Muhammad ibn al-Muʼtasim
Muḥammad ibn al-Muʼtaṣim (arabcha: محمد ابن المعتصم) Abbosiy shahzoda va xalifa Muʼtasimning oʻgʻli. Xalifa Vosiq va Mutavakkillar bilan zamondosh. Oʻgʻli Ahmad Mustaʼin nomi bilan oʻn ikkinchi Abbosiy xalifa boʻlgan. Muhammad Abbosiylar tarixida oʻgʻli xalifa boʻlgan birinchi shahzoda edi. Undan oldingi hech bir Abbosiy shahzoda bunday obroʻga erisha olmagan.
Muhammad ibn al-Mu'tasim محمد ابن المعتصم | |||||
---|---|---|---|---|---|
Vafoti |
850-yillar Samarra, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Dafn etilgan joy | |||||
Turmush oʻrtogʻi | Maxariq | ||||
Farzandlari | Ahmad al-Mustaʼin | ||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar | ||||
Otasi | Muʼtasim | ||||
Onasi | Qaratis | ||||
Dini | Islom | ||||
Kasbi | Saroy aʼzosi va xalifa Vosiqning ishonchli vakili |
Kelib chiqishi
tahrirMuhammad Abu Isʼhoq Muhammadning oʻgʻli. 750-yildan xalifalikni boshqargan nufuzli Abbosiylar xonadonining aʼzosi boʻlgan. Toʻliq ismi Muhammad ibn Muhammad ibn Horun ar-Rashid va kunyasi Abu Ahmad. Otasi Muʼtasimning ota-onasi beshinchi Abbosiy xalifa Horun ar-Rashid (hukmronlik|786|809}}) va kanizak Marida binti Shabiblar edi[1]. Muhammad amakisining hukmronligi davrida tugʻilgan.
Amakisi Maʼmun oʻziga merosxoʻr tayinlash uchun hech qanday rasmiy choralar koʻrmagan. Maʼmunning oʻgʻli Abbos hukmronlik qilish yetarli yoshida boʻlib, Vizantiyaliklar bilan chegara urushlariga qoʻmondonlik tajribasiga ega boʻlgan, ammo merosxoʻr boʻlmagan[2]. Tabariyning maʼlumotlariga koʻra, Maʼmun oʻlim toʻshagida oʻz vorisi etib Abbosni emas, balki ukasini tayinlash toʻgʻrisida xat yozgan[3] va Abu Isʼhoq 9-avgustda Muʼtasim (toʻliq Muʼtasim billoh, „Allohdan panoh soʻragan“) hukmdorlik nomi bilan xalifa etib tan olingan[4]. Shunday qilib, Muhammadning otasi xalifalikning sakkizinchi Abbosiy xalifasi boʻlgan.
Biografiyasi
tahrirMuhammad xalifa Muʼtasimning (h. 833–842) kanizaklaridan (ummu al-valad) biridan tugʻilgan oʻgʻli edi. Bolalik davri Bagʻdodda oʻtgan. Abbosiy shahzoda boʻlgani tufayli boshqa aka-ukalari qatori yaxshi taʼlim olgan. Otalari xalifa boʻlgach, Muhammad va ukalarining boyliklari koʻpaygan. 836-yilda otasi yangi Samarra shahriga asos solib, xalifalik poytaxtini koʻchirgach, Muhammad ham Samarraga koʻchib oʻtgan. Otasi vafotigacha deyarli sakkiz yil davomida mamlakatni boshqargan. Otasi vafotidan keyin 842-yil 5-yanvarda katta akasi Vosiq xalifa boʻlgan. Vosiq boshqa aka-ukalari, jumladan Muhammadning qarshiligiga uchramay taxtga oʻtirgan. Olti yil oʻtgach, 847-yil 10-avgustda Vosiq shish paydo boʻlib, uni davolash uchun pechda oʻtirgan vaqtida vafot etgan[5]. Vosiq hukmronligi davrida Muhammad saroy aʼzosi va olimlar homiysi boʻlgan. Vosiqdan keyin taxtga Mutavakkil oʻtirgan. Mutavakkil davrida Muhammad siyosiy ishlarda muhim rol oʻynamagani uchun mazkur davrdagi hayoti haqida maʼlumotlar mavjud emas.
Muhammadning obroʻsi haqiqiy voris boʻlishiga toʻsqinlik qilgani sababli akasi Mutavakkil uni potensial voris sifatida koʻrgan. Mutavakkil oʻz hukmronligi davrida (h. 847–861) vafotidan keyingi vorislik rejasini tuzgan edi. Unga koʻra, taxtga birinchi boʻlib toʻngʻich oʻgʻli Muntasir, keyin Muʼtazz, uchinchilikda Muʼayyad oʻtirishi kerak edi[6]. Mutavakkilning uch oʻgʻli vorislikka tayinlanishi, uning barcha ukalari, xususan Muhammad va Ahmadning vorislik huquqini cheklar edi.
Muhammad ibn al-Muʼtasimning turli kanizaklardan bir nechta farzandlari bor boʻlib, ulardan biri Ahmad edi. Ahmad (boʻlajak Mustaʼin) 836-yilda Sitsiliyalik Maxariq ismli kanizakdan tugʻilgan. Muhammad akasi Mutavakkil hukmronligi davrida vafot etgan. Muhammad merosxoʻrlikdan chetlatilgan boʻlsa-da, uning obroʻsi pasayib ketmagan. Uning oʻgʻli 862-yil oʻrtalarida xalifa boʻlgan.
Mustaʼinning xalifa boʻlishidagi hissasi
tahrirMuhammad vafotidan bir necha yil oʻtgach, 861-yil dekabrda Mutavakkil turk harbiylari uyushtirgan va Muntasir qoʻllab-quvvatlagan suiqasd natijasida oʻldirilgan. Muntasirning qisqa hukmronligi (h. 861–862) davrida turklar xalifani Muʼtazz va Muayyadni vorislikdan mahrum qilishga majbur qilishgan. Muntasir vafot etgach, turkiy zobitlar bir joyga yig‘ilib, o‘lgan xalifaning amakivachchasi Musta’inni taxtga chiqarishga qaror qilishgan[7]. Muhammadning xalifalik saroyi bilan aloqasi, Vosiq bilan aloqasi va turkiy harbiylar zobitlari orasidagi mashhurligi Mustain faoliyatiga qo‘shgan katta hissasi bo‘lgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Masudi 2010, s. 222.
- ↑ Kennedy 2006, s. 213.
- ↑ Bosworth 1987, ss. 222–223, 225.
- ↑ Bosworth 1991, s. 1.
- ↑ Kennedy 2006, s. 232.
- ↑ Bosworth, "Mu'tazz," p. 793
- ↑ Bosworth, "Muntasir," p. 583
Adabiyotlar
tahrir- The History of al-Ṭabarī, Volume XXXII: The Reunification of the ʿAbbāsid Caliphate: The Caliphate of al-Maʾmūn, A.D. 813–33/A.H. 198–213, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1987. ISBN 978-0-88706-058-8.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXXIII: Storm and Stress Along the Northern Frontiers of the ʿAbbāsid Caliphate: The Caliphate of al-Muʿtasim, A.D. 833–842/A.H. 218–227, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1991. ISBN 978-0-7914-0493-5.
- Bosworth, C.E. (1993). "Al-Muntasir". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VII: Mif–Naz (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. ISBN 978-90-04-09419-2. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Al-Muntasir&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Kennedy, Hugh. When Baghdad Ruled the Muslim World: The Rise and Fall of Islam's Greatest Dynasty. Cambridge, MA: Da Capo Press, 2006. ISBN 978-0-306814808.
- Masudi. The Meadows of Gold: The Abbasids. London and New York: Routledge, 2010. ISBN 978-0-7103-0246-5.