shira Rubinwork. „Top Hamas commander Mohammed Deif killed in Israeli strikes, IDF says“ (2024-yil 1-avgust). 2024-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
- ↑ O'Connor, Tom „Mohammed Deif, Che Guevara to Gaza, Bin Laden to Israel, faces last stand“ (en). Newsweek (2023-yil 13-oktyabr). 2023-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
- ↑ Samia Nakhoul; James Mackenzie; Phil Stewart. „Insight: Israel's most wanted: the three Hamas leaders in Gaza it aims to kill“. Reuters (2023-yil 1-dekabr). 2023-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- ↑ Raghavan, Sudarsan. „Mohammed Deif, the shadowy figure who heads Hamas's military wing“ (en-US) (2014-yil 2-avgust). 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
- ↑ Kottasová, Ivana „Exclusive interview: ICC prosecutor seeks arrest warrants against Sinwar and Netanyahu for war crimes over October 7 and Gaza“ (en). CNN (2024-yil 20-may). 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ Nakhoul, Samia; Bassam, Laila. „Who is Mohammed Deif, the Hamas commander behind the attack on Israel?“ (en). Reuters (2023-yil 11-oktyabr). 2023-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „Mohammed Deif“ (en). Counter Extremism Project. 2024-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ Samia Nakhoul; James Mackenzie; Phil Stewart. „Insight: Israel's most wanted: the three Hamas leaders in Gaza it aims to kill“. Reuters (2023-yil 1-dekabr). 2023-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- ↑ O'Connor, Tom „Mohammed Deif, Che Guevara to Gaza, Bin Laden to Israel, faces last stand“ (en). Newsweek (2023-yil 13-oktyabr). 2023-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
- ↑ Morris, Benny. The Birth of the Palestinian Refugee Problem Revisited. Cambridge University Press, 2004 — xix-bet. ISBN 978-0-521-00967-6. Village #251. Also gives cause of depopulation.
- ↑ Srivastava, Mehul. „Who is 'The Guest': the Palestinian mastermind behind deadly Israel incursion“. Financial Times (2023-yil 8-oktyabr). 2023-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
- ↑ Nevett, Joshua. „Mohammed Deif: The one-eyed Hamas chief in Israel's crosshairs“ (en-GB). BBC News (2021-yil 30-may). 2023-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
- ↑ Zboun, Kifah „Mohammed Deif, the Voice of War“ (en). Asharq Al-Awsat. 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ Raghavan, Sudarsan. „Mohammed Deif, the shadowy figure who heads Hamas's military wing“ (en-US) (2014-yil 2-avgust). 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
- ↑ Pelham, Nicolas „Hamas' deadly 'phantom': the man behind the attacks“ (en). Australian Financial Review (2023-yil 26-oktyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ Ziboun, Kifah „From the Spotlight to the Shadows“. Asharq Al-Awsat (2014-yil 28-avgust). 2023-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.

- ↑ Asser, Martin. „Profile: Hamas commander Mohammed Deif“. BBC News (2002-yil 26-sentyabr). 2009-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
- ↑ „Arch-terrorists Kuntar, Deif put on US blacklist“ (en-US). Times of Israel. Associated Press (2015-yil 8-sentyabr). 2022-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ „Terrorist Designations of Yahya Sinwar, Rawhi Mushtaha, and Muhammed Deif“. U.S. Department of State (2015-yil 8-sentyabr). 2017-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ „EU adds Hamas military chiefs Mohammed Deif, Marwan Issa to terror blacklist“. Times of Israel. AFP (2023-yil 8-dekabr). 2023-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ Franks, Josephine „Who is Mohammed Deif? The shadowy Hamas commander known as 'The Guest'“ (en). Sky News (2023-yil 10-oktyabr). 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
- ↑ Harel, Amos. „Who Is Mohammed Deif?“ (en). Haaretz (2014-yil 20-avgust). 2023-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
- ↑ Raghavan, Sudarsan. „Mohammed Deif, the shadowy figure who heads Hamas's military wing“ (en-US) (2014-yil 2-avgust). 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
- ↑ „Israel-Gaza War: Who Is Mohammed Deif? The 'Shadowy' Hamas Leader Behind Israel Attack“ (en). ABP News Bureau (2023-yil 13-oktyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ „Hamas masterminds key targets of Israel's 'dead man walking' threats“ (en). France 24 (2023-yil 19-oktyabr). 2023-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
- ↑ Nevett, Joshua. „Mohammed Deif: The one-eyed Hamas chief in Israel's crosshairs“ (en-GB). BBC News (2021-yil 30-may). 2023-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
- ↑ Nakhoul, Samia; Bassam, Laila. „Who is Mohammed Deif, the Hamas commander behind the attack on Israel?“ (en). Reuters (2023-yil 11-oktyabr). 2023-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „Israel kills two Hamas commanders as it vows to eliminate group“ (en). The National (2023-yil 14-oktyabr). 2023-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
- ↑ Zboun, Kifah „Mohammed Deif, the Voice of War“ (en). Asharq Al-Awsat. 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ Kershner, Isabel; Akram, Fares. „After Strike on Family, Fate of Hamas Commander Is Unknown“ (en-US). The New York Times (2014-yil 20-avgust). 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „Who is Mohammed Deif whom Israel tried to assassinate several times“ (en). cnbctv18.com (2021-yil 19-may). 2023-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „Official: Hamas target survives Israeli attack“. CNN (2002-yil 27-sentyabr). 2015-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
- ↑ Miller, Elhanan „Is prime Israel target Muhammad Deif overseeing Hamas's strategy?“ (en-US). Times of Israel (2014-yil 23-iyul). 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ Lubel, Maayan „Deep in Underground Tunnels, Mohammed Deif Shapes Hamas' War With Israel“ (en). The Forward (2014-yil 14-avgust). 2023-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ Zboun, Kifah „Mohammed Deif, the Voice of War“ (en). Asharq Al-Awsat. 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ Kershner, Isabel; Akram, Fares. „After Strike on Family, Fate of Hamas Commander Is Unknown“ (en-US). The New York Times (2014-yil 20-avgust). 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „Israel's Most Wanted Man Seriously Injured in Bombing“. AP (2006-yil 12-iyul). 2012-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
- ↑ Pelham, Nicolas „Hamas' deadly 'phantom': the man behind the attacks“ (en). Australian Financial Review (2023-yil 26-oktyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ „Israeli airstrikes target Hamas military chief in Gaza: report“. Xinhua (2014-yil 20-avgust). 2014-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Ben Porat, Ido; Soffer, Ari „Hamas Confirms: Mohammed Deif is Still Alive“. Arutz Sheva (2014-yil 20-avgust). 2014-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Gaza killing resumes with peace talks in tatters“. CBS News (2014-yil 20-avgust). 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-avgust.
- ↑ „Who is Mohammed Deif, the elusive Hamas commander behind the attack on Israel?“ (en). cnbctv18.com (2023-yil 11-oktyabr). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
- ↑ Abu Toameh, Khaled; Lappin, Yaakov „Hamas military commander Deif said to be alive in Gaza Strip“. The Jerusalem Post (2015-yil 29-aprel). 2015-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-iyun.
Havolalar
tahrir- Vikiomborda Mohammed Deif mavzusiga oid fayllar bor