Muhammadyorbiy otaliq madrasasi


Muhammadyorbiy otaliq madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Muhammadyorbiy otaliq madrasasi 1668—1669-yillarda Otaliq guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniy hukmdor Abdulazizxon davrida Muhammadyor otaliq tomonidan bunyod etilgan. Qadimda otaliq guzari Bozori nav nomi bilan nomlangan. Mazkur madasa guzar masjidi bilan bir davrda qurilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa vaqf hujjatida madrasa Xoʻjamqulibiy madrasasiga qoʻshib qurilgan. Madrasa uchun Sanjin mavzesida 400, Samjin tumanida 300, Miyonqolda Talibarqut, Hazara mavzelarida 132 tanob yerlarni vaqf qiladi. Mazkur vaqf hujjati 1079-yil jumad ul-avval oyida (1668-yil oktyabr-noyabr) rasmiylashtirilgan. Madrasada kutubxona ham mavjud boʻlib, noyob kitoblari mavjud boʻlgan. Muhammadyorbiy otaliq madrasasi ichki va tashqi hujralardan iborat boʻlgan. Mazkur madrasa hujralarida ikki nafardan 36 ta talaba istiqomat qilgan. Madrasada mutavvali oʻqish jarayonlarini nazorat qilib turgan. Uzurli sababsiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Muhammadyorbiy otaliq ashtarxoniylar sulolasi davrida yashagan. Ushbu oʻquv dargohida sovet inqilobiga qadar dars oʻtilgan. Madrasada XX asrning birinchi choragida tahsil olgan talabalari qori Sayyid Muxtor Buxoriy va Habibulloh toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Olga Suxareva Muhammadyorbiy otaliq nomi bilan guzar nomlanganini yozgan[2]. Muhammadyorbiy otaliq madrasasi 23 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Madrasa
Muhammadyorbiy otaliq madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Muhammadyor otaliq
Binokorlik tashabbuschisi Muhammadyor otaliq
Asosiy sana:
1668—1669-yillar
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 23 ta


Manbalar

tahrir
  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.