Muhiddin Mansurov
Muhiddin Mansurov (tugʻilgan yili nomaʼlum) — buxorolik savdogar[1], jamoat va davlat arbobi, Buxorodagi jadidchilik harakati[2] va „Yosh buxoroliklar“ harakatining yetakchilaridan biri.
Muhiddin Mansurov | |
---|---|
Tavalludi |
Nomaʼlum Buxoro, Buxoro amirligi |
Vafoti |
XX asr Moskva, RSFSR |
Fuqaroligi |
Buxoro amirligi |
Kasbi | Yirik tadbirkor, savdogar, bankir |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirMuhiddin Mansurov millati tojik. Mansurov zodagonlar oilasida tugʻilgan boʻlib, katta bankir[3] va yirik paxta tozalash zavodining egasi boʻlgan[4][5]. Mansurov Oktyabr toʻntarishidan oldin Buxoroning eng boy kishilaridan biri sifatida jadidchilik harakatining aʼzosi va homiysi boʻlgan[6]. 1900-yildan Buxoro amiriga muxolifatda boʻla boshlaydi[4]. Mansurov 1912-yilda taʼsis etilgan tojik tilidagi „Buxoroyi sharif“ gazetasi egasi va asoschilaridan biridir[5]. 1917-yilda Mansurov „Yosh buxoroliklar“ harakatining raisi boʻladi[7][8]. 1918-yilda Buxoro amiring taʼqibidan qochib, Yangi Buxoro (hozirgi Kogon) va Toshkent shaharlarida yashirinib yurgan[8]. Shuningdek, oʻgʻillari Isom Muhiddinov va Abdulqodir Muhiddinovlar[2] harakatning Markaziy qoʻmitasiga tarkibiga qabul qilingan[1]. Buxoro amirligi tugatilib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi eʼlon qilingach, 1920-yilda Mansurov Sovet Rossiyasi bilan savdo-siyosiy aloqalar oʻrnatish boʻyicha Moskvadagi BXSR missiyasiga rahbarlik qiladi[8]. 1920—1921-yillari Buxoro Xalq Sovet Respublikasi savdo-sanoat noziri (vaziri)[9][10]. 1922-yilda savdogarlar vakilligidan Butun Buxoro MIQ Prezidiumi aʼzosi. Muhiddin Mansurov 1921-yil martidan 1923-yil apreligacha Buxoro Iqtisodiy Kengashining raisi bo'lgan[11].
Oilasi
tahrirMansurov zodagonlar oilasidan boʻlgan ayolga uylangan. Mansurovning 4 oʻgʻil va 1 qizi boʻlgan: Isom, Abdulqodir, Amin, Xayrullo Muhiddinovlar va Matlabxon Muhiddinova. Oʻgʻillari Isom, Abdulqodir, Aminlar „Yosh buxoroliklar“ harakatining azʼolari boʻlishgan, bundan tashqari, Isom otasining biznesi va „Mansurov savdo uyi“ni boshqargan, Abduqodir keyinchalik BXSR raisi, Amin esa RSFSRda BXSRning vakolatli vakili boʻlib faoliyat yuritgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Adib Xolid. O'zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob. Tashkent: Akademnashr, 2022 — 424-bet. ISBN 978-9943-7575-4-7.
- ↑ 2,0 2,1 N.Matveyeva. „K voprosu o roli djadidov v Buxarskoy revolyutsii 1920 g. i gosstroitelstve SentrАzii“ (rus tilida) (2014-yil 25-noyabr). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ Noʻmonjon Gʻafforov. „Formirovaniye natsionalnoy burjuazii v Buxarskom emirate“ (rus tilida). 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 Mirza Salimbek. 1918-yildagi Buroxo voqealari (izohlar). Tarixi Salimiy (rus tilida). Toshkent: Akademiya, 2009.
- ↑ 5,0 5,1 Feruza Amonova. „Deyatelnost аksionernix obshestv i firm v rаzvitii xlopkovoy promishlennosti v Buxаrskom emirаte v konse XIX – nаchаle XX vekа“ (rus tilida). „Taʼlim va innovatsion tadqiqotlar“ jurnali 45-sahifa (2022-yil 5-yanvar). 1-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ Fayzulla Xoʻjayev. K istorii revolyutsii v Buxare (rus tilida). Toshkent: Fan, 1970. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ Dvadtsat let slujbi na Vostoke 2006, s. 274
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Vladimir Kostitsin. „„Moye utrachennoe schastye...“: Vospominaniya, dnevniki“ (rus tilida) 270-sahifa. Moskva. Novoye Literaturnoye Obozreniye (2017-yil 20-sentyabr). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ „Put i vibor istorika. K 80-letiyu professora V. V. Sheloxayeva“ (rus tilida). Sbornik statyey. Litres (2022-yil 15-may). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ Rajabov, Kahraman. Buxorolik qatag'on qilingan uch buyuk siymo:tarix va taqdir. Bukhara: Durdona, 2023 — 22-bet. ISBN 978-9943-9332-7-9.
- ↑ Pardayev, Asror. Buxoro va Xorazmdagi Iqtisodiy Kengashlar faoliyati. Toshkent: Yangi nashr, 2015 — 153-bet. ISBN 978-9943-22-179-6.
Adabiyotlar
tahrir- Sergey Chirkin. Dvadtsat let slujbi na Vostoke (rus tilida). Moskva: Russkiy put, 2006 — 366-bet.