Muhammadabbos Irisqulov

oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari nomzodi, professor

Muhammadabbos Tursunovich Irisqulov (1938-yil 11-fevral, Toshkent, O`zbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari nomzodi, professor.

Muhammadabbos Irisqulov
Tavalludi 11-fevral 1938-yil (1938-02-11) (86 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat chet tillari pedagogika instituti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Muhammadabbos Irisqulov 1938-yil 11-fevralda Toshkent shahrining Oʻrda atrofidagi Eski Yakkabozor mahallasida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1957—1962-yillarda Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutining ingliz tili fakultetida oʻqigan. 1962-yilda Hindistonga (Madras shtatining Neyveli shahri) ingliz va rus tillari tarjimoni sifatida ikki yillik xizmat safariga yuborildi. 1964-yilda Hindistondagi xizmat safarini yakunlab, Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutida oʻqituvchilik qila boshlaydi. 1967—1971-yillarda Moskva shahrining Birinchi chet tillari institutining aspiranturasida tahsil olgan. 1971-yilda „Oʻzbek va ingliz tillaridagi kishilik, egalik va oʻzlik olmoshlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Moskva shahrida ilmiy ishni yoqlagandan soʻng yosh olim Toshkent shahriga qaytib, Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutida oʻqituvchilik faoliyatini yana davom ettira boshlaydi. „Oʻzbekiston ingliz tili oʻqituvchilari uyushmasi (Uzbekistan Teachers of English Association, UzTEA)“ga asos solgan. 2000-yildan ushbu uyushmaga rahbarlik qila boshlagan[1]. 2001-yildan boshlab uyushmaga rahbarlik qilishdan tashqari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi dekani sifatida ham ishlay boshlaydi. Hozirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori. 2023-yil 11-fevral kuni Oʻzbekiston davat jahon tillari universitetida Muhammadabbos Irisqulov tavalludining 85 yillik yubileyi nishonlandi[1].

Oilasi

tahrir

Oilali, turmush oʻrtogʻi Halima Irisqulova, 3 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati

tahrir

„Marhamat“, „Tezkor rus tili“, „Inglizcha-oʻzbekcha — Oʻzbekcha-inglizcha soʻzlashgich“, „Arabcha-oʻzbekcha-inglizcha lugʻat“ kitoblari muallifi, „100 buyuk siymo“, „Amir Temur in World History“, „Jalolidddin Manguberdi“, „Termez“, „Khiva, The City of A Thousand Domes“ kabi kitoblari tarjima qilgan . 20 dan ortiq kitoblar, 10 dan ortiq tarjima kitoblar va 100 ga yaqin maqolalar muallifidir[1].

Mukofotlari

tahrir

„Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimi aʼlochisi“(1998-yil 25-sentyabr)[1], „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ (2001-yil 24-avgust)[2], „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni (2006-yil 19-iyun), „Doʻstlik“ ordeni (2006-yil 25-avgust)[3], 2013-yil „Xalq taʼlimi aʼlochisi“, 2019-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[4].

Manbalar

tahrir